Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
​​🧡 Oʻkinmang! Qoʻrqmang! Gʻazablanmang! Achchiqlanmang!

🧡 Badantarbiya va piyoda yurishni lozim tuting, baxtli boʻlasiz.

🧡 Yomonlikni goʻzal muomala bilan daf qiling.

🧡 Shart siqilsangiz, tashqariga chiqib Al-Boriyning bu borliqda yaratgan goʻzalliklariga boqing.

🧡 Tabassum qiling, chiroyli soʻzlar ayting. Odamlarga qoʻshiling. Shunda ularni zabt etasiz.

🧡 Tiriklikni his qilish, tabiat qoʻyniga chiqish, piyoda yurishga odatlanish, namozlarni vaqtida ado etib Qurʼonni tadabbur va tafakkur ila oʻqish hamda Alloh taoloni koʻp zikr qilish haqiqiy baxtga eltuvchi yoʻllardir.

Doktor Oiz Qarniy janoblari insonni qanday xislatlar saodat sari yetaklasa, ana shularning barini "Nihoyat, saodatni topdim" risolalarida yozib, eslatib oʻtgan ekan. Kitob ruhiy dalda, hayotga boʻlgan ishonchingizni oshirishda yordam beruvchi bir qoʻllanma kabidir. Mutolaa davomida saodatli turmushning sabablari va mohiyatini anglab borasiz. Motivatsiyaaa!

Bagʻrikeng boʻling, kelishing, kechiring!

@nigohlarda
https://t.me/hayattankitaba/1188
ben de özledim, fakat onu hiç görmedim.

#bizningmuiza)) 🐈
Fevral bir juft kunin sochar bahorga...

@nigohlarda 💚
​​Chunki Sen Allohsan... ( Ali Jobir Fiyfiy)

Sevmoq uchun avval tanimoq lozim.
Qanchalik taniymiz?
Qanchalik sevamiz?

"Chunki Sen Allohsan" kitobi Alloh taoloni tanitish, Uning ulugʻligidan ozginasiga ishora qilib yozilgan. Oʻquvchiga Ugina hamma ishga qodir, karami keng va eshituvchi, koʻruvchi Zot ekanligini goʻzal holatda eslatadi.

Allohning ismlaridan, sifatlaridan bexabar ekanmiz, sahroni sarson-sargardon kezib yurgan telba kabidirmiz. Kunlarimiz sahro jaziramasi va qum boʻronlarida iztirobda oʻtaveradi..

Allohni tanib olish, ishoning, iymon keltiring, ibodat qiling, boʻysuning, oʻzingizni butkul Uning Oʻzigagina topshiring! Ana shunda Unga suyukli boʻlib baxt-saodatga erishasiz.

Qalbingiz kompasini Allohga yoʻnaltiring, soʻngra emaklab boʻlsa ham Unga intiling, yetishasiz. Oyatda aytiladi:
"Bas, qaysi tarafga yuzingizni qaratsangiz, oʻsha tomonda Allohning "yuzi" mavjuddir"(Baqara surasi, 115-oyat).

Sizda paydo boʻlgan har bir mushkullik elchidir. U sizga: "Alloh bor. Unga iltijo qil" degan xabarni olib kelgan. Allohni Yaqindan tanishga bor kuchingiz bilan harakat qiling! Seving!

Alloh taolo sizdan faqatgina unga qaytishingizni va unga olib boruvchi yoʻlni tutishingizni istaydi.
Unga rizo ila qayting! Sajda ila qayting! Tavba yordamida qayting! Istigʻfor ila qayting! Sadaqa ila qayting! Qayting!..


#kitobtavsiyasi @nigohlarda
Chunki Sen Allohsan... 💙

#foydaliiqtiboslar @nigohlarda
Xayolni qoʻy, ogʻir xayolni,
Yarashmas bemavrid oʻrtansang.
O, yurak, bilmaysan zavolni,
Bahorga oʻxshashni oʻrgansang.

Nigohlarda bahor turkumidan kadrlar 🌱

@nigohlarda
Barcha javoblar oʻzingda. Sen kitoblarda yozilganidanda koʻproq bilimga egasan. Lekin bularni eslash uchun – kitob oʻqishing, oʻzingni tinglashing va oʻzingga ishonishing kerak.

– Lev Tostoy @nigohlarda
Bizlar zamon har narsadan ajratib qoʻygan ruhlarmiz. Hayot bu ruhlarimizga yetarlicha qattiqqoʻllik qilgan!

Nimalarni yaxshi koʻramiz, nimalarga mansubmiz, shulardan oʻtib olish uchun oʻzimizni yozgan narsalarimiz ortiga yashiramiz!

Nimalarni istaymiz, nimalarga ragʻbatimiz bor, shularni anglatish maqsadida muhabbat haqida, iliq tuygʻular yozamiz!

Ammo bularning bariga qaramay ruhimiz hamon barhayot!

–Abdulqodir Polvonov

@nigohlarda
Ketgum, azoblardan yuragim toldi!

@nigohlarda
Forwarded from Nigohlarda
Inson iztirob bilan hayotga yangicha istiqbol nigohi bilan qaraydi. Qaygʻular mulohazaga chorlaydi. Iztirob bilan insonning hissiyotlari, tushunish qobiliyati boyiydi. Insonning ruhi qaygʻu bilan ulgʻayadi, yuksaladi. Dardda soxta hayotda topilmaydigan buyuklik bor. Iztirob ortida mudom keng koʻngil boʻladi.

Iztirob chekmaguncha inson ideal qatʼiyat bilan mujodalaga kirmaydi. Chunki rohat insonni hissiz va kuchsiz qiladi. Chunki "toʻkin-sokinlikda fazilatlar sargʻayib soʻladi". Iztirob chekkan kishi maʼzur koʻrishni biladi. Chunki qaygʻu doim asos izlaydi. Inson qalbining tubiga qaygʻu bilan tushadi.

Oʻzi uchun eng qiymatli maʼlumotlarni iztirob yordamida toʻplaydi. Iztirob ruhni harakatga keltiradi. Agar yengilib yiqilmasa, inson iztirob bilan katta kuch toʻplaydi. Inson oʻzini qaygʻu soyasida yengadi. Inson haqiqatni qaygʻu yordamida idrok etadi.

"Iymon anatomiyasi" 📚
Kamol Oʻrol


@nigohlarda
Xazinalar uchun @bookuzbekistan ga rahmat) 🧡

@nigohlarda