Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.37K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
602 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
🏛 "MENING TANLOVIM - OBOD VATANIM"

Bugun Toshkent shahridagi "MEI" Milliy tadqiqot universiteti Federal davlat oliy ta'lim muassasasi filialida "Mening tanlovim - obod Vatanim" shiori ostida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda asosiy ma'ruzachi O'zMU dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc), "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Jaloliddin Yusubov "Saylov madaniyati va fuqaro ma'naviyati" bo'yicha ma'ruza qildi
.

Toshkent shahar Olmazor tumani 729-uchastka saylov komissiyasi raisi G'.Ernazarov va filial kafedra dotsenti M.Kasimovlar ham saylov bo'yicha yangiliklar va qo'shimcha o'zgarishlar bo'yicha ma'ruzalar qildilar.


Tadbirda filial rahbariyati, kafedra professor - o'qituvhilar va talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, 2024 yil 27 oktabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovida barchani faol ishtirok etishga chorlash.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “sukunat kuni”

Ertaga, 27-oktyabr kuni Parlament va mahalliy kengash deputatligi uchun saylov kuni.

Saylov kodeksiga ko‘ra, saylov kuni va ovoz berishga 1 kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
 
Shu bilan bir qatorda, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.
 
ℹ️ Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun oldin olib qo‘yilishi majburiy hisoblanmaydi.

⏰
Ma’lumot uchun, saylovda ovoz berish 27-oktyabr kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha tegishli saylov uchastkalarida o‘tkaziladi.

📍 Qaysi saylov uchastkasida ovoz berishingizni mana bu sahifa orqali aniqlab olsangiz bo'ladi:
https://saylov.uz/oz/services/find-your-polling-station

Shuningdek, mazkur sahifada saylov uchastkasi manzili va lokatsiyasi ham berilgan.

📋 Saylov uchastkasiga shaxsni tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarning biri bilan kelish mumkin:
➖ fuqaro pasporti yoki ID-kartasi;
➖ xorijga chiqish pasporti;
➖ harbiy guvohnoma;
➖ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
➖ fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlaridan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma.
#Saylov

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari
🏛 BIZDA YANA G'ALABALAR

😎Toshkent shahridagi "MEI" Milliy tadqiqot universiteti Federal davlat oliy ta'lim muassasasi filiali Menejment ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi Mansurov Ibrohim G'ulom o'g'li joriy yilning 18.10.2024-20.10.2024 kunlari mamlakatimizda bo'lib o'tgan sportning "O'zbek jang san'ati" turi bo'yicha kattalar o'rtasida o'tkazilgan "O'zbekiston kubogi"da faxrli 🥇I-o'rinni egalladi.

😎Mansurov Ibrohim G'ulom o'g'lini mazkur yutuq bilan tabriklaymiz va talabamizning kelgusi ishlarida hamda noyabr oyida bo'lib o'tadigan Jaxon birinchiligida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM