Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.37K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
602 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин давлат ташрифи билан мамлакатимизга келди. Олий мартабали меҳмонни давлатимиз раҳбари кутиб олди.
—
По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Российской Федерации Владимир Путин прибыл в нашу страну с государственным визитом. Высокого гостя встретил глава нашего государства.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿O'zbekiston Rossiyaning asosiy strategik hamkorlaridan biri

Rossiya va O'zbekiston o'rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 20-martda o'rnatilgan.

📃 Ikki tomonlama munosabatlardagi asosiy hujjatlar:

1️⃣1992- Davlatlararo munosabatlar, do'stlik va hamkorlik asoslari to'g'risidagi shartnoma.

2️⃣2004- Strategik sheriklik to'g'risidagi shartnoma (Mamlakatimiz bugungi kunda 14 ta davlat – AQSh, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, Hindiston va Pokiston bilan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatgan)

3️⃣2005- Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnoma, unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari qayd etilgan. (Xuddi shunday ittifoqchilik munosabatlari Qozog’iston va Tojikiston bilan o’rnatilgan)

🌐Tashriflar statistikasi:

Ikki yetakchi o’rtasidagi siyosiy muloqot yuqori darajada rivojlangan. Buning isboti sifatida oliy darajadagi tashriflarni ko’rsatsa bo’ladi.

Xususan, 2016-yil 4-dekabrda O'zbekiston Respublikasi prezidenti etib saylanganidan so'ng Sh.Mirziyoyev Rossiyaga 16 marta tashrif buyurgan: 3 marta - 2017 yilda, 2 marta - 2018 yilda, 1 marta - 2019 va 2020 yillarda, 2 marta - 2021 yilda va 2022 yilda, 3 marta - 2023 yilda, 2 marta - 2024 yilda. Ulardan 9 tasi MDH sammitlari doirasida.

O’z navbatida bugun Putinning O’zbekistonga 10-tashrifi amalga oshirilmoqda.

📊 Iqtisodiyot va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari Rossiya Federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiya doirasida ko'rib chiqiladi.

Rossiya Federatsiyasi O'zbekistonning tashqi savdo hamkorlari orasida yetakchi o'rinni egallaydi.

2023-yilda O'zbekistonning Rossiya Federatsiyasi bilan savdo aylanmasi $10 mlrdga yetdi. Yaqin kelajakda bu ko’rsatkichni $20 mlrdga oshirish ko’zda tutilgan.

💵Rossiya O'zbekistonning asosiy investoridir: 2023-yilda RF kompaniyalari respublikamizga $13,5 mlrddan ortiq sarmoya kiritgan.

Ayni paytda Rossiya va O'zbekiston 2,5 trillion rubl miqdorida turli sohalarda 98 ta qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda. Umuman olganda, O'zbekistonda Rossiya ishtirokida 3000 dan ortiq korxona faoliyat ko'rsatmoqda, bu respublikada faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy kapitalga ega kompaniyalar umumiy sonining qariyb 22% tashkil etadi.

Rossiya va O'zbekiston mintaqalararo hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. RFning 80 dan ortiq subyektlari O’zbekistonning barcha hududlari bilan doimiy va faol savdo-iqtisodiy aloqalarni qo'llab-quvvatlamoqda.

🔎 Rossiya-O'zbekiston munosabatlari majmuasida, shuningdek, mehnat migratsiyasi masalalari muhim o'rin tutadi. Rossiyada 1,5 millionga yaqin O'zbekiston fuqarosi ishlaydi (berilgan barcha patentlarning 60%).

📚 Mamlakatlar ta'lim sohasida ham faol hamkorlik qilmoqda. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda Rossiya oliy o'quv yurtlarining o’n beshdan ortiq filiallari, xususan
🏛 Toshkent shahridagi "MTU "MEI" filiali faoliyat ko'rsatmoqda.

RF oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar soni bo'yicha O'zbekiston yaqin va uzoq xorijdagi barcha mamlakatlar orasida yetakchi o'rinni egallaydi. O'zbekistondan kelgan 63 mingdan ortiq talaba Rossiya oliy o'quv yurtlari va ularning respublikadagi filiallarida tahsil oladi, shu jumladan 11,7 ming nafar bepul ta’lim oladi.

Shunday qilib, Rossiya bugun O’zbekistonning eng yaqin hamkori desak xato bo’lmaydi. To’g’ri, Moskvaning agressiv tashqi siyosati ko’pchilikni xavotirlantiradi (yuqoridagi postda dizlayklar ham buni ko’rsatdi). Biroq, iqtisod va savdo har bir mamlakat tashqi siyosiy faoliyatida birinchi o’rinda kelgan.

Xalqimizning manfaati yo’lida yaqin qo’shnimiz hisoblangan Rossiya bilan tinch va yaxshi munosabatlarni saqlash, shubhasiz, ustuvor vazifa bo’lib qoladi. Shu bilan birga, Putinning Markaziy Osiyoga birinchi tashrifi Toshkentga bo’lgani ham O’zbekistonning mintaqadagi alohida o’rnini ta’kidlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 "MA'RIFAT ULASHIB"

Bugun Milliy kino saroyida Prezidentimiz tashabbusi bilan suratga olingan “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy badiiy filmi namoishiga "MTU "MEI" Toshkent shahridagi filiali sirtqi bo'lim talabalarining tashrifi uyushtirildi.

Film Ashtarxoniylar davrida (XVII asr) yashab oʻtgan buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi, dunyoga mashhur Registon maydonining asoschisi Amir Bahodir Yalangtoʻshga bagʻishlangan. Unda fidoyi ajdodimizning hayoti, siyosiy faoliyati, qahramonliklari haqida hikoya qilinadi.

Filmni tomosha qilgan talabalar, ulugʻ Amir Yalangtoʻshning hayot yoʻli barchaga, xususan yoshlarga haqiqiy ibrat ekanligini angladilar.

Sirtqi bo'lim Iqtisodiyot yo'nalishi 1-kurs talabalari Jahongir Ahmedov boshchiligidagi ijodiy guruhi tomonidan taqdim etilgan “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi tariximizni dunyoga yanada tanitish, xalqimizning milliy gʻururini koʻtarish kabi ezgu vazifalarni to'liq ochib berilganligining guvohi bo'ldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitob oʻqib, 20 million soʻm yutib olish mumkin boʻlgan tanlov boshlandi! Shoshiling!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oyina.uz portali sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start berdi!

4 bosqichdan iborat marafonda 8 kitobni oʻqing va maxsus sinovlardan oʻtib, gʻolib boʻling!

Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun manzil: @oyinatanlovbot

https://t.me/otabek_khasanov