Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Nigohlarda
​​"Oʻzingizni boshqalar bilan solishtirishdan qoching. Oʻzingizni sizdan boy, martabali, dunyoviy boyligi bisyor odamlar bilan solishtirmang. Buning oʻrniga paygʻambarlar va sahobiylar hayotiga nazar soling hamda ulardan ibrat olishga intiling. Zero, har bir…
Yaqin oʻtmishda turklarning sovchilik borasida ajoyib urf-odatlari bor edi. Unga koʻra sovchilikka borilganda qiz uch narsadan imtihon qilinardi.

Birinchisi – Qurʼondan;
Ikkinchisi – pazandachilik, uy yumushlaridan;
Uchinchisi – gilam ustiga ip tortilib, uning ustida yurgʻizishgan.(Bu orqali qizning sogʻlomligini tekshirishgan)

Birinchi imtihondan oʻtolmasa, darrov qaytib keta qolishgan. Birinchisidan oʻtsa-yu, ikkinchisidan oʻtolmasa, qolganini oʻzimiz oʻrgatib olarmiz, deyishgan. Uchinchisidan oʻta olmasa, koʻpincha Allohning irodasi, choʻloqroq yoki gʻilayroq boʻlsa, ayb unda emas, deb baribir olib ketaverishgan. Biroz tugʻma nuqsoni, dunyoviy ilmsizligi tufayli bironta qiz ersiz qolib ketmagan. Chunki ularning asosiy mezoni QURʼON edi.

"Baxt qasri" kitobidan 📚

@nigohlarda #mutolaa
​​Baxt sari intilayotgan har bir inson borki, Alloh taolo roziligi yoʻlida harakat qiladi. Dunyoda jinsi, yoshi, mutaxassisligi va boshqa xislatlaridan qatʼi nazar, biror inson yoʻqki, baxtli boʻlishni istamasa. Baxtli boʻlish uchun, avvalo, baxt oʻzi nima ekanini tushunib olish zarur.

Inson hayotini muayyan tartibga solib turuvchi mezonlar bor. Shariatimiz koʻrsatmalarida shu oʻlchovlar oʻz ifodasini topgan.
Sharʼiy hukmlarni teran anglab yetish va amalda qoʻllash oilaviy hayotning baxt-saodatini taʼmin etadi.

Baxt qasri..
Har kim yetishishni istagan qasr, har kim ana shu qasrda yashashni orzu qiladi. Shubhasiz.
Kitob nomi ham, dizayni ham oʻziga yarasha takrorlanmas. Yoqimli.

Mittigina kitobda asosan oilaviy masalalar yoritilgan. Baxtli turmush uchun yoshlar nimalarga eʼtibor berish kerakligi ochib berilgan. Goʻzal pandu nasihatlar, maslahatlar, hayotiy ibratli voqealar bor.
Kitobni tuzishda, Qurʼoni Karim, Gʻazolliyning "Uylanish odobi", shayximizning "Baxtiyor oila" kitoblaridan foydalanilgan ekan.

"Hayotingiz osoyishta va saodatli davom etishini istasangiz, doimo xatolarni oʻchiruvchi, kechiruvchi va goʻzal xulq sohibi boʻling!"
(Kitobdagi eng yoqqan iqtibos)

Oila qurish ostonasida turgan yoshlar, bemalol, ikki martalab tavsiya qilaman sizlarga) 😄
Oʻqib koʻringlar.
#bookreview @nigohlarda
Forwarded from مسودة
Menga tabiatni sevdirganingiz uchun tashakkur, do'stim☺️🤗
@nigohlarda🤩
@kitob_book
Eʼtiborlisi, sahifangiz(profilingiz)ga yozganingiz emas. Balki eʼtiborlisi, farishtalar sahifangizga yozadiganidir.

–Doktor Muhammad Rotib Nablusiy
@nigohlarda
🌖
"Oymomo"ni koʻrib qoldim. Hammaga bolaligini eslatsa kerak, hovlida oyga qarab, oila davrasidagi suhbatlar, bobo-buvilarimizning "oymomo qizim" deb erkalashlari, yangi oy chiqsa peshonamizda oʻpib, duo qilib qoʻyishlari..
Oydin kechalarda ertak tinglashlar..
Oy kattami, quyosh kattami deb savol berganlarimiz, yugursak biz bilan teng yugurayotgandek boʻlishi oyni..

U kunlarni qoʻmsashsiz ulgʻayish boʻlmaydi, negayam katta boʻlishni orzu qilavergan ekanmiz-a?)

@nigohlarda
​Agar ayol kishi qush qilib yaratilganida, "Tovus"...
Hayvon qilib yaratilganda, "Kiyik"...
Hasharot boʻlganda, "Kapalak" boʻlardi.
Lekin u inson qilib yaratildi.
Natijada, suyukli mahbuba, mehribon ona, er kishi uchun yer yuzidagi eng goʻzal neʼmatga aylandi. Agar ayol kishini shaʼni judayam oliy, yuksak boʻlmaganda edi, Alloh taolo uni jannatda moʻmin erlarga beriladigan mukofot boʻlmish “HUR” larni yaratmasdi. Bir haqiqat meni shu darajada ajablantiradiki, birgina gul ayolni rozi qiladi. Birgina soʻz uni halok qiladi.
Ayol zoti ajib-da?!
Goʻdaklik chogʻida otasiga jannatdan bir eshik ochadi.Ulgʻayganda, erining iymonini toʻldiradi. Ona boʻlganida esa, JANNAT uning oyoqlari ostida boʻladi.

Qayerdadir, qachonlardir oʻqigandim)

@nigohlarda
Elektron kitob oʻqishni qoʻmsab qolaman baʼzan. Shunaqa paytlarda koʻpincha Ziyovuddin Rahim kitoblariga yuzlanaman. Qisqa-qisqa , sodda uslubda yozilgan koʻp kitoblari. Tavsiya qilaman . Zeriktirmaydigan, bezdirmaydigan jumlalar bor.

Rasmdagilar ustozning "Dildagi gaplar" kitobi Hilol eBook ilovasida.
@nigohlarda
Hazrat bilan unashtirilishimizda oilamizda koʻpchilik istixora qilgan. Deyarli hamma tushida uyum-uyum kitob koʻrgan. 1974-yili, Hazrat institutda oʻqiyotgan kezlari toʻyimiz boʻldi. Oʻshanda oʻn toʻqqiz yoshda edim. Toʻyimiz oʻz uyimizda oʻtkazilib, men Namangandan Andijonga, Buloqboshiga kelin boʻlib tushganman.

© Fotimaxon Ismoil mahdum qizi
(Shayxning rafiqalari)

Muhammadga(sollallohu alayhi vasallam) sodiq Muhammad Sodiq kitobidan.

@nigohlarda #yapyangikitobbizda
​​Kitobga muhabbat

Shayx hazratlari yoshlikdan kitob oʻqishga qattiq muhabbat qoʻygan edilar. Bolaligimizda qoʻlimizga tushgan hamma pulga kitob sotib olardik. U kishi oʻzlari kutubxonadan olgan kitoblarini oʻqib tugatib, keyin u yerdan men olib kelgan kitoblarni ham oʻqirdilar. Ulgʻaygani sayin kitobga boʻlgan muhabbatlari oshsa oshdiki, aslo kamaymadi. Chet elda oʻqigan davrlarida ham koʻp kitob oʻqishi bilan ajralib turardilar. Birovga bergan sovgʻalari ham, olgan hadyalari ham faqat kitob boʻlardi.

Birodarlarimizdan biri uch yil muqaddam Hazratdan omonatga bir kitob olgan ekan. Shayxning xotirlaridan koʻtarilib ketgan boʻlsa kerak degan xayolda yana kitob soʻrab kelibdi. Shunda shayx hazratlari "Uch yil oldin olgan kitobni qaytarsangiz, oʻshanda yangi kitob beriladi", degan ekanlar.

Shayx hazratlarining shuncha koʻp kitob yozishlariga sabab, u kishining kitobga boʻlgan muhabbatlari tufayli boʻlsa, ne ajab. Har bir kitoblari nashrdan chiqqanida goʻyoki yangi farzand koʻrgandek xursand boʻlib ketardilar. Kitob taqdimoti u kishi uchun bayramga aylanib ketar edi..

© Muhammad Amin Muhammad Yusuf
(Hazratning ukalari)

@nigohlarda
Nigohlarda
Hazrat bilan unashtirilishimizda oilamizda koʻpchilik istixora qilgan. Deyarli hamma tushida uyum-uyum kitob koʻrgan. 1974-yili, Hazrat institutda oʻqiyotgan kezlari toʻyimiz boʻldi. Oʻshanda oʻn toʻqqiz yoshda edim. Toʻyimiz oʻz uyimizda oʻtkazilib, men…
"Olimlar tirikdirlar, garchi ular vafot etgan boʻlsalar ham. Johillar goʻyo oʻlikdirlar, ular tirik boʻlsalar ham".(Hadisdan)

Muhammadga(sollallohu alayhi vasallam) sodiq Muhammad Sodiq kitobi haqida ojizona fikrlarim.

Tuzuvchi - Ahmad Muhammad Tursun rahimahulloh

Kitob yodnoma usulda yozilgan. Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh haqlarida zamondoshlarining xotiralaridan iborat.
Kitobni oʻqirkansiz, ixtiyorsiz hazratimizga boʻlgan hurmat-ehtiromingiz, muhabbatingiz joʻshib ketadi. Hilol nashri orqali, hazratning ilmiy kitoblarini oʻqib, u kishining ilmlaridan, din yoʻlidagi begʻaraz xizmatlaridan boxabardirsiz, ammo bu kitob sizni nafaqat olimlik xulqi, balki talabalik yillari davomida chekkan mashaqqatlariga, ustozlari-yu shogirdlariga boʻlgan samimiy izzat-ikromlariga, erkak zoti odobi - otalik, oʻgʻillik, juftlik, vatanga oʻgʻlonliklariga guvoh qiladi.
Hazratdagi taqvoning kuchliligi, goʻzalligi, sodda hayot kechirganliklari, goʻdak va yosh bolalarni juda yaxshi koʻrganliklari, ilmga juda harisliklari, oʻta sabrli boʻlganliklari, safarlardan charchamasliklari, vaqtni qadrlab hatto daqiqalarni isrof qilmasliklari bemalol zamonaviy til bilan aytganda kitobni oʻqigan kitobxonga "motivatsiya" bera oladi.

Aslida koʻp narsa yozmoqchi edim, yaxshisi kitobni oʻqiy qoling. Qanday tugatib qoʻyganingizni ham sezmay qolasiz.

Kimningki kitobi qoʻlma-qoʻldir, kimningki ilmiga odamlar ixlos qoʻyyaptilar, bilib qoʻyavering shu olim yozganlariga oʻzi amal qiladi, yaʼni Ixlosu Ilmu Amal saltanatiga erishgan inson shu.
(Tursunoy Sodiqova)

#bookreview @nigohlarda
​Atrofdagilar meni qanoatlantirgunicha ulardan uzoqlashaman va meni toʻydiradigan kitoblarga qaytishga majburman.

©️Sabahattin Ali

@nigohlarda
"insan günbatımını çok üzgün olduğunda seviyor."

–Küçük Prens

"Inson quyosh botishini juda ham gʻamgin boʻlganida yaxshi koʻradi."

–Kichkina shahzoda

Biz shunda doim gʻamginmi?)
@nigohlarda
Televizor joylashgan xonaga serial koʻrish uchun qoʻlimda kitob bilan kirib kelganimni koʻrgan onam ukamga qarab: "Opang hozir 40 minut yovuzlik va ezgulik oʻrtasida jang olib boradi" deb qoʻyadilar, har gal.
Gap topolmay qolaman, rasm esa aynan shu vaziyatga xos ekan.
#tushunganlaruchun @nigohlarda
- Manga mativatsiya beradigan kitob kerak.
- Qurʼoni Karim.

📌 @javharuz 📌
انْخِدَاعُك بِكَثِيرٍ مِنَ البَشَرِ لَا يَدُلُّ عَلَي غَبَائِك، بَلْ يَدُلُّ عَلَي مُبَالَغَتِك في حُسْنِ ظَنِّك بِهِمْ.

Odamlarga ko'p aldanishingiz ahmoqligingizga emas, balki ularga ko'pincha yaxshi gumonda bo'lishingizga dalolat qiladi.

#baynayadayk @nigohlarda
Oxir zamon yoshlari, sizning "Badr"ingiz internet, "Uhud"ingiz ota-ona roziligi, bomdod namozingiz esa xuddi Makkaning fathidek aziz va qadrlidir.

©Nuriddin Yildiz @nigohlarda