Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
"Anne, merhametin kalbidir. Kendisi kan kussa yavrusuna hissertirmez, acılarını içine atar, hep güzel gösterir dünyayı... Anne, annedir işte...

Ona marhamat toʻla bir qalbdir. Oʻzi qon qussa-da dilbandiga buni sezdirmaydi, ogʻriqlarini ichiga yutadi, dunyoni esa goʻzal koʻrsatadi..."

Kim anne gibi sevebilir, kim anne gibi sizi koruyabilir.

@nigohlarda
Baxtli davr
- Hayotingizdagi eng baxtiyor onlar?
- Tugʻilgunimcha toʻqqiz oy juda baxtli edim. Chunki onamning yuragi ostida xotirjam yashardim...

Omilik
U kitobni turfa koʻyga soldi. Tandirni yoqish uchun tutantiriq qildi. Pista sotayotganda varaqlarni yirtdi. Asabiga tegayotgan pashshalarga qarata qurol qildi. Oʻgʻillariga "samolyot" yasab berdi. Eshik ochiq tursin uchun tirkagich qildi. Deraza oynalarini artdi. Hojatxonada ham xohlagancha foydalandi. Ammo biror marta oʻqib koʻrmadi. Yillar oʻtib, nursiz qalbiga nedir yetishmay qoldi. Kitobni qoʻliga oldi. Oʻqiy deganda esa koʻzlari allaqachon nurdan qolgan, qoʻllari esa tinimsiz qaltirardi...

Avtohalokatdan soʻng
- Meni kechir, oʻgʻlim... oʻsha kuni tezlikni oshirganimdan afsusdaman.
Jajji qabrdan sado boʻlmadi.

Usmon Azimni oʻqib...
- Shuncha yildan beri kimni kutyapsan oʻzi? Oq otdagi shahzodangnimi?
- Yoʻq. Yomgʻirda soyabon tutmaydigan odamni.

Nodirabegim Ibrohimova (muallif)

@nigohlarda
​​"Men, dadam va Alsgeymer" kitobi haqida

Avvaliga kitobni nomidan va muqova dizaynidan tarjima asar deb oʻyladim. Bilsam oʻzimizniki ekan, quvonib ketdim)
"Alsgeymer"ni siz ham ism deb taxmin qilgan boʻlsangiz, demak siz bilan oʻxshashmiz.

Qoʻngʻiroq sochli qizning surati tushirilgan bu kitob zamon ruhiga mos hikoyalardan iborat. Ularning bari sodda, samimiy uslubda yozilgan. Ayniqsa, kitob yakunidagi mitti hikoyalar, ularga qoʻyilgan nom sizni befarq qoldirmaydi.

"Men, dadam va Alsgeymer" hikoyasida alsgeymer(insonning miya faoliyati soʻnishi) kasali bilan hastalangan ota, kundan-kunga xotirasidan ayrilayotgan otaning qizi, ularning boshdan kechirganlari haqida soʻz boradi. Ogʻriqli hislar yoritilgan hikoya...

Yozuvchining "Voz kechilgan kitoblar", "Urush va kulcha", "Turmush va sevgi", "Qizil roʻmolcha" nomli hikoyalarini oʻqib boʻlganimdan keyin atrofimdagi dugonalarimga ham taʼsirlanib oʻqib berdim.

Oʻzbek hikoyachiligining bir vakilasi ijodidan bahramand boʻlganimdan mamnunman.

"Soʻzdan ayrilish, adabiyotdan ketish, shunchaki kun kechirish - hayotni ulkan maʼnosizlikka boshlaydi."
(Kitobdan iqtibos)

@nigohlarda
- Sening sayyorangda, - dedi kichkina shahzoda, - odamlar bir chamanzorda besh mingta gul oʻstirar ekanu izlaganini topa olmas ekan...
- Topolmaydi, - deb maʼqulladim.
- Xolbuki, ular izlagan narsani bir dona guldan, bir qultum suvdan ham topish mumkin.

"- Afsuski, koʻzlar basir. Koʻngil koʻzi bilan qidirmoq lozim."

–Kichkina shahzoda
@nigohlarda
"... what is essential is invisible to the eye."

"... eng asosiy narsani koʻz bilan koʻra olmaysan!"

– Kichkina shahzoda @nigohlarda
"Hozir odamlarning biror narsani bilishga vaqti qolmagan. Hamma narsani tayyorligicha magazindan sotib olishadi. Lekin doʻst sotadigan magazin yoʻq-da, shuning uchun ham odamlar endi doʻst orttirmaydi."

..but there is no shop anywhere where one can buy friendship 💔

@nigohlarda
​​Kichkina shahzoda'dan choy hamrohligida, qalam bilan chizib oʻqigan satrlarimni sizlar bilan baham koʻrmoqchiman)

🪐 "Bu dunyodagi eng og‘ir ish - oʻzingni
tergash. Sud qilib hukm chiqarish o‘zgalarni sud qilishdan ko‘ra ming karra qiyinroq. Agar o‘zingni to‘g‘ri sud qila olsang demak, chindan ham donishmand odam bo‘lib chiqasan."

🥀 "Sizlar chiroylisizlar, ammo dilingiz bo‘m-bo‘sh", - deya davom etdi Kichkina shahzoda. "Sizlarni deb odamning qurbon bo‘lgisi kelmaydi."

🦊 Senga aytmoqchi bo‘lgan sirli gapim: "faqat ko‘ngil ko‘zigina ochiq, eng asosiy narsani ko‘z bilan ko‘ra olmaysan.
"- Eng asosiy narsani ko‘z bilan ko‘rolmaysan", - deb takrorladi Kichkina shahzoda, bu hikmatni eslab qolish uchun.
"- Guling senga shuning uchun ham qadrliki, unga ko‘nglingni bergansan. Eng asosiy narsani ko‘z ilg‘amaydi, u siyratda, botinda pinhon..."

👑 "The grown-ups are very strange!"
"G‘alati xalq-da, bu kattalar", deb qo‘ydi kichkina shahzoda oʻziga, va yoʻlida davom etdi.
Chindan ham, ana shunaqa g‘alati xalq bu kattalar! Ularning har biri bir dunyo, hammasining o‘z sayyorasi, o‘z tashvishi va o‘z dardlari bor. Birovning birov bilan ishi
yo‘q, hamma o‘zi bilan o‘zi ovvora.

@nigohlarda
Чай и книга - это всегда хорошая идея)

@nigohlarda
"Men yorug‘ olamda raqamdan boshqa narsaga qiziqmaydigan kattalarga o‘xshab qolishni sira-sira istamayman."

Oqayapmiz vaqt daryosida,
Ushalsaydi bitta tilagim:
Kattalarning kir dunyosida
Bola boʻlib qolgin, yuragim. 💙

Aslida yaxshi kitoblarning maqtalishga hech ehtiyoji yoʻq. Shunday boʻlsa-da "Kichkina shahzoda"ni bir marotaba boʻlsa ham oʻqib koʻrishingizni juda-juda istagan boʻlardim.

"Bizni birlashtirsa shu kitob birlashtirsin, bizni tanishtirsa shu kitob tanishtirsin. Bizning qalbimizni tushunishmoqchi boʻlishsa shu kitob yoʻriqnoma boʻlsin!"
(KITOBOOKNIGA) 🌵

@nigohlarda
"En amansız düşman insanın kendi öfkesi."

"Eng ashaddiy dushman insonning o‘z g‘azabidir."
Inson qaltis vaziyatda tashqi dushman bilan emas, hamisha oʻz vujudi bilan kurashadi.

@nigohlarda
Нужно уметь закрывать скучную книгу... уходить с плохого фильма... и расставаться с людьми, которые не дорожат тобой.

Zerikarli kitobni yopishni, yomon filmdan ketishni va seni qadrlamaydigan insonlar bilan ajralishni o'rganish kerak.

@nigohlarda
​​Qizning koʻrki - bilimida!
(Qizning koʻrki - nozida.)

Bir qizga yetti qoʻshni - homiy.
(Bir qizga yetti qoʻshni - ota-ona.)

Sepli boʻlmasa ham, oʻqimishli boʻlsin!
(Sepli boʻlmasa ham, epli boʻlsin.)

Oʻqigan qiz oʻrnini topadi!
(Oʻtirgan qiz oʻrnini topadi.)

Kelinni kelganda koʻr, ilmini amalda koʻr!
(Kelinni kelganda koʻr, sepini yoyganda koʻr.)

Qori boʻlmasa, qish xunuk,
Ilmi boʻlmasa - qiz xunuk!
(Nozi boʻlmasa - qiz xunuk.)

Ilmli kelin kirgan uyga nur kirar.
(Kelin kirgan uyga nur kirar.)

Kelin - qaynona maslahatchisi.
(Kelin - qaynona supurgisi.)

Keling zakovatli boʻlsa, berdi xudo,
Kelining molparast boʻlsa, urdi xudo.
(Kelining yaxshi boʻlsa, berdi xudo,
Kelining yomon boʻlsa, urdi xudo.)

Bidʼatlarning urugʻi koʻp.
(Bemaza qovunning urugʻi koʻp.)

Betashvish kasb qayda,
Mehnatsiz bilim qayda.
(Betashvish bosh qayda,
Mehnatsiz osh qayda.)

Hunarim ikki - molim ikki.
(Boshim ikki - molim ikki.)

#qizpower @nigohlarda
"Hayrat ul-abror" asarining sharhiga oid tanlov bilan ham bilimimizni, ham kitobjavonimizni boyitgan Akrom Malikdan minnatdormiz.

Yangi nashr qilingan qaynoqqina kitoblar bilan siylab turuvchi @bookuzbekistan kitoblar doʻkoniga-da tashakkurlarim!

Taʼtil uchun kitoblar tayyor) 🌻

@nigohlarda
Bir kitobni oʻqishadi, yoqtirib qolishadi,
Va sizga ham ilinishadi. Yoqimli a?!)
Hadya qilgan insonning taʼriflashlari boʻyicha "tinchlantiruvchi" ekan haqiqatda)

"Eng baxtli insonlar hamma narsaning eng yaxshisini qoʻlga kiritganlar emas. Balki hamma narsaning lazzatini, qadrini va taʼmini bilganlardir..."
(Kitobdagi barcha iqtiboslarni kanalga yozgim kelayotir 😌)

@nigohlarda
Hayotdagi eng katta festival- namoz. Bir kunda besh mahal "festival" oʻtkazgan inson hech qachon baxtsiz va tushkun boʻlmaydi. Insonni tinchlantirish uchun ishlatiladigan eng goʻzal "Anestezin" dorisi ham namoz.

"Toʻqqiz yuz qavatli inson" 📚
Mustafo Merter


@nigohlarda
Inson iztirob bilan hayotga yangicha istiqbol nigohi bilan qaraydi. Qaygʻular mulohazaga chorlaydi. Iztirob bilan insonning hissiyotlari, tushunish qobiliyati boyiydi. Insonning ruhi qaygʻu bilan ulgʻayadi, yuksaladi. Dardda soxta hayotda topilmaydigan buyuklik bor. Iztirob ortida mudom keng koʻngil boʻladi.

Iztirob chekmaguncha inson ideal qatʼiyat bilan mujodalaga kirmaydi. Chunki rohat insonni hissiz va kuchsiz qiladi. Chunki "toʻkin-sokinlikda fazilatlar sargʻayib soʻladi". Iztirob chekkan kishi maʼzur koʻrishni biladi. Chunki qaygʻu doim asos izlaydi. Inson qalbining tubiga qaygʻu bilan tushadi.

Oʻzi uchun eng qiymatli maʼlumotlarni iztirob yordamida toʻplaydi. Iztirob ruhni harakatga keltiradi. Agar yengilib yiqilmasa, inson iztirob bilan katta kuch toʻplaydi. Inson oʻzini qaygʻu soyasida yengadi. Inson haqiqatni qaygʻu yordamida idrok etadi.

"Iymon anatomiyasi" 📚
Kamol Oʻrol


@nigohlarda
Qaysi jamiyatda, qaysi zamonda, qanday imkoniyatda, qanday oilada, qanday muhitda yashasak-da, paygʻambarlar tarixi bizga "Iymon – eng katta imkon" ekanini anglatadi.

"Iymon va huzun" Said Chamlija

@nigohlarda
​​Kitob insonni, inson dunyoni oʻzgartiradi!

"Iymon va huzun" risolasi haqida fikrlarimni sizlar bilan baham koʻrmoqchiman.

Kitobda asrimiz odamlarini qiynab kelayotgan eng jiddiy masalalar boʻlmish tushkunlik, umidsizlik, beqarorlik, asabiylik haqida mulohazalar bayon qilingan.
"Bir qissa ming hissa" jumlasini eshitganmisiz, ijodkor ana shu jumla asosida qalam tebratgan ekan. Kitobni dam olib, tasdiqlab, biroz mushohada qilib mutolaa qildim, baʼzi yuragimni jiz ettirgan iqtiboslarini sizlarga ulashib turdim. Deyarli barcha boblarini oʻzim uchun belgilab oldim.

Bir marta oʻqiladigan kitoblar boʻladi, qaytib qoʻlga olinmaydi. Ayni hozir shunday kitoblar zamonida yashayapmiz. Ammo "Iymon va huzun" hayot sinovlaridan toliqqanda, umidsizlikka tushilganda, ozginagina muammo yechilmasdek tuyilganida qayta-qayta oʻqiladigan kitob boʻlibdi.

Kitob mavzusi iymonni taftish qilish emas, balki eʼtiqodli musulmon kulfat qarshisida oʻzini qanday tutishi haqida tahlil qilishdir.
Yozuvchi ushbu kitobi orqali oʻquvchiga iymon va umidsizlik yonma-yon boʻlmaydi, iymon bor joyda tushkunlikka oʻrin qolmaydi, degan haqiqatni eslatadi.

Xulosa qilib aytganda, kitobni oʻqib koʻring)
Tushkunlikdagi insonlar iymonsiz emas, albatta. Lekin biz tutgan iymon shoxi bizni hayot tashvishlaridan chiqarolmasa, u shoxni qanday tutganimizni oʻylab koʻrishimiz kerak.

Umidsizlik va tushkunlik "oʻq"laridan iymon qalqoni yordamida himoyalanaylik! ☘
(kitobdan)

@nigohlarda