YOSHLAR — TINCHLIK VA BARQARORLIK TAYANCHI!
🏛 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filialida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Olmazor tumani bo‘limi bilan hamkorlikda dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🎬 Dastlab mavzuga oid targ‘ibot filmi namoyish etilib, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
📰 Shundan so‘ng mutaxassis tomonidan ekstremizm va terrorizmning asl mohiyati, uning jamiyatga salbiy ta’siri hamda yoshlarni bu kabi tahdidlardan asrash yo‘llari haqida batafsil ma’ruza qilindi.
⭐️ Tadbirning eng muhim qismi — ochiq muloqot bo‘lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq va asosli javoblar oldilar.
🔸 Xulosa shuki:
Yoshlarning ongli, ma’naviy yetuk va tanqidiy fikrlay oladigan bo‘lishi — har qanday yot g‘oya va tahdidlarga qarshi eng kuchli qalqondir.
🤝 Biz birgalikda sog‘lom fikrli, bilimli va vatanparvar yoshlar jamiyatini quramiz!
🌐 Web-sayt 📱 Telegram
📱 Instagram 🎞 You tube
🎯 Tadbir davomida:😄 “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni”😄 “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” kabi muhim masalalar keng yoritildi.
Yoshlarning ongli, ma’naviy yetuk va tanqidiy fikrlay oladigan bo‘lishi — har qanday yot g‘oya va tahdidlarga qarshi eng kuchli qalqondir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ “Sudya va yoshlar” formatidagi uchrashuvda Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudining tergov sudyalari V. Karamanov va A. Normuhamedov ishtirok etdilar.
⚖️ Tadbir davomida sudyalar tomonidan:⚡️ yoshlar orasida uchrayotgan ma’muriy va jinoiy huquqbuzarliklar,⚡️ ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari,⚡️ qonunchilikdagi muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👮♂ В ходе визита студенты:😄 ознакомились с историческими экспозициями😄 получили глубокие знания о героизме наших предков😄 ещё раз осознали, насколько бесценны мир и спокойствие
А любовь к Родине начинается с памяти и понимания своей истории.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПЕРВЫЙ ШАГ — УВЕРЕННОЕ НАЧАЛО К БУДУЩИМ ПОБЕДАМ!
🏛 Студенты Национального исследовательского университета «МЭИ» (филиал в Ташкенте) в этом году приняли участие в международной Московской олимпиаде имени К.А. Круга, организованной НИУ «МЭИ», и продемонстрировали свои знания в области теоретических основ электротехники. Это стало не только соревнованием, но и важной школой опыта.
🏅 Примечательно, что, несмотря на дебютное участие, команда показала достойные результаты и была награждена специальными сертификатами!
📰 Участие в олимпиаде позволило:
🟠 укрепить знания и практические навыки студентов
🟠 развить научное и аналитическое мышление
🟠 получить ценный международный опыт
✔️ Самое главное — это первый шаг!
Сегодняшний опыт — это прочный фундамент будущих побед.
🟠 Мы уверены, что эти целеустремлённые и талантливые студенты в будущем добьются высоких результатов и достойно представят нашу страну на международной арене!
👏 Желаем всем молодым людям, идущим по пути науки, успехов, вдохновения и больших побед!
🌐 Web-sayt 📱 Telegram
📱 Instagram 🎞 You tube
🎓 Несмотря на то, что участие было первым, следующие активные и целеустремлённые студенты достойно представили наш филиал:
А. Абдухалилов, И. Маматкаримов,
О. Хусинбаев, О. Махматмуродов.👨 Руководитель команды — кандидат технических наук, и.о. профессора Бегматов Шавкат Эрнестович, который обеспечил качественную подготовку студентов к этой престижной олимпиаде.
Сегодняшний опыт — это прочный фундамент будущих побед.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
#tabrik #energetikaning_100_yilligi
Hurmatli hamkasblar va energetika sohasi xodimlari!
Bundan roppa-rosa 100-yil avval — 1926-yil 1-may kuni “Bo‘zsuv” gidroelektr stansiyasining ishga tushirilishi bilan yurtimizda zamonaviy energetika tizimiga asos solingan edi. Quvvati atigi 2 megavatt bo‘lgan mazkur ilk stansiya mamlakatimiz sanoati va shahar infratuzilmasini elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida muhim va tarixiy qadam bo‘lgan.
O‘tgan bir asr davomida energetika sohasi ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Yangi elektr stansiyalari barpo etildi, tarmoqlar kengaytirildi, infratuzilma izchil modernizatsiya qilindi. Bugungi kunda energetika tizimi mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanishining mustahkam tayanchiga aylandi.
So‘nggi yillarda, hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev boshchiliklarida sohaga alohida e’tibor qaratilishi natijasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi, investitsiya loyihalari izchil ravishda kengaytirilib, umumiy qiymati 11 milliard dollarlik yirik loyihalar ishga tushirildi va tarixiy ahamiyatga ega salmoqli natijalarga erishildi. Xususan, so‘nggi 9 yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha qariyb 15 ming megavatt quvvatli yangi obyektlar ishga tushirilib, umumiy generatsiya quvvatlari 25,8 gigavattga yetkazildi.
Ayniqsa, 2021–2025-yillarda umumiy quvvati 5 582 megavattga teng bo‘lgan 15 ta quyosh va 5 ta shamol elektr stansiyasining ishga tushirilishi “yashil” energetikani jadal rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Birgina quyosh va shamol elektr stansiyalar hisobidan 2025-yilda 10,5 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yil yakuniga qadar qariyb 15 milliard kVt⋅soat ishlab chiqarish reja qilinmoqda. Shu bilan birga, umumiy quvvati 8 ming megavattdan ortiq bo‘lgan zamonaviy, energiya tejamkor issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi. Gidroelektr stansiyalari quvvati 2 ming 400 megavattdan oshirildi.
Elektr tarmoqlarini rivojlantirish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 110–500 kVli 2 123 km elektr uzatish tarmoqlari qurildi, yuqori kuchlanishli podstansiyalarning quvvati 12 608 MVAga oshirildi. Shuningdek, 77 ming km elektr uzatish tarmoqlari hamda 24 mingdan ziyod transformator punktlari yangilandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 3,5 milliondan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilandi.
Albatta, bu ishlar bilan cheklanib qolmasdan, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar yana qator yangi generatsiya quvvatlari, podstansiyalar, minglab kilometr elektr tarmoqlari hamda zamonaviy transformator punktlari qurilishi va ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Qadrli energetiklar!
Yuz yillik sharafli tarix davomida to‘plangan boy tajriba va salohiyat mamlakatimiz energetikasini yanada rivojlantirish, sohani chuqur modernizatsiya qilish va barqaror energiya ta’minotini ta’minlashda ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Ishonchimiz komilki, sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va kasbiy mahoratingiz energetika sohasining izchil taraqqiyotini ta’minlab, yangi loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshishiga, yurtimiz iqtisodiy qudratini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, barchamiz birgalikda Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib, Prezidentimiz hamda xalqimiz ishonchini oqlash yo‘lida yanada faol va sadoqat bilan xizmat qilamiz.
Shu fursatdan foydalanib, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va kasbiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilab qolamiz.
Hurmat bilan,
Energetika vaziri
Jo‘rabek Mirzamahmudov
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt