Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Xullas biz darsni sogʻinibmiz.

35° li xona haroratida chidab oʻtirganimizdan sezish qiyinmas hecham)

@nigohlarda
Kuz desa xayolimga kitoblarni chiroyli manzara suratga tushirish kelarkan oʻtgan kuz faslidan buyon.

Bu yil ham chiroyli kadrlar olish nasib qilsin(faqat rasmga olishmas, oʻsha kitoblarni oʻqib-oʻrganish ham)

Rasmlar oʻtgan mavsumdagi eng sevimlilari men uchun 🧡📸

@nigohlarda
Har kuni oʻqing!
Uygʻongandagi aqlingiz bilan uxlamang.

–Mubashshir Ahmad

@nigohlarda
Balki bir kitobning ayni sahifalarida yigʻlagandirmiz..

Bu - xabarimiz boʻlmagan holda taqdirning eng goʻzal hadyasi boʻla oladi.

Eng koʻp bir-birimizga yarashdik)
@Siddiiqa oʻzimday kitobsevarim 💐
​Muslima ayolning asl vazifasi onalikdir. 10 ta universitetni tamomlagan boʻlsa ham, asl vazifasi onalik boʻlib qolaveradi. Shuningdek, asl vazifasi onalik degani, uyga mahkum boʻlib qolishini anglatmaydi.

"Oila axloqi" kitobidan)

@nigohlarda
@bookuzbekistan ' ga rahmat, yangi nashr qilingan kitoblardan yuborishibdi, oʻqiymiz navbatma-navbat hali bularni)

Yangi kitoblar bilan hayot g-goʻzal 🎉

@nigohlarda
Oʻtayotgan kun, otayotgan tong, botayotgan quyosh - umr mazmunining eng goʻzal tasviri. Ularga boqib, hayotni va yashash falsafasini anglaysan kishi.

Aslida, umrning har lahzasi goʻzal. Gul ham, muhabbat ham tirikka kerak. Qizigʻi shundaki, inson dunyodan oʻtgach, shifokor, xodim, muxbir... kim boʻlib yashashidan qatʼiy nazar, narigi dunyoda barchasi bir xil savollarga javob berishi uchun ter toʻkadi:
- Robbing kim?
- Hayotingni qanday oʻtkazding?
- Zakot berdingmi?
- Halol rizq topdingmi?
- Bolalaringga yaxshi tarbiya berdingmi?
- Ilmingga qay darajada amal qilding?

Odatda, "Nima uchun ishlaymiz?" deya berilgan savolga "Nonim butun boʻlishi uchun", deb javob qilishadi. Lekin inson bundan koʻprogʻiga umidvorki,faqat roʻzgʻori but boʻlishi bilan cheklanmayapti.

"Yosh qizning kundaligi" kitobidan)

@nigohlarda
​​Shanba, yakshanba kunlari ja yaxshi kunlarda men uchun. Dam olish kunlari boʻlgani uchunmas. Uzoqda oʻqiydiganlar hali sababini yozmasimdan tushunishgan boʻlishsa kerak. Ota-ona bagʻrida yashash eng, eng halovatlisi🤍

Onam: "Anjonda rosa gazli suvlar ichib yurgandirsan hoynahoy, bizga gazli ichimliklar zarari haqida oʻqib beravermasdan, oʻzing ham amal qilgin, ichmagin deb qoʻyadilar havotir olib, kelishingga uzum - anordan kompot qildik deb tursalar ukam buyoqda multifrut opa deb qoʻyadi".

... bu kunlarni hech nimaga alishmayman!
Rasm shu mehrli shanba kunlarini eslatib turadi.

Yangi kitoblar uchun esa, @bookuz_andijon ga tashakkur)

Qissadan hissa shuki, gazli ichimliklar ichmang, yoki kamaytiring (:

@nigohlarda
​​"Hayotdan butunlay umidini uzgan kamina uchun boradigan birgina joy qolgan edi. Men oʻsha tomon yoʻl oldim. Dunyoning burchagi, kimsasiz orol emasdi bu makon. Oʻsha maʼvo - qalbim edi. Chunki Alloh shu yerdaligini tushunib yetgandim".

Kitob nomi ham, uning muqovasi ham mutolaagacha sizni chalgʻitishi mumkin. Muallif :"Kundaligimdagi qaydlar qalbim tarjimonidir" deya taʼriflaydi kitobini.

Kechinmanavisligim sababli miriqib oʻqibman kitobni. "Kundalik" olam ajoyibotlarga toʻla ekanligini yodimga soldi, undagi baʼzi mulohazalar qachonlardir mening ham koʻnglimdan kechganini, lekin ularga loqaydlik qilganimni eslatdi.

Siz va men oddiy deb hisoblagan narsalarimizda haqiqiy baxt borligini eslatdi.
Oʻzim ham yana kundalik qaydlar yozishim kerakligi haqida oʻylab qoldim... Muallif kaminani ham ruhlantirib yubordi-da)

Kundalikdan olingan umumiy xulosa esa: "Insonning boshidan kechirgani emas, balki uning qanday xulosa chiqargani, bu voqealardan yaxshi-yomonini ajrata olgani muhimroq, inson boshiga tushgan tashvishlardan xulosa chiqarib, hayot mazmunini anglashga intilsa adashmaydi. Boshingizga qanday kun tushsa, albatta, buning yo mukofoti, yo ajri bor. Bu bajargan amallaringizga bogʻliq. Men shuni tushundim."

@nigohlarda
"... shuni unutmaki, ilm va texnologiyada rivojlanish insoniylik, axloq va tamaddunda ham rivojlanish degani emas. Agar shunday boʻlganida dunyoning eng rivojlangan davlatlari sifatida tan olingan joylarda jinoyatchilik va oʻz joniga qasd qilish koʻrsatkichlari aqlga sigʻmaydigan darajada yuqori boʻlmasdi. Bilim va texnologik ustunlikka tayangan tamaddunlar balki jamiyatlarni boy qilgandir, ammo baxtli qilolmadi."

"Izlash" dan
@nigohlarda
Nigohlarda
"... shuni unutmaki, ilm va texnologiyada rivojlanish insoniylik, axloq va tamaddunda ham rivojlanish degani emas. Agar shunday boʻlganida dunyoning eng rivojlangan davlatlari sifatida tan olingan joylarda jinoyatchilik va oʻz joniga qasd qilish koʻrsatkichlari…
"Yoshlik tomiri aqldan koʻra koʻproq hissiyotga quloq soladi. His va havas esa koʻrdir, natijani oldindan koʻrolmaydi."

Bizlar faqatgina aqldan iborat boʻlgan mavjudotlar emasmiz. Baʼzan insonda hissiyotlar shunchalar joʻshib ketadiki, oʻsha hislarni bostira olish uchun xayrli, goʻzal ilmlarga ehtiyoj sezamiz. Agar inson oxiratini oʻylaydigan ilmga ega boʻlmasa, hoyu havaslariga beriladi, aldanadi va notoʻgʻri qarorlar bilan hayotini barbod qilishi mumkin.

#kitobdan @nigohlarda