Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.37K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
602 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
«РУССКИЙ НА 100» — ИЗУЧАЙТЕ РУССКИЙ УВЕРЕННО!

🏛 В филиале Национального исследовательского университета «МЭИ» в городе Ташкенте регулярно работают предметные и спортивные кружки. Они помогают студентам с пользой проводить свободное от занятий время.

Один из таких кружков — «Русский на 100». Занятия проходят по пятницам в аудитории 322 главного учебного корпуса филиала. Руководитель кружка — З. У. Саидова.


☑️Хотите лучше овладеть русским языком? Присоединяйтесь к нашему кружку! Здесь вы сможете развить языковые навыки и сделать ещё один шаг к тому, чтобы стать квалифицированным специалистом в своей области.

👉 Становитесь современными, образованными молодыми людьми, уверенно владеющими иностранными языками и способными достойно конкурировать со сверстниками на международном уровне!

Учитесь сегодня — расширяйте свои возможности завтра!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MA’RIFAT ULASHIB — ILHOMLI UCHRASHUV!

Hurmatli ustozlar, talabalar va adabiyot ixlosmandlari!

🏛 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — taniqli yozuvchi va adiblar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Ta’lim va ilm-fan vazirligining 2026-yil 16-sentabrdagi 390-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash hamda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.


☑️ Adabiyot va ma’rifatga oshno bo‘ling, ijodkorlar bilan samimiy suhbatdan bahramand bo‘ling! Barchangizni tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

Filial bosh o'quv binosi 111-xona
2026 yil 27 oktabr.


Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar Front Ofisi
🎓MEI UNIVERSITETIDA YOSHLAR O‘RTASIDA PROFILAKTIK TARG‘IBOT

😄Toshkent shahridagi MEI Milliy tadqiqot universitetida Yoshlar Front Ofisi koordinatorlari tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.


💬Suhbat davomida yoshlar bilan giyohvandlikning salbiy oqibatlari, huquqbuzarliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini tanlashning ahamiyati haqida fikr almashildi.

📌Har bir yosh o‘z kelajagi uchun mas’ul. Zararli illatlarga qarshi ogohlik va to‘g‘ri tanlov — mustahkam kelajak poydevori!

Rasmiy sahifalarga a’zo bo‘ling:
🔹Instagram  🔹Telegram
🌍Web            🔹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ma’rifat ulashib” — ijodiy uchrashuv

🏛 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filialida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli adiblar Tohir Doliyev va Go‘zal Begim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

☑️ Filial ijrochi direktori birinchi o‘rinbosari B. J. Mamasoliyev tadbirning mazmun-mohiyati va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘zlab, mehmonlarga navbat berdi.

Samimiy suhbat davomida adiblar ilm-ma’rifat, ma’naviyat, komil inson tarbiyasi, ona tilimiz, milliy o‘zlikni anglash hamda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish haqida fikr bildirdilar. Ular asarlari va she’rlaridagi nozik tuyg‘ular bilan ham o‘rtoqlashdilar.


🇺🇿 Uchrashuv yoshlarga ijodiy zavq bag‘ishlab, ularni kitob mutolaasi va ma’naviy kamolot sari ruhlantirdi.

🏆 “Ma’rifat ulashib” loyihasining ochilish tadbiri sifatida oʻtkazilgan mazkur uchrashuv yakunida savol-javob oʻtkazilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan ijodkorlarga murojaat qilishdi va qimmatli ma’lumotlarga ega boʻlishdi.

👉 Tadbir Ta’lim va ilm-fan vazirligining 2026-yil 16-sentabrdagi 390-sonli buyrug‘i ijrosi hamda filial ijrochi direktorining 2026-yil 17-sentabrdagi 01-29-sonli buyrug‘i asosida tashkil etildi.

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy uchrashuvlar davom etmoqda!

🏛 Toshkent shahridagi “MEI” Milliy tadqiqot universiteti Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali jamoasi Bektemir tumanidagi 346-maktabda ma’naviy-ma’rifiy va adabiy tadbir o‘tkazdi.

Uchrashuvda kafedra mudiri D.G.Rashidova, kafedra o‘qituvchisi N.Amanova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adiba Go‘zal Begim ishtirok etdilar.


☑️ Tadbir davomida kitobxonlik, ma’rifat va milliy qadriyatlar haqida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Go‘zal Begimning she’rlari va hikoyalaridan parchalar tinglandi, maktab o‘quvchilari esa sahna ko‘rinishlari orqali o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.

⏩ Uchrashuv yoshlar qalbida adabiyotga mehr uyg‘otish, ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qildi.

👉 “Ma’rifat ulashib” — bilim, ilhom va ma’rifatni qalbdan qalbga yetkazadigan loyiha.

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM