Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.36K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
603 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
📢 Talaba-yoşlar, sizning fikringiz biz uçun muhim!

❓Oliy ta’lim taşkilotingizda yoşlar bilan işlaş va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qay darajada taşkil etilmoqda? Bu borada qanday takliflaringiz bor?

🏛 Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi tomonidan uşbu yönalişdagi faoliyatni örganiş va takomillaştiriş maqsadida talabalar örtasida anonim sörovnoma ötkazilmoqda.

✅ Sörovnomada iştirok eting! Sizning xolis fikr va takliflaringiz mavjud muammolarni aniqlaş hamda yoşlar bilan işlaş tizimini yanada yaxşilaşda muhim ahamiyatga ega.

🔗 Sörovnomada iştirok etiş

Sörovnoma anonim tarzda ötkaziladi. Fikringizni bildiring – ijobiy özgarişlarga hissa qöşing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Кибербезопасность и цифровая культура молодёжи — важная тема современности!

😈 🤝 🏛 В рамках «Четверга — Дня молодёжи» состоялось профилактическое мероприятие на тему «Кибербезопасность и цифровая культура молодёжи: бдительность в киберпространстве и профилактика преступности». Оно было организовано в тесном сотрудничестве с отделом координации деятельности органов внутренних дел Алмазарского района.

Инспекторы подразделения киберпрофилактики, старшие лейтенанты Н. Усманова и М. Салиханова, рассказали молодёжи о случаях мошенничества, вымогательства и незаконного использования персональных данных в киберпространстве. На жизненных примерах они объяснили, как злоумышленники входят в доверие и какие риски для денежных средств и личных данных создают поддельные ссылки и вредоносные файлы.


☑️ Участникам показали видеоролик о возможностях приложения «APK Qo‘riqchi». Студенты получили подробные ответы на интересующие их вопросы. Официальные источники также рекомендуют не устанавливать неизвестные APK-файлы, не переходить по подозрительным ссылкам и никому не сообщать коды подтверждения, полученные от банка.

🔐Помните: не принимайте поспешных решений, проверяйте источники ссылок и файлов, храните пароли и SMS-коды в тайне. Бдительность в киберпространстве — важная часть личной безопасности!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DUAL TA’LIM — NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI!

🏛 «O‘zbekgidroenergo» AJ rahbariyati va Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali talaba-yoshlari ishtirokida «Dual ta’lim: ish beruvchi va talaba hamkorligi» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda gidroenergetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyoti bilan boyitish, korxonalarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olish va yoshlar bandligiga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.


☑️ Davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalardan kelib chiqib, dual ta’limni rivojlantirish oliygoh, ish beruvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning muhim yo‘nalishidir. Bunday hamkorlik yoshlarga kasbiy mahoratni amalda egallash, ish beruvchilarga esa soha ehtiyojlariga mos mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.

⏩ Talaba-yoshlarning sohani yanada rivojlantirish, dual ta’lim va energetika loyihalariga oid savol hamda takliflari tinglandi. Mutaxassislar talabalar va professor-o‘qituvchilarning savollariga javob berib, bildirilgan takliflar bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldilar.

⏩ Talabalarni gidroenergetika inshootlariga olib borib, zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish taklifi «O‘zbekgidroenergo» AJ rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Qiziqish bildirgan talabalar uchun tanishuv ekskursiyalari tashkil etishga kelishib olindi.

Bugungi hamkorlik — ertangi malakali kadrlar va barqaror energetika!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Filial hududida kuzgi obodonlashtirish ishlari

Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim, ilm-fan vazirligining 2026-yil 12-noyabrdagi 06-1809-son topshiriq xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ–184-son qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” ijrosi doirasida filialda tizimli ishlar olib borilmoqda.

🏛 Bugun filial hududida kuzgi obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Talaba-yoshlar kuzgi shudgorlash hududini xazonlardan tozalab, ariq va zovurlarni chiqindilardan xoli qildilar. Bu ishlar kuzgi yomgʻirlar paytida suv oqimiga toʻsqinliklar yuzaga kelishining oldini olishga, hududni ozoda va tartibli saqlashga xizmat qiladi.

☑️ Tadbir talabalarda tabiatga masʼuliyat bilan munosabatda boʻlish va atrof-muhitni asrab-avaylash koʻnikmalarini mustahkamlashga qaratildi. Filialda ekologik madaniyatni yuksaltirish, “Ekofaol talabalar” jamoasini shakllantirish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish rejalashtirilgan.

🇺🇿 Ozoda hudud — sogʻlom muhit va yuksak ekologik madaniyat garovi!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM