Sen meni shunchaki yaratganing yoʻq,
Shunchaki yashashni men odat qildim.
Shundanmi hushusiz, huzusiz, quruq,
Shunchaki joʻngina ibodat qildim.
Saodat asbobi Kalomingda jam,
Yoʻlga rahnamo-yu, koʻngilga malham,
Qurʼon oʻqisam-da, har on oʻqisam,
Boʻgʻzimdan oʻtkazmay tilovat qildim.
Rasuling soʻziga qulogʻim tutdim,
Lekin qalb qulogʻin qattiq bekitdim,
Asli kimligimni ancha unutdim,
Shayton daʼvatini ijobat qildim.
Dardlarga darmonim istigʻfor, ammo
Quruq oh-vohlarni boʻlar deb davo,
Xasdek hasratimni etib muammo,
Uchragan har kasga shikoyat qildim.
Riyo libosini kiyib tanimga,
Maqtovlar yogʻdirib oʻzim shaʼnimga,
Zarra amal qilmay oʻrganganimga,
Sayrab oʻzgalarni hidoyat qildim...
Shuncha xato bilan qarab kechamga,
Gunohlar yukidan botgancha gʻamga,
Koʻzlarim chirt yumiq boqib olamga,
Oʻzimni anchayin xijolat qildim!
Sen meni shunchaki yaratganing yoʻq,
Shunchaki yashashni men odat qildim...
Oʻtkirbek Muhammadsobir
@nigohlarda
Shunchaki yashashni men odat qildim.
Shundanmi hushusiz, huzusiz, quruq,
Shunchaki joʻngina ibodat qildim.
Saodat asbobi Kalomingda jam,
Yoʻlga rahnamo-yu, koʻngilga malham,
Qurʼon oʻqisam-da, har on oʻqisam,
Boʻgʻzimdan oʻtkazmay tilovat qildim.
Rasuling soʻziga qulogʻim tutdim,
Lekin qalb qulogʻin qattiq bekitdim,
Asli kimligimni ancha unutdim,
Shayton daʼvatini ijobat qildim.
Dardlarga darmonim istigʻfor, ammo
Quruq oh-vohlarni boʻlar deb davo,
Xasdek hasratimni etib muammo,
Uchragan har kasga shikoyat qildim.
Riyo libosini kiyib tanimga,
Maqtovlar yogʻdirib oʻzim shaʼnimga,
Zarra amal qilmay oʻrganganimga,
Sayrab oʻzgalarni hidoyat qildim...
Shuncha xato bilan qarab kechamga,
Gunohlar yukidan botgancha gʻamga,
Koʻzlarim chirt yumiq boqib olamga,
Oʻzimni anchayin xijolat qildim!
Sen meni shunchaki yaratganing yoʻq,
Shunchaki yashashni men odat qildim...
Oʻtkirbek Muhammadsobir
@nigohlarda
كل الكلمات معرضه لسوء الفهم
حتى الصمت .. قد يساء فهمه احياناً ."
Barcha so'zlar tushunmovchilikka uchraydi.
Hatto sukut.. ba'zida noto'g'ri tushunilishi mumkin.
Mustafo Mahmud

Nigohlarda
Sen meni shunchaki yaratganing yoʻq, Shunchaki yashashni men odat qildim. Shundanmi hushusiz, huzusiz, quruq, Shunchaki joʻngina ibodat qildim. Saodat asbobi Kalomingda jam, Yoʻlga rahnamo-yu, koʻngilga malham, Qurʼon oʻqisam-da, har on oʻqisam, Boʻgʻzimdan…
Agar Oʻtkirbek domla yana bizga darsga kirganlarida shu sheʼrlarini oʻqib berishlarini iltimos qilgan boʻlardim)
Men boshqa yoʻlini topdim: dard bilan oʻynashdim.
"Yurak kattalashib bordi".
"Qoʻrqma" 📖
Maʼruza vaqtida badiiy kitob oʻqish zoʻrda) @nigohlarda

قَالَ الامام ابنُ القَيَّم - رَحِمَهُ اللّٰه :
" ولا يسـيء الظـن بنفسه إلا مـن عرفها ومن أحسن ظنه بنفسه فهو من أجهل الناس بنفسه" .
Ibn Qoyyim rohimahulloh dedilar:
"Oʻzini tanigan odamgina oʻziga nisbatan salbiy fikrda boʻladi. Kim oʻziga nisbatan ijobiy fikrda boʻlsa, demak u oʻzini hali tanimabdi".

Lola hozir Berlinning talabasi, koʻz jarrohi boʻladi.
U menga shirin kulgancha: "Oʻzbeklarni yigʻlamaydigan qilaman", - degan. Men bu niyatiga doim qarshi turganman. Bir men yigʻlay olmasligim yetmaydimi, axir?
#asardan
Asar ijtimoiy tarmoqlarda juda keng reklama qilingani uchun deyarli oʻqib koʻrishga qiziqish boʻlmagan menda.
Hattoki, universitetimizda kitob taqdimoti oʻtkazilganda ham qiziqmagandim. Tasodifiy istak sabab kitob qoʻlimga tushdi va oʻzbek adabiyotidan oʻzim uchun yana bir yorqin asarni kashf qildim.
Asar uslubi, badiiyati, unda koʻtarilgan mavzu yangilik boʻldi kaminaga. Hozirgi kundagi oliy taʼlim talabalari haqiqatan, kitobda berilgan taʼrifga juda mos tushadi(miz). Osmondan olib yozmagan-da axir. Oʻzi ham asardagidek "maqsadsiz", "nursiz", "koʻp uyquli", "qorin gʻamigina bilan yashalgan" talabalik kunlarini boshidan kechirgan, ayni shunday muhitdan boʻgʻilgan. Va asar yaralishiga shu muhit qisman turtki boʻlgan nazarimda.
Kitob men tavsiya qiluvchi asarlar qatoridan joy oldi. Ming marta eshitgandan bir marta oʻqib koʻring menga oʻxshab.
"Otasi, bolasi, xotini uchun emas, sevgi, boylik, mansab yo prezidentlik uchun emas, shu millat uchun oʻqishni istash - naqadar goʻzal, naqadar goʻzal, naqadar goʻzal!"

Siz nima uchun oʻqiyapsiz?
- Men mardikor boʻlmaslik uchun, sal osonroq pul topish uchun, odamday yashash uchun oʻqiyapman, boy boʻlish uchun, kuchli boʻlish, gapim oʻtishi uchun oʻqiyapman. Bir soʻz bilan aytganda oʻzim uchun!
- Men esa adam uchun. U shuni xohladi, boʻlmasa allaqachon bozorda oʻz ishimni gullatib yuborardim. Iqtisodga zigʻircha qiziqmayman. Menga koʻproq koʻcha iqtisodi maʼqul!
- Men katta oylik olish uchun.
- Men esa yaxshiroq erga tegib olish uchun. Oʻqigan qizlarning sovchisi koʻp, bilasanmi? Ular qolib ketmaydi, hatto allaqachon iffat devorini buzishgan boʻlsa ham.
- Menmi, prezident boʻlish uchun. Agar niyatim amalga oshsa, yangi prezidentdan birinchi intervyu olgan odam sen boʻlasan. Qabulimga kirishga harakat qil, joʻra!
- Menmi, harbiy boʻlish uchun. Keyinchalik general boʻlaman va hammani izmimda tutaman.
Yoʻq, hech kim oʻsha yetmishvoylardek javob bermasdi:
"Biz shu millat uchun oʻqiyapmiz va uning uchun oʻlyapmiz!"
Endi savol sizlarga, siz nima uchun oʻqiyapsiz?
#kitobdan @nigohlarda

Molik ibn Dinor: "Odamlar dunyodagi eng goʻzal narsadan bahramand boʻlmay oʻtib ketishyapti!" dedilar.
"Nima u dunyodagi eng goʻzal narsa?" deb soʻrashdi. Molik: "Allohning maʼrifati, yaʼni Allohni tanish", deb javob berdilar.

Biz kim - doim yonida kitob olib yuruvchilar.
Biz kim - bir piyola choydan rohat oluvchilar.
Biz kim - bir yaproqdan hayratga tushuvchilar.
Biz kim - soatlab bir sahifaga tikilib oʻtiruvchilar.
Biz kim - bir sheʼrga yigʻlovchilar.
Biz kim - bir gulga bolalardek sevinib ketuvchilar.
Biz kim - har faslni sevuvchilar...
Istasangiz davom ettirishingiz mumkin)

Otam menga shunday degan edilar:
"Yozsang goʻyo seni butun olam oʻqiyotganday yoz. Oʻqisang goʻyo oʻqiyotgan kitobing faqatgina sen uchun yozilganday oʻqi!".
Mahmud Abdushakur

Qashqadaryo tomonlarda qalbga yaqin bir opam borlar-da, virtual tanishib qolganmiz, bir necha kun oldin sahifalariga kitoblarini behi bilan suratga tushirib joylagan ekanlar. Men koʻrib, "behidan irgʻiting mengayam", deb yozib qoʻygandim. Bugun behi va eng sara kitoblardan joʻnatib yuboriptilar.
His qilyapsizmi #meehrlarini?)
Rabiul avval oyida siyrat kitoblaridan oʻqish kerak deb shu kitoblarni iliniptilar menga, quvonchim cheksiz. Xursandchiligimni sizlar bilan baham koʻray dedim (:
@nigohlarda 💛