Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Bir kishi uylandi. Bir necha yillardan soʻng zavjasi ovqat qilayotgan paytda oshxonaga kirdi. Ovqatning mazasini totib koʻrdi. Ovqat shoʻr boʻlgan edi. U gʻazablanmadi, idishlarni sindirmadi, xotinini soʻkmadi, qaynonasini qiziga ovqat qilishni oʻrgatmaganlikda ayblamadi.
Xotinining yelkasiga qoʻlini qoʻyib dedi:
-Bugun menga yangi kelin boʻlgan vaqtingni eslatding. Oʻshanda ovqat qilishni bilmas eding. Ovqatni tuzini koʻp solib yuborar eding.
Xotini soʻradi:
-Bugun ham ovqat shoʻr boʻlibdimi?
Er dedi:
-Ha. Ammo bu menga eng saodatli kunlarimni eslatdi!

U zavjasining koʻnglini oldi. Shu bilan birga oʻz istagiga goʻzal uslub bilan erishdi.
Insonlar tuygʻusi va qalbidan ularga aziyat beradigan narsalarni olib tashlashning savobi, kishilar oʻtadigan yoʻldan ularga aziyat beradigan narsalarni olib tashlashning savobidan kam emas!

Abdulqodir Polvonov sahifasidan olindi) @nigohlarda
"Hayotda ikki ne'mat bor. Inson bu ikki neʼmatga turli nisbatda molik boʻlmogʻi kerak. Koʻproq kitobga, ozroq doʻstga".

Elif Shafaq

@nigohlarda
"Birodarlar bilan uchrashish mahzunliklarni ketkazadi."

–Umar ibn Xattob @nigohlarda ✨
​​"Agar inson hayotning mohiyatini anglaganida unda baxtni roʻyobga chiqaradigan koʻplab sabablarni topgan, dunyo hayotini jannatga aylantirgan, oxirat dunyosiga bormay turib, jannatni koʻrgan boʻlar edi."

Umrida bir martagina boʻlsa ham "Baxt nima oʻzi?" "Men baxtlimanmi?" deya oʻziga savol bermagan inson boʻlmasa kerak.
Men oʻqigan "Baxt ulashing" nomli kitobcha sizga bir umrlik baxtli yashash, hayotining har lahzasidan munosib foydalanib baxtga intilish, atrofidagi yaqin insonlarining har daqiqa mehr-muhabbatini his qilib yashashga oʻrgatadi.

Biror kitobni oʻqib tugatganimdan soʻng, kitob menga yoqib qolsa muallif menga notanish boʻlsa, uning asaridan ilk marta bahramand boʻlgan boʻlsam, ana shu kitob yozuvchisi haqida qiziqib qolaman.
Baxtimga, kitob yakunida yozuvchi haqida qisqacha maʼlumot yozilgan ekan.
Doktor Hasson ibn Shamsiy Jiddadagi Qirol Fahd nomidagi qurolli kuchlar kasalxonasining yurak kasalliklari maslahatchisi, 1951-yilda tavallud topgan, 1975-yilda Halab Tibbiyot fakultetini tamomlagan. Britaniyada yurak kasalliklari boʻyicha mutaxassislik olgan va shu yerda oʻn yildan ortiq ishlagan. Bundan tashqari, Amerika yurak tabiblari akademiyasi aʼzosi, Britaniya yurak kasalliklari akademiyasi aʼzosi, Xalqaro qon tomirlari kasalliklari akademiyasi aʼzosi. Va yana Britaniya oziqlantirish assambleyasi aʼzosi. Xalqaro islom fiqhi akademiyasining mutaxassisi, bir qancha tibbiy jurnallarning maslahatchisi. 2001-2002 yillarda Dunyodagi mashhur shifokorlar rukni, dunyodagi mashhur insonlar rukni ostida "Who is who" ensiklopediyasiga kiritilgan. 50 dan ortiq kitoblar muallifi. Ulardan 3 tasi yurak kasalliklari xususida ingliz tilida yozilgan. Arab telekanallarida bir necha koʻrsatuv va teledasturlar muallifi.

"Baxt ulashing" kitobini oʻqish sizga yuragimiz, qalbimiz orqali hislaydigan baxt tuygʻusini yurak kasalliklari boʻyicha mutaxassis boʻlgan insondan "Baxt" haqida maslahat olish, fikrlari bilan oʻrtoqlashish imkonini beradi.

Atrofimizda turli neʼmatlar ichida hayot kechirsada, baxt aslida yoʻq narsa deya rozilik hissisiz yashovchi va yo aksincha boshiga tushayotgan turli hayot sinovlaridan, qalbining hech toʻlmas kemtiklari ustidan gʻalaba qozonib, shukronalik hissida oʻzini baxtli sanovchi va ana shu his bilan oʻz yaqinlarini ham baxtli qiluvchi insonlar bor.

Epiktet aytadi: kim hayotda baxtsiz boʻlsa, faqat oʻzini malomat qilsin! Chunki uning oʻzi baxtsiz ekaniga sababchidir. Zero, Alloh taolo insonlarni faqat baxtli boʻlish uchun yaratgan. Yomonlik esa oʻz nafsimizdan. Haqiqat shuki, bizning tabiatimiz bizni baxtli yoki baxtsiz qiladi, holatimiz yoki vaziyatimiz emas...

Baxt ulashing... ✨

#bookreview @nigohlarda
Suratlarga birgina nom - "bugunimiz" 💚

Sovgʻa oʻrash yoqib qoldi menga, "wooov buncha chiroyli chiqibdi" deyilgan reaksiyalar undan-da yoqimli ekan)

Yashil avgust!
Kitobli kunlarning birida biz.

@kitob_book @kutubx0nachi_qiz
Yana oʻsha gapim: #biznikitoblarbirlashtiradi📚🎉

@nigohlarda
Kelinglar bir ish qilamiz) Agar sizning oʻz sahifangiz boʻlsa bemalol shu postning izohiga yozib qoldiravering. Uyalmasdan, tortinmasdan bemalol.

Sahifasi yoʻqlar yaxshi koʻrib oʻqiydigan sahifalarini yozib qoldirishlari mumkin.
Kitobli tanlovlarning matnlarimi, online kitob doʻkonlarimi vohakazolar ahamiyati yoʻq))

Reklama masalasi boʻyicha botga yozayotganlar javob berolmasak aybga buyurmang. Javob bermaslikni kibrga yoʻymang deya shunday qilish xayolimga kelib qoldi:)

Balki @nigohlarda kanali obunachilari bilan birgalikda yangi sahifalarni kashf qilarmiz bugun 💚
Iyulni moviy dedik, avgust esa yashil edi.
Eshik oldida kuz)
Soʻzdan afzal sukuti, sokinlik bagʻridagi salobati, mayus-mayus xayollari, sentyabr, oktyabr, noyabr...
Asosiysi, kuzda sarhisob bor!

Yashil avgust seni sogʻinamiz ☘
(rasmlar yashil oyimizdan)

Sentyabr uchun esa quvonchli rang kerak bizga, kim qanday rang taklif beradi?
Bu anʼanamizni instagramda kuzatib boruvchilar yaxshi bilishadi.

@nigohlarda
–Biz pushtunlar (Pokistonliklar) islomni qattiq ushlagan xalqlardanmiz. Ammo toliblar tufayli butun dunyo musulmonlarni qonli terrorchi deb faraz qiladi. Aslida, unaqa emas. Biz tinchliksevar odamlarmiz. Togʻlarimiz, oʻrmonlarimiz, gullarimiz - vodiydagi barcha-barcha narsa goʻzallik va tinchlik havosidan nafas olishini xohlaymiz.

Toliblar bizning kitoblarimizni yoqib yuborishi, maktab binolarini portlatishi mumkin edi, ammo ular bizning miyamizni oʻylashdan toʻxtata olishmasdi.

#kitobdan @nigohlarda
"Kitoblar parashutga oʻxshaydi, ochilmasa foydasi yoʻq!"

Ilmlar kanalidan olindi)

@nigohlarda
​​"Taʼlim bu oʻz nomi bilan taʼlim. Taʼlimni Sharq yoki Gʻarbga qarab ajratish mumkin emas. Ilm kishisi boʻlish islomni tark etish degani emas."

Nega ming-minglab bolalar taʼlim olish huquqidan bebahra qolishlari kerak?

"Men Malalaman" kitobini oʻqish davomida Pokiston va Afgʻoniston haqida hujjatli film tomosha qilganday boʻldim.

Mardlik va qaʼtiyat jins tanlamaydi.
Malala Yusufzoy hozirda 24 yoshli pushtun qizi. Kitob ana shu qizning avtobiografik qissasi. Bolaligidan to hozirgi kungacha yurtidagi ayol-qizlar huquqi, taʼlimi uchun kurashib kelayotgan jasur qiz. Malala koʻp narsani xohlamaydi, uning birgina istagi bor: pushtun millatining qizlari tolibonlar bosimisiz, tinchlikda- omonlikda taʼlim olishlari.

Malaladan ham koʻra, uning otasiga Ziyovuddin Yusufzoyga hurmatim oshdi mutolaa davomida. Menimcha Malalaning ortida otasi boʻlmaganida, har doim uni umidsizlikdan olib chiqib, qoʻllab turmaganida qaysidir bir chetda taslimlikni qabul qilgan boʻlardi u.
Ziyovuddin Yusufzoy faqatgina oʻz farzandiga tirgak boʻlmadi, qoʻlidan kelganicha pushtun bolalari uchun tolibonlar bilan kurashib yashadi. Va Allohning fazli bilan natija ham yomon boʻlmadi.

Kitobning soʻnggi boblarini oʻqir ekanman, bir narsaga qayta-qayta amin boʻldim. Dunyodagi barcha insonga oʻz yoʻlini tanlash imkoniyati beriladi. Kimdir yaxshilik, kimdir esa yomonlik yoʻlini tutadi. Hayotimizda nimalar sodir boʻlgan taqdirda ham hamisha yaxshilik yoʻlidan yurishimiz kerak.

"Tolibonlardek axmoq odamlarni umrim bino boʻlib koʻrmaganman", - deb yozadi Malala. Ularning taʼkidlashicha, ayollarga ayol oʻqituvchilar va ayol shifokorlar xizmat koʻrsatishi kerak. Ammo shu bilan birga ular maktablarni yopib qoʻyib, qizlarning ushbu kasbni egallashga toʻsiq qoʻyishadi.

Modomiki, millat tarbiyasi onalar qoʻlida ekan, ayol-qizlarni taʼlimdan, ilm olishdan toʻsib qoʻyishga hech kimning haqqi yoʻq!

"Men Malalaman" kitobi uchun @bookuzbekistan ga tashakkur 🌻

#bookreview @nigohlarda
Nimaga shunaqa qilib chiqarishmaydi bizda kitoblarni?)

Bunaqa koʻrinishdagi kitobni koʻrib qolib, sotib olmay qanday chiqish mumkin doʻkondan?)

@nigohlarda
Bizda soʻrovnoma)

Kunlik mutolaangiz necha betni tashkil qiladi?

@nigohlarda
"Bir odamdan soʻrashdi:
— Kim bilan doʻstsan?
U odam qoʻli bilan kitoblariga urib shunday dedi:
— Bular bilan.
"Odamlardanchi?", deb soʻrashganda:
"Uning ichidagilar bilan", deb javob berdi".

@nigohlarda