Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Koʻzlarimga ishon, qoʻllaringni ber,
Axir gʻamlaringni tugatmoqchiman.
Oʻzim bilmayman-u, lekin, baribir,
Men senga yashashni oʻrgatmoqchiman.
Kel, ilmi ushshoqni oʻzlashtiraylik,
Imkonlar navbatda turar, imkonlar.
Koʻnglingdan oʻzgaga quloq solmagin,
Chorla bezovta qil, tushlarimga kir.
Ammo aro yoʻlda turib olmagin,
Faqat ketmasingga meni ishontir.

©Behzod Fazliddin
#lirika @nigohlarda
Allaqachon to'zib ketardim, balki
Va yo g'amlar meni etardi ado.
Kimningdir ko'nglini olgandirmanki,
Yuragimni asrab kelyapti xudo.

O'zi yaqin oldi, meni o'ziga
Kunda quyosh bo'lib, yo'qlab turibdi.
Men aytgan toza bir so'z evaziga
Qilday hayotimni saqlab turibdi.

Nimaga koʻzimda yulduz kam,
Ishq kam...
Men noshud umrimni kimlarga berdim?
Koʻksim nurga toʻlib bitta gul eksam,
Orqasidan oʻnta nihol sindirdim...

Baribir, koʻnglimga kelaveradi U,
Kechirilib ketdi har qanday xato.
Axir men sevishni oʻrganyapman-ku,
Sevgini sevganni suyadi Xudo...

©Behzod Fazliddin

Adabiyotchi sifatida sheʼr oʻqigim, kimdandir tinglagim kelib qoladi, baʼzan. Behzod Fazliddin sheʼrlari qalbimga yaqin juda. Namanganlik ijodkorlarga hurmatim oʻzgacha)

#lirika @nigohlarda
Baland ucha olmas yolgʻizlar,
Endi meni dardlar davolar.

© Behzod Fazliddin @nigohlarda 🌿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nigohlarda
Video message
Tanishing:
Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi kutubxona. Andijonda.

#kutubxonagasayohat 📚
@nigohlarda
Bir kuni shunday katta boʻlasizki, siz yana ertaklarni oʻqishni boshlaysiz.

@nigohlarda
"But man is not made for defeat", he said.
"A man can be destroyed but not defeated."

"–Ammo inson bolasi yengilib, yengilganiga rozi boʻlib ketaverish uchun yaratilmagan, - dedi u. Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib boʻlmaydi."

©"Chol va dengiz"

Eng oxirgi oʻqigan asarim Amerikalik yozuvchi, Nobel mukofoti laureati Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" qissasi boʻldi. Yozuvchining tasvir uslubi oʻzgacha. Kitobda insondagi iroda va matonat, oqillik va azm-u qaroridan ogʻishmaslik oʻzgacha tasvirlangan. Ammo lekin biroq, aynan shu asar uchun nega "Nobel" olgani haqida haliyam oʻylayapman... anglab qolarman)
@nigohlarda
Yonida bir doʻsti, ishida bir unumi, boshida bir himoyasi, saʼylarida parvozi boʻlmagan musulmon, avvalo, oʻz qalbiga nazar solsin, soʻng amallariga boqsin. Albatta, nuqsonni topadi. Yo qalbida Allohga toʻla taslim emas, yo amallarida ixlossizlik borligini anglab yetadi.

© Shafiqa xonim (asardan)
@nigohlarda #bizdayangikitob
"Avf ibn Muhojir aytadi: "Umar ibn Abdulaziz musulmonlarning ishi bilan shugʻullanayotganda davlat xazinasidan olingan shamni ishlatar, davlat ishlaridan boʻshab, oʻz ehtiyojlari uchun chiroq yoqish kerak boʻlsa, oʻz pullariga olingan shamni ishlatar edilar."

Dunyoni tebratgan buyuklar turkumidan 📚
@nigohlarda
"Doʻsting kimligini ayt, sening kimligingni aytaman!"

Hayotimda mana shu maqol tasdigʻini topayotgandekman)

Doim Allohni eslatib turuvchi birodaringiz bormi?
Ishonavering, siz eng katta neʼmat bilan siylanibsiz, sizni Alloh yaxshi koʻrarkan!
#biznikitoblarbirlashtiradi 📚✨
@nigohlarda
لا تستسلم، فالأشياء العظيمة لا تأتي بسهولة

Do not give up, great things do not come easily ✨

Xullas, issiq sizni yengib qoʻymasin, oʻqib oʻrganishda bardavom boʻling (albatta salqin manzilda)

Arablar shunday deyishadi:
"Maqsad va davomli boʻlish seni doim oldinga chorlaydi". @nigohlarda
​​"Ulamolar hayoti haqidagi qissalar men uchun ayrim fiqhiy masalalardan koʻra suyukliroqdir. Chunki unda olimlar odobi va goʻzal xulqlari hikoya qilinadi."
(Mazhabboshimiz Abu Hanifa)

Ahmad Muhammad Tursun rahimahulloh muallifliklarida "Dunyoni tebratgan buyuklar" turkumida jahon tarixida oʻchmas iz qoldirgan ulugʻ insonlarning hayot yoʻllari bilan tanishtiruvchi risolalar yozilgan. Shularning ichida "Xulafoi roshidin"ning ("Toʻgʻri yoʻldan yurgan toʻrt xalifa") ning beshinchisi deb nom olgan, qirq yil umr koʻrib, elni adolat bilan boshqargan, Abu Hafs Umar ibn Abdulaziz ibn Marvon haqida.

Uning adolati, idora ishlaridagi islohotlari tarixda juda mashhur. Shu sababdan bobosi Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga ishoratan "Ikkinchi Umar" ham deyishgan. Risolada oʻta taqvoli, zohid, kamtar, adolatparvar Umar ibn Abdulaziz haqida koʻplab rivoyatlar bor. Zerikmasdan, bir nafasda oʻqiladigan kitoblar sirasiga kiradi.

Umar ibn Abdulaziz hikmatlaridan:

"Menga taqdir hukmlariga rozi boʻlishdan oʻzga xursandchilik qolmadi."

"Agar odamlar mashaqqatli boʻlgan har bir ishni tark qilaversalar, odamlarda na din va na dunyo qolmas edi."

"Namozga beparvo boʻlgan odam shariatning hukmlariga ham beparvo boʻladi."

"Banda jannatdagi tubo daraxti ostida boʻlmaguncha unga rohat yoʻq."

"Qissalar tarbiya uchun eng qulay qoʻllanmadir. Bejizga Qurʼoni Karimning kattagina qismida oʻtgan paygʻambarlar va ularning qavmlarining, oʻtmishda yashab oʻtgan xalqlarning qissalarining bayoni kelmagan. Qissa orqali buyruq feʼlini ishlatmay ibodatga, yaxshilikka buyurish mumkin, nahiy lafzini keltirmay koʻp yomonliklardan qaytarish mumkin.
(Muallif)

Tavsiya albatta oʻqib koʻring) 📚

@nigohlarda #bookreview
Bilasanmi, Mariya, insonlar uch sababga koʻra bir-biriga qarindoshdirlar:
–Odam Ato va Momo Havo avlodlari boʻlgani uchun;
–bitta otaning farzandi boʻlgani uchun;
–bitta dinga mansub boʻlgani uchun.

Bismillah deb boshladik, yangi romanni) 🍀
@nigohlarda
" كانت قارئة pdf فرزقها اللّٰه بزوج يمتلك مكتبة "

"U PDF (kitob) oʻquvchi edi, shuning uchun Alloh unga kutubxonaga ega boʻlgan erni ato etdi."

Barcha kitobsevar qizlarga shunday baxt nasib qilsin.

Manba @nigohlarda
"Odamlar orasida ham yolgʻizdir inson."
© Kichkina shahzoda