Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.37K subscribers
2.72K photos
150 videos
11 files
602 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
DUAL TA’LIM — NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI!

🏛 «O‘zbekgidroenergo» AJ rahbariyati va Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali talaba-yoshlari ishtirokida «Dual ta’lim: ish beruvchi va talaba hamkorligi» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda gidroenergetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyoti bilan boyitish, korxonalarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olish va yoshlar bandligiga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.


☑️ Davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalardan kelib chiqib, dual ta’limni rivojlantirish oliygoh, ish beruvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning muhim yo‘nalishidir. Bunday hamkorlik yoshlarga kasbiy mahoratni amalda egallash, ish beruvchilarga esa soha ehtiyojlariga mos mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.

⏩ Talaba-yoshlarning sohani yanada rivojlantirish, dual ta’lim va energetika loyihalariga oid savol hamda takliflari tinglandi. Mutaxassislar talabalar va professor-o‘qituvchilarning savollariga javob berib, bildirilgan takliflar bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldilar.

⏩ Talabalarni gidroenergetika inshootlariga olib borib, zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish taklifi «O‘zbekgidroenergo» AJ rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Qiziqish bildirgan talabalar uchun tanishuv ekskursiyalari tashkil etishga kelishib olindi.

Bugungi hamkorlik — ertangi malakali kadrlar va barqaror energetika!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Filial hududida kuzgi obodonlashtirish ishlari

Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim, ilm-fan vazirligining 2026-yil 12-noyabrdagi 06-1809-son topshiriq xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ–184-son qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” ijrosi doirasida filialda tizimli ishlar olib borilmoqda.

🏛 Bugun filial hududida kuzgi obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Talaba-yoshlar kuzgi shudgorlash hududini xazonlardan tozalab, ariq va zovurlarni chiqindilardan xoli qildilar. Bu ishlar kuzgi yomgʻirlar paytida suv oqimiga toʻsqinliklar yuzaga kelishining oldini olishga, hududni ozoda va tartibli saqlashga xizmat qiladi.

☑️ Tadbir talabalarda tabiatga masʼuliyat bilan munosabatda boʻlish va atrof-muhitni asrab-avaylash koʻnikmalarini mustahkamlashga qaratildi. Filialda ekologik madaniyatni yuksaltirish, “Ekofaol talabalar” jamoasini shakllantirish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish rejalashtirilgan.

🇺🇿 Ozoda hudud — sogʻlom muhit va yuksak ekologik madaniyat garovi!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 “Besh tashabbus olimpiadasi”da filial jamoasidan yirik g‘alaba!

🏛 Hududiy bosqichda Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali talabalari futbol bahslarida munosib ishtirok etmoqda. Bugun TMC OTM jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda S.Mamasoliyev boshchilik qilgan futbolchilarimiz maydonda mahorat, tezkorlik va birdamlikni namoyish etib, 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi!

Musobaqalar Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi futbol stadionida qizg‘in davom etmoqda. Har bir uzatma, har bir zarba va har bir ochko uchun kechayotgan bellashuvlar yoshlarning chaqqonligi, matonati, intilishi va jamoa bo‘lib bir maqsad sari harakat qilish fazilatlarini namoyon etmoqda.


☑️ Bu g‘alaba jamoamizning tinimsiz tayyorgarligi, o‘zaro hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy ishonchining yorqin natijasidir. Futbol — millionlar o‘yini, maydondagi har bir daqiqa esa iroda va jamoaviy ruh sinovidir!

⚽️ Filial jamoamizga keyingi uchrashuvlarda ham omad va yangi zafarlar tilaymiz!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Aziz talabalar, bu bayram — sizniki!

🏛 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan filialda bayram dasturi tashkil etiladi. Kunimiz talabalarni bayramona kutib olish va «Yoshlar — millat kelajagining hal qiluvchi kuchi» g‘oyasi asosidagi motivatsion uchrashuv bilan boshlanadi.

☑️ Sizni mazmunli va kreativ dars mashg‘ulotlari, qariyb 15 million so‘mlik rag‘batlantirish fondiga ega «Zakovat» intellektual o‘yini, shuningdek, ko‘ngilochar konsert va raqs shoulari kutmoqda.

«Zakovat» g‘oliblari uchun:
🥇 5 million so‘m
🥈 4 million so‘m
🥉 3 million so‘m
G‘olib jamoalar ijrochi direktor tomonidan taqdirlanadi.


⏩ Bilimingizni sinab ko‘ring, jamoangiz bilan g‘alaba sari intiling va bayram kayfiyatidan bahramand bo‘ling!

🇺🇿 Barchangizni bayram tadbiriga taklif etamiz. Aziz talabalar, ushbu bayram sizlar uchun!

—————————————————

🎓 Дорогие студенты, этот праздник — ваш!

🏛 17 ноября, в честь Международного дня студентов, в филиале состоится праздничная программа. День начнётся с торжественной встречи студентов и мотивационной встречи, посвящённой идее: «Молодёжь — решающая сила будущего нации».

☑️ Вас ждут содержательные и креативные занятия, интеллектуальная игра «Заковат» с призовым фондом почти 15 миллионов сумов, а также праздничный концерт и танцевальные шоу.

Призы для победителей игры «Заковат»:
🥇 5 миллионов сумов
🥈 4 миллиона сумов
🥉 3 миллиона сумов
Команды-победители будут награждены исполнительным директором.


⏩ Проверьте свои знания, стремитесь к победе вместе со своей командой и зарядитесь праздничным настроением!

🇺🇿 Приглашаем всех на праздничное мероприятие. Дорогие студенты, этот праздник для вас!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz talabalar, Xalqaro talabalar kuni muborak!

🎓 Bugun, 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni! Shu munosabat bilan filialimizda talabalar bayramona kutib olindi.

🇺🇿 «Yoshlar — millat kelajagining hal qiluvchi kuchi».

🏛 Bu ishonch sizning bilimingiz, izlanishingiz va ezgu maqsadlaringizda namoyon bo‘ladi. Ilm o‘rganing, kelajak kasblarini puxta egallang, ajdodlarimizning boy merosidan kuch oling. Zero, ilmga intilish — ulardan qolgan bebaho meros, uni davom ettirish esa bizning sharafli burchimizdir.

Uchinchi Renessans bunyodkorlari sifatida O‘zbekistonning ravnaqi va yuksak kelajagiga o‘z hissangizni qo‘shing. Har bir yangi bilim, har bir dadil qadam sizni ham, Vatanimizni ham buyuk marralarga yaqinlashtiradi!


✨ Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin!

👏 Orzularingiz baland, maqsadlaringiz ulug‘, yo‘lingiz ilm va zafarlar bilan nurli bo‘lsin!

—————————————————————

Дорогие студенты, поздравляем вас с Международным днём студентов!

🎓 Сегодня, 17 ноября, отмечается Международный день студентов! По этому случаю в нашем филиале студентов встретили празднично.

🇺🇿 «Молодёжь — решающая сила будущего нации».

🏛 Это доверие воплощается в ваших знаниях, стремлении к новому и благородных целях. Учитесь, уверенно осваивайте профессии будущего, черпайте силы в богатом наследии наших предков. Стремление к знаниям — бесценное наследие, оставленное ими, а продолжать его — наша почётная обязанность.

Внесите свой вклад в процветание и великое будущее Узбекистана, став созидателями Третьего Ренессанса. Каждое новое знание и каждый смелый шаг приближают вас и нашу страну к большим свершениям!
✨ С Международным днём студентов!

👏 Пусть ваши мечты будут высокими, цели — великими, а путь озаряют знания и успехи!

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM