Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Sevikli doʻstlar, bu qadar tayyorga ayyor boʻlmanglar...

Koʻrganlar kitobni shular sovgʻa qigan deb oʻylashadi 🙂 kanal linkini koʻrsatmasangiz ham "falonchi" kanaldan olindi deng baraka topgur) Maylida!
Nigohlarda qish turkumidan kadrlar)

@nigohlarda 📸 💨
Eh soddaginam. Qani gap faqat bilimda boʻlsa. Koʻp kitob oʻqish uchun: Intizom, maqsad, sabr, diqqatni yigʻa bilish qobiliyatlari kerak.

Foydali post: https://t.me/azizrakhimov_blog/424

@nigohlarda 🍋
Bolangizni maktabga yuborayotib, qoʻliga ikkita печенье berib, deng: "Biri senga, biri yaxshi koʻrgan doʻstingga". Ana shunda u muhabbat va yaxshilikni oʻrganadi.

Sumkasiga ortiqcha qalam solib, tayinlang: "Biror doʻsting qalamini unutgan boʻlsa, buni unga ber". Ana shunda bola maʼsuliyat va yaxshilikka shoshilishni oʻrganadi.

Qaytganida uy u kelishi bilan yorishganini ayting. Ana shunda qiymatini biladi, oʻzini qadrlashni oʻrganadi.

Kechqurun bugungi eng goʻzal ishi haqida soʻrang. Ana shunda u yaxshi va yomon ishning oʻrtasini ajratadigan, keyingi safar soʻramasangiz ham, oʻzi aytadigan boʻladi.

"Qalblardan soʻrang" Abdulqodir Polvonov

@nigohlarda
Qay biri arzon?
Aytishlaricha, Germaniyada maktab va oliygohlarda fuqarolarga ham, muhojirlarga, emigrantlarga ham oʻqish bepul ekan. Nemislar saxiy emas. Ammo ular ilmsizlikning narxini hisoblashgan. Taʼlim berish ilmsizlikka qaraganda ancha arzon boʻlib chiqqan!

Misrda esa Azharga oʻqishga kirolmagan abituriyentga beriladigan stipendiyaga bir oy bemalol yashash, oʻqish mumkin. (Yaʼni oʻqishga kira olmagan abituriyentlar ketmasdan oʻqiyveradi.)

Biz esa kitoblarni, shartnoma pullarini qimmat qilmoqchi boʻlyapmiz. Hatto abituriyent va maktabga endi boradigan bolakaylardan ham pul umidvormiz...

@nigohlarda
Baxtli hayot formulasi: "Bas, kim Mening hidoyatimga ergashsa adashmaydi va baxtsiz boʻlmaydi" (Toha surasi, 123-oyat).

Baxtsiz hayot formulasi: "Va kim Mening zikrim(Qurʼon) dan yuz oʻgirsa, bas, albatta, unga tor-tang hayot boʻladi" (Toha surasi, 124-oyat).

@nigohlarda
"Braziliya qamoqxonalarida bitta kitobni oʻqib tugatgan mahbusning jazo muddatidan toʻrt kun olib tashlanarkan. Ular bu bilan insonni tuzatishga harakat qilishar ekan, barbod qilishga emas... "

Shunday qisqa jumlalar odamni oʻylab qolishga majbur qiladi-a?!
"Qalblardan soʻrang" kitobida muallifning baʼzan saodat asridan, baʼzan hozirgi kunimizdan hikoya qiluvchi jumlalari sizni ham koʻp-koʻp oʻylashga, oʻzni taftish qilishga, qilayotgan amallaringizga bir nazar tashlashga undashiga ishonaman.
(Muallifdan Alloh rozi boʻlsin!)

Shunchaki #tavsiya qilaman! 🌻

@nigohlarda
Eʼtiqodga qarshilik fidokorlik boʻlmaydi. Uning nomi xiyonatdir!

#kitobdan @nigohlarda
"Allohning moʻjizalarini idrok etish uchun tabiat va hayvonot olami haqidagi dasturlarni koʻr, jonivorlarni ogʻiz-burunlariga eʼtibor ber."

"Balki botgan quyosh qaytib chiqqani kabi insonlik ham bir kuni yana tugʻilar va quyoshdek porlar. Ana oʻshanda dunyo chindan oydinlashadi, yorugʻlashadi."

#kitobdan @nigohlarda
–Тебе чай с лимоном или с мятой?
–А можно я буду пить с тобой?) 🍋📚

@nigohlarda
Koʻzdan oqqan yoshlaringga havaslarim kelar manim...
Qalbi qattiqlar yigʻlamas!
Diydasi qattiqlar anglamas!

@nigohlarda @kitob_book