Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.35K subscribers
2.75K photos
152 videos
11 files
609 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toşkent | Özbekiston ziyolilari kengaşining ilk yiğilişi

—

Ташкент | Первое заседание Совета интеллигенции Узбекистана
🇺🇿 PREZIDENT MAKTUBI — YOSHLAR UCHUN HAYOTIY SABOQ, KELAJAK UCHUN MUHIM DA’VAT!

Bir maktubda — Vatanga muhabbat, ilmga intilish, vaqt qadri, hayotiy tajriba va kelajak avlod oldidagi mas’uliyat mujassam!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan samimiy maktubi nafaqat bir oilaning mehr va nasihatga yo‘g‘rilgan maktubi, balki unda ifodalangan fikrlar orqali mamlakatimizning barcha yoshlari, xususan, bugungi talaba-yoshlar uchun ham muhim hayotiy saboq mujassam.


🏛 Mazkur maktubning mazmun-mohiyati Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialida tahsil olayotgan talaba-yoshlarga keng tushuntirildi.

☑️ Muloqot davomida maktubda ilgari surilgan eng muhim g‘oya va hayotiy xulosalarga alohida e’tibor qaratildi.

⏩ Jumladan, yoshlarning zamonaviy bilimlarni puxta egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, ilm-fan yangiliklarini muntazam kuzatib borishi, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektdan oqilona foydalanishi, eng muhimi, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarashga ega yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishi zarurligi ta’kidlandi.

⏩ Prezident maktubidagi «Bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir» degan fikr har bir talaba uchun hayotiy mezon bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

⏩ Shuningdek, maktubda alohida o‘rin tutgan vaqtni qadrlash, har bir daqiqadan unumli foydalanish, boshlagan ishni oxiriga yetkazish, muvaffaqiyatsizliklar qarshisida tushkunlikka tushmaslik, sabr-toqat va qat’iyat bilan oldinga intilish kabi fazilatlarning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.

⏩ Ayniqsa, davlat rahbarining o‘z bolalik xotiralari orqali bugungi avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar qadriga yetish, berilgan ta’lim va sharoitlardan samarali foydalanish haqidagi mulohazalari talaba-yoshlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

⏩ Maktubning yana bir muhim jihati — Vatanga muhabbat va xalq oldidagi mas’uliyat masalasidir. Unda har bir yosh kelajakda qaysi kasbni egallashidan qat’i nazar, o‘z bilimi, salohiyati va mehnati bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shishi zarurligi uqtirilgan.

⏩ Zero, bugungi bilimli talaba — ertangi malakali mutaxassis, ertangi mutaxassis esa mamlakat taraqqiyotining muhim tayanchidir.

Uchrashuvda maktubning yakunidagi: «Mening o‘z nasihatlarim O‘zbekistonning barcha bolalariga bag‘ishlangan ezgu tilaklardir», degan mazmundagi murojaatiga ham alohida urg‘u berildi.

⏩ Darhaqiqat, ushbu maktub har bir yoshni o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yishga, ilm olishga, vaqtni qadrlashga, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga va eng muhimi, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashashga undaydi.

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!

🏃‍♂️ "TALABA-YUGUR" MARAFONIGA MARHAMAT!

Sport — sog‘lom hayot, kuchli iroda va yuksak marralar sari intilish demakdir!

☑️ 2026-yil 26-noyabr kuni soat 12:30 Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialida yigitlar va qizlar o‘rtasida «Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» shiori ostida «Talaba-yugur» ommaviy yugurish marafoni o‘tkaziladi.

Marafondan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jismoniy faollikni rag‘batlantirish, shuningdek, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.


☑️ G‘OLIBLAR UCHUN QUYIDAGI!
🥇 700 000 so‘m;
🥈 600 000 so‘m;
🥉 500 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

Bir Vatan! Bir el! Bir bayroq! Bir maqsad — g‘alaba!

Barchangizni ushbu sport bayramida faol ishtirok etishga taklif etamiz!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
#savol_javob

Savol: Kiçik GES nima va mikroGES nima? Ular örtasida
qanday farq bor?

Javob: Farq quvvat böyiça belgilanadi. Quvvati 500 kVtgaçha bölgan gidroelektrstansiyalar mikroGES, quvvati 500 kVtdan 5 MVtgaçha bölganlari esa kiçik GES hisoblanadi. Kiçik GESlar öz içida ikkiga bölinadi: 500 kVtdan 2 MVtgaçha va 2 MVtdan 5 MVtgaçha.

Eslatma: qarorda bu tuşunçalar alohida ta’riflanmagan, çegara elektr energiyasini sotib oliş tarifi uçun belgilangan.

Asos: Prezidentning 2026-yil 19-avgustdagi PQ-298-son qarori 11-bandining “a”, “b” va “v” kiçik bandlari hamda 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-44-son qarori 5-bandi.

—————
#вопрос_ответ

Вопрос: Что такое малая ГЭС и микроГЭС? В чём заключается разница между ними?


Ответ: Разница определяется установленной мощностью. Гидроэлектростанции мощностью до 500 кВт относятся к микроГЭС, а мощностью от 500 кВт до 5 МВт — к малым ГЭС.

Малые ГЭС, в свою очередь, подразделяются на две категории: мощностью от 500 кВт до 2 МВт и от 2 МВт до 5 МВт.

Примечание: В постановлении отдельные определения данных понятий не приведены. Указанные диапазоны мощности установлены для определения тарифов на закупку электроэнергии.

Основание: подпункты «а», «б» и «в» пункта 11 постановления Президента Республики Узбекистан от 19 августа 2026 года № ПП-298, а также пункт 5 постановления от 10 декабря 2021 года № ПП-44.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
🇺🇿 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!

🏛 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialida talabalar o‘rtasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligini 35 yilliga munosabati bilan «Talaba-yugur» ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

☑️ Talabalar ligasi musobaqalari hamda Payshanba — yoshlar kuni doirasida tashkil etilgan marafon yoshlarni sog‘lom turmush tarziga undab, sportga qiziqish va jismoniy faollikni oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, musobaqa ishtirokchilar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamladi.

Talaba yigitlar o‘rtasida:
🥇 F. M. Ergashev — 5-25 UK guruhi
🥈 N. N. Sharipov — 3-24 EK guruhi
🥉 O. B. Xusinboyev — 2-24 EE guruhi


Talaba qizlar o‘rtasida:
🥇 Z. R. Adxamjonova — 3-25 EN guruhi
🥈 M. S. Asomova — 5-26 UK guruhi
🥉 Z. Sh. Abduraxmanova — 4-25 EK guruhi


⏩ G‘oliblar pul mukofotlari va darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

⏩ Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz!

👏 Har bir qadam — sog‘lom hayot sari, har bir marrada esa birdamlik va g‘urur bor!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 «Talaba-yugur» marafonidan yorqin lavhalar!

🏛 Kecha Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filialida o‘tkazilgan marafonning eng hayajonli va esda qolarli lahzalarini tomosha qiling!

☑️ Videorolikka marafonning asosiy voqealari, ishtirokchilarning jo‘shqinligi va marraga intilgan unutilmas daqiqalari jamlangan. Tasvirlar 3-kurs, 2-24 EE guruhi talabasi A. Abduhalilov tomonidan tayyorlandi.

🎞 Marafon shukuhi va g‘oliblarni taqdirlash jarayonini videoda tomosha qiling!

—————————————-

🇺🇿 Яркие моменты марафона «Talaba-yugur»!

🏛 Посмотрите самые захватывающие и запоминающиеся моменты вчерашнего марафона, прошедшего в ташкентском филиале национального исследовательского университета «МЭИ»!

☑️ Видеоролик передаёт главные события марафона, энергичность участников и незабываемые мгновения на пути к финишу. Видео подготовил студент 3-го курса группы 2-24 ЭЭ А. Абдухалилов.

🎞 Почувствуйте атмосферу марафона и посмотрите церемонию награждения победителей!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM