Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.37K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
602 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
Yoqilg‘i-energetika tizimi tashkilotlarining yangi rahbarlari jamoaga tanishtirildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bexzot Narmatov ishtirokida yoqilg‘i-energetika tizimi tashkilotlariga tayinlangan yangi rahbarlarni jamoaga tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Sardor Isaqulov hamda “O‘zenergoinspeksiya” rahbari lavozimiga tayinlangan Axad Isoqjonov jamoaga tanishtirildi. Unda yoqilg‘i-energetika tizimidagi barcha tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida bugun davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar yana bir bor muhokama qilinib, ularning ijrosini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarni vijdonan va yuksak mas’uliyat bilan bajarish, sohada ijro intizomini yanada mustahkamlash, yuklatilgan vazifalar ijrosiga befarqlik yoki xiyonatga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlandi. Bu borada har bir rahbar va mas’ul xodimning shaxsiy javobgarligi yuqori ekani qayd etildi.

Shu bilan birga, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hali juda ko‘p ekani ta’kidlandi. Erishilayotgan natijalarni yutuq sifatida emas, balki har bir rahbar va mas’ul xodimning o‘z xizmat vazifasini vijdonan va sidqidildan bajarishining tabiiy natijasi sifatida baholash zarurligi qayd etildi. Barcha kuch va sa’y-harakatlar belgilangan vazifalarning to‘liq va samarali ijrosini ta’minlashga qaratilishi lozimligi alohida uqtirildi.

Yig‘ilish yakunida yoqilg‘i-energetika tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va jamoalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni birgalikda, fidoyilik, yuksak mas’uliyat va qat’iy intizom asosida amalga oshirish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Edu.uz
#Mustaqillik_35_yil

95 nafar olimning jami 157,2 mlrd so‘mlik grant loyihalari moliyalashtirildi


Innovatsion rivojlanish agentligida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat ilmiy dasturlari doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda umumiy qiymati 157,2 milliard so‘m bo‘lgan 95 ta ilmiy loyiha mualliflariga grant sertifikatlari topshirildi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b A. Norov ishtirok etib, ishtirokchilarni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy qutladi hamda yurtimizda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning natijalari haqida so‘z yuritdi.

Batafsil

Bizni kuzating


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🏛 YANA BIR YIRIK ILMIY YUTUQ!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Innovatsion rivojlanish agentligida davlat ilmiy dasturlari doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 95 nafar olimning umumiy qiymati 157,2 milliard so‘mlik ilmiy grant loyihalari moliyalashtirildi va g‘oliblarga grant sertifikatlari topshirildi.

Biz uchun alohida quvonarlisi, Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filiali ijrochi direktori Xojakbar Sultonovich Daliyevning "Kremniy fotonikasining istiqbolli qurilmalari uchun kremniy asosidagi yorug'lik chiqaruvchi va fotosezgir diodlarni integratsiyalash" mavzusidagi ilmiy loyihasi tanlov g‘olibi deb topilib, 1,5 milliard so‘mlik grant bilan taqdirlandi.


Ushbu yuksak e'tirof filialimiz ilmiy salohiyati, zamonaviy ilmiy izlanishlar va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning yana bir yorqin natijasidir.

✨ Hurmatli Xojakbar Sultanovich Daliyevni ushbu ulkan ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘liq, ilmiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi innovatsion g‘oyalar va Vatanimiz ilm-fani ravnaqiga xizmat qiladigan yangi yutuqlar tilaymiz!

🎓 Filialimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

🌐Web-sayt📱Telegram
📱Instagram🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM