Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.35K subscribers
2.75K photos
152 videos
11 files
610 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
G‘ALABALI YURISH DAVOM ETMOQDA!

Coca-Cola Students Cup–2026 musobaqasining 4-mavsumida Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” filiali futbol jamoasi o‘zining g‘alabali yurishini davom ettirmoqda!

🏛 Bugungi muhim bahsda jamoamiz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) futbol jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

📰Asosiy vaqt davomida jamoalar teng kurash olib bordi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

G‘OLIB PENALTILAR SERIYASIDA ANIQLANDI!
“MEI” filiali — 5:4 — JIDU

🧤 G‘alabada jamoamiz darvozaboni H. G‘aniyevning hissasi alohida bo‘ldi. Penaltilar seriyasida raqibning zarbasini qaytarib, jamoamizga muhim g‘alabani taqdim etdi!


☑️ Bu — jamoaviy birdamlik, matonat va g‘alabaga bo‘lgan ishonchning yorqin namunasidir!

BIZ KEYINGI BOSQICHDAMIZ!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘ALABALI YURISH DAVOM ETMOQDA!

🏆Coca-Cola Students Cup–2026 musobaqasining 4-mavsumida Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” filiali futbol jamoasi navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi!

☑️ Bugungi bahsda jamoamiz Soliq oliy maktabining “Soliqchi” futbol jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq jamoamiz faol hujumkor o‘yin namoyish etib, maydonda to‘liq ustunlikni o‘z qo‘liga oldi.


YAKUNIY HISOB — 4:0!

👏 “MEI” filiali jamoasi ishonchli g‘alaba bilan chorak finalga yo‘l oldi!

🤝 Bu natija — jamoaviy birdamlik, kuchli iroda, matonat va g‘alabaga bo‘lgan ishonchning yorqin ifodasidir.

BIZ KEYINGI BOSQICHDAMIZ!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
УВАЖЕНИЕ К УЧИТЕЛЮ — ПРАЗДНИК, ИДУЩИЙ ОТ СЕРДЦА!

🏛 В преддверии 1 октября — Дня учителей и наставников в Ташкентском филиале ФГБОУ ВО «Национальный исследовательский университет «МЭИ» состоялась торжественная встреча преподавателей и наставников в праздничной и тёплой атмосфере.

С самого утра талантливые и активные студенты филиала встречали своих преподавателей с искренними поздравлениями, цветами и праздничными открытками с тёплыми пожеланиями исполнительного директора филиала Х.С. Далиева.


☑️ Такое искреннее проявление глубокого уважения и признательности учителям придало празднику особую атмосферу, подарив педагогам радость, хорошее настроение и ощущение заслуженного внимания.

⏩ Ведь учитель — это человек, который освещает путь к знаниям и просвещению, сеет в сердцах молодого поколения семена добра, знаний и любви к Родине.

👏 Коллектив Ташкентского филиала НИУ «МЭИ» сердечно поздравляет всех учителей и наставников с профессиональным праздником!

💐 Уважение к учителю — уважение к будущему!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔊 TO‘LOV-KONTRAKT MAJBURIYATLARINI O‘Z VAQTIDA BAJARISH — MUHIM MAS’ULIYAT!

Hurmatli talabalar!

🏛 Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalardan shartnoma shartlariga mas’uliyat bilan yondashishlari va belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlari so‘raladi.

Shartnomani olish


📌 To‘lov-kontrakt — bu shunchaki to‘lov emas. U talaba bilan ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan o‘zaro huquq va majburiyatlarning muhim qismi hisoblanadi.

☑️ Amalga oshirilayotgan to‘lovlar, avvalo, talabaning ta’lim olishi, o‘quv jarayonining uzluksiz tashkil etilishi va ta’lim xizmatlarining ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni ta’minlashga xizmat qiladi.

👉 Shu munosabat bilan har bir talaba:
⏩ tuzilgan shartnoma shartlarini diqqat bilan o‘rganishi;
⏩ to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilishi;
⏩ to‘lovlarni o‘z vaqtida va belgilangan tartibda amalga oshirishi;
⏩ shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham vijdonan bajarishi zarur.

Shartnoma imzolanishi bilan uning shartlarini bajarish bo‘yicha mas’uliyat ham yuzaga keladi. Shuning uchun to‘lov muddatlarini kechiktirmaslik va mavjud majburiyatlarga beparvo bo‘lmaslik har bir talabaning muhim mas’uliyatidir.


➡️ Ta’lim — kelajakka kiritilayotgan sarmoyadir. Bugun amalga oshirilayotgan to‘lov nafaqat shartnoma talabining bajarilishi, balki talabaning o‘z ta’limi, bilimi va kelajagiga bo‘lgan mas’uliyatini ham ifodalaydi.

🤝 Filial ma’muriyati barcha talabalarni shartnoma shartlariga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga, to‘lov-kontrakt majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarishga va ta’lim jarayonining barqaror davom etishiga o‘z hissasini qo‘shishga chaqiradi.

Web-sayt |Telegram Instagram|You-tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM