Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.37K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
602 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
#Bayram_shukuhi

🏛 Barchamizga ma'lumki, Navro'z bu ezgulik, nafosat va yangilanish ayyomi hisoblanadi. Oʻzbek milliy qadriyatlari, urf-odat va anʼanalarining filialda doimiy tarzda olib borilayotgan tarannumi muhim ahamiyatga ega.

27 mart kuni "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!" shiori ostida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi. O‘tkazilgan shodiyonada filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Milliy liboslar va milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Filial rahbariyati ham saylga tashrif buyurib, talabalarning sa’y-harakatlarini baholashdi, yig‘ilganlarni bahor bayramlari bilan qutlashdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_shukuhi

🏛 Milliy-maʼnaviy qadriyatlar talabalarning o'zlikni anglashini, millatiga bo'lgan muhabbatini mustahkamlashini va jamiyatda o'z o'rnini topishini ta'minlaydi. Bayram dasturi milliy an’analarimizga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari bilan boshlandi. Talabalarimiz tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar, milliy kuy-qo‘shiqlar bayramga alohida fayz bag‘ishladi. Tadbir doirasida milliy etnik folklor chiqishlari namoyish etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_shukuhi

💚Bayram davomida Navro‘zning asosiy ramzlaridan biri bo‘lgan sumalak institut jamoasi va talabalar tomonidan tayyorlanib, barchaga tarqatildi. Bu jarayon barchaga iliqlik va bayramona kayfiyat ulashdi. Shuningdek, Navro‘z ayyomining ramzi – sumalak hamda osh damlandi, Navro'z bayram dasturxoni tashkil etildi. "Har kunimiz Navro‘z kabi fayzli va barakali bo‘lsin!" Bu qutlug‘ ayyom barchamizga tinchlik, baraka va qut-fayz olib kelsin! Institutimiz jamoasi va barcha talabalarimizga mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan yutuqlar va omad tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM