Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.37K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
602 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
⛽️ 🇺🇿 YOSHLAR VA ENERGETIKA: KELAJAK SARI ILM, INNOVATSIYA VA KATTA IMKONIYATLAR!

Toshkent shahridagi CAEx Uzbekistan majmuasida o‘tayotgan “O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2026” nafaqat yirik xalqaro energetika tadbiri, balki yoshlar uchun ulkan tajriba, ilhom va imkoniyatlar maydoniga aylandi.

🏛 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filiali talabalari ham mazkur nufuzli xalqaro maydonda faol ishtirok etmoqdalar.

Bugungi kun doirasida:
☑️ startap loyihalar,
☑️ innovatsion tanlovlar,
☑️ forum va taqdimotlar,
☑️ xalqaro kompaniyalar bilan muloqotlar

🎓 talabalar uchun katta tajriba maktabiga aylandi. Yoshlar energetikaning kelajagi aynan innovatsiya, raqamlashtirish va ekologik barqarorlik bilan chambarchas bog‘liq ekanini yana bir bor his qildilar.

✔️ Ayniqsa,Davlatimiz rahbarining Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida haftaning har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilangani munosabati bilan tashkil etilgan Energetika vaziri hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti tadbirning eng muhim voqealaridan biri bo‘ldi.

Uchrashuvda talabalar:
😄 o‘z fikrlari,
😄 takliflari,
😄 kelajak rejalari,
😄 energetika sohasini rivojlantirishga oid tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar.

Quvonarlisi, filialimiz talabalari ham ushbu imkoniyatdan samarali foydalanib, o‘z innovatsion g‘oya va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar.

🟠 Uchrashuv yakunida Energetika vaziri tomonidan tizimdagi faol va iqtidorli yoshlar taqdirlandi.

📰 Barchamiz uchun faxrli jihati shundaki, taqdirlanganlar orasida filialining 2-bosqich talabasi Abduxalilov Abdulaziz Abdug‘affor o‘g‘li ham munosib o‘rin oldi.

Bu — nafaqat talabamizning, balki butun filial jamoasining yutug‘i va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir.

📖 Ilmga intilgan, innovatsiyadan qo‘rqmaydigan va yurt taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan yoshlar — Yangi O‘zbekiston energetikasining haqiqiy bunyodkorlaridir!

🏭 Kelajak energetikasi — bilimli, izlanuvchan va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar qo‘lida!

🌐Web-sayt 📱Telegram
📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#yoshlar_uchrashuv

“O‘zbekiston energetika haftaligi”: vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

14-may kuni “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida Energetika vazirligi tizim korxonalari hamda oliy ta’lim muassasalari yoshlari ishtirokida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.


Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, shuningdek, tizim korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari qatnashdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Ayniqsa, energetika sohasida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi, amaliyot va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/165611

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
#yoshlar_uchrashuv

“O‘zbekiston energetika haftaligi”: vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

🎓⚡️Bugun, 14-may kuni “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida Energetika vazirligi tizim korxonalari hamda oliy ta’lim muassasalari yoshlari ishtirokida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Unda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, shuningdek, tizim korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari qatnashdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Ayniqsa, energetika sohasida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi, amaliyot va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash Energetika vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM