Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
​​Siz nima uchun oʻqiyapsiz?

- Men mardikor boʻlmaslik uchun, sal osonroq pul topish uchun, odamday yashash uchun oʻqiyapman, boy boʻlish uchun, kuchli boʻlish, gapim oʻtishi uchun oʻqiyapman. Bir soʻz bilan aytganda oʻzim uchun!

- Men esa adam uchun. U shuni xohladi, boʻlmasa allaqachon bozorda oʻz ishimni gullatib yuborardim. Iqtisodga zigʻircha qiziqmayman. Menga koʻproq koʻcha iqtisodi maʼqul!

- Men katta oylik olish uchun.

- Men esa yaxshiroq erga tegib olish uchun. Oʻqigan qizlarning sovchisi koʻp, bilasanmi? Ular qolib ketmaydi, hatto allaqachon iffat devorini buzishgan boʻlsa ham.

- Menmi, prezident boʻlish uchun. Agar niyatim amalga oshsa, yangi prezidentdan birinchi intervyu olgan odam sen boʻlasan. Qabulimga kirishga harakat qil, joʻra!

- Menmi, harbiy boʻlish uchun. Keyinchalik general boʻlaman va hammani izmimda tutaman.

Yoʻq, hech kim oʻsha yetmishvoylardek javob bermasdi:
"Biz shu millat uchun oʻqiyapmiz va uning uchun oʻlyapmiz!"

Endi savol sizlarga, siz nima uchun oʻqiyapsiz?

#kitobdan @nigohlarda
Molik ibn Dinor: "Odamlar dunyodagi eng goʻzal narsadan bahramand boʻlmay oʻtib ketishyapti!" dedilar.
"Nima u dunyodagi eng goʻzal narsa?" deb soʻrashdi. Molik: "Allohning maʼrifati, yaʼni Allohni tanish", deb javob berdilar.

@nigohlarda
Biz kim - doim yonida kitob olib yuruvchilar.
Biz kim - bir piyola choydan rohat oluvchilar.
Biz kim - bir yaproqdan hayratga tushuvchilar.
Biz kim - soatlab bir sahifaga tikilib oʻtiruvchilar.
Biz kim - bir sheʼrga yigʻlovchilar.
Biz kim - bir gulga bolalardek sevinib ketuvchilar.
Biz kim - har faslni sevuvchilar...

Istasangiz davom ettirishingiz mumkin)

@nigohlarda
Rasmlar darsga erta kelganim munosabati bilan) 📸 🍂
ADU'ni sogʻinganlar uchun.

@nigohlarda
Otam menga shunday degan edilar:
"Yozsang goʻyo seni butun olam oʻqiyotganday yoz. Oʻqisang goʻyo oʻqiyotgan kitobing faqatgina sen uchun yozilganday oʻqi!".

Mahmud Abdushakur
@nigohlarda
Qashqadaryo tomonlarda qalbga yaqin bir opam borlar-da, virtual tanishib qolganmiz, bir necha kun oldin sahifalariga kitoblarini behi bilan suratga tushirib joylagan ekanlar. Men koʻrib, "behidan irgʻiting mengayam", deb yozib qoʻygandim. Bugun behi va eng sara kitoblardan joʻnatib yuboriptilar.
His qilyapsizmi #meehrlarini?)

Rabiul avval oyida siyrat kitoblaridan oʻqish kerak deb shu kitoblarni iliniptilar menga, quvonchim cheksiz. Xursandchiligimni sizlar bilan baham koʻray dedim (:

@nigohlarda 💛
Siyratga oid oʻqigan va oʻqimoqchi boʻlgan kitoblarimni elektron shaklda shu yerdan topishingiz mumkin. 📚
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mezonda goʻzal xulqdan ogʻirroq narsa boʻlmaydi", dedilar. (Muttafaqun alayh)

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "Men goʻzal xulqlarni mukammal qilish uchun yuborilganman" deganlar.
(Imom Ahmad, Imom Bazzor rivoyat qilishgan)

Sa'd ibn Hishom ibn Omir aytadi: Oishaning yoniga borib: "Ey moʻminlarning onasi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari haqida xabar bering", dedim. Oisha onamiz: "U zotning xulqlari Qurʼon edi", deb javob berdilar. (Imom Ahmad rivoyati)

Bismillah deb, yangi kitobni boshlab oldik)
@nigohlarda
Qurtubiy aytadi: "U zotning shaklu shamoyillari va goʻzal xilqatlari bizga toʻlaligicha zohir boʻlmagan. Agar mukammal holatda namoyon boʻlganida, ul zotni koʻrishga aslo toqatimiz yetmas edi".

Allohumma solli a'la sayyidina va habibina Muhammad. 'Ala habibika nabi'ika Mustafa.

Jumaning xayri va barokati sizga boʻlsin!

@nigohlarda
"Alloh nazdida mukarramrogʻingiz – taqvodorrogʻingizdir"
(Hujurot surasi, 13-oyat)

@nigohlarda
Musulmonlar va Qurʼoni karim

Paygʻambar alayhissalom musulmonlarni toʻrt qismga boʻldilar:

Birinchisi – Qurʼon tilovat qiladigan musulmon. U xuddi taʼmi ham, hidi ham shirin mevaga oʻxshaydi.

Ikkinchisi – Qurʼon tilovat qilmaydigan musulmon. U hidi yoʻq, lekin taʼmi shirin xurmoga oʻxshaydi.

Uchinchisi – Qurʼon tilovat qiladigan munofiq. U xuddi hidi shirin, lekin taʼmi achchiq rayhonga oʻxshaydi.

Toʻrtinchi – Qurʼon tilovat qilmaydigan munofiq. U xuddi hidi ham yoʻq, taʼmi ham achchiq xantal degan oʻsimlikka oʻxshaydi.

"Rasulullohning yoshlarga nasihatlari" kitobidan.
@nigohlarda
Kuz kunlarining birida biz) #qaytish

@nigohlarda
"U zavjasiga gʻazablanib dedi:
–Men seni rashk qilaman, deb ming marta aytdim. Seni ziynatlanishning barcha turidan man qilmaganmidim?!
U butunlay begʻuborlik bilan javob berdi:
–Menda hech qanaqa ziynat yoʻq!
U dedi:
–Ammo sen odamlar oldida kitobingni ochding. Bir satr oʻqib tabassum qilib qoʻyar, boshqa satrni oʻqib qoshingni koʻtarib qoʻyar eding. Men oʻzi shu uchun oshiq boʻlgan edim senga. Iltimos, koʻchada kitob oʻqishni bas qil!"

Abdulqodir Polvonov tarjimasi)

@nigohlarda
​​Musulmon yoshlar barcha ishlarda Islom shariatiga, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning koʻrsatmalariga amal qilishga intiladilar, natijada ikki dunyo saodati va azizligini qoʻlga kiritadilar, qalblar xush, fikrlar musaffo boʻladi ana shunda.

Nabaviy nasihatiga amal qilgan har bir odam chinakam inson darajasiga, odamiylik maqomiga erishadi. Haqiqiy najot yoʻli - Rasululloh alayhissalom keltirgan pok dinga va bu dinning zamirida mislsiz hikmatlar yashiringan amrlariga erishishdir. Shunda bu dunyoda yashash va umr kechirishdan asl maqsad nima ekani oydinlashadi.

Haqiqiy baxtli yoshlar Islom fitratini saqlab qola bilgan yoshlar ekani, musulmon yoshlari hamma havas koʻzi bilan qarasa arziydigan goʻzal xulq-atvor sohiblari ekani maʼlum boʻladi. Ular oʻzlarini ummatning eng qadrli boyligi ekanlarini his qilib yashaydilar.

Siyratga oid eng manfaatli kitoblardan boʻlibdi "Rasulullohning yoshlarga nasihatlari" kitobi. Va men sizlarga bemalol tavsiya qila olaman. Shaklan qisqa, mazmunan ulkan asarlardan)

Aytgancha kitobning elektron shakli mavjud emas, "Hilol nashr" doʻkonlaridan topasiz.

@nigohlarda
Sen bilan kim qoldi?
– Alloh.

@nigohlarda