Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Quyosh chiqishini va botishini oʻz koʻzingiz bilan koʻrayotgan ekansiz baxtlilar qatoridasiz!

#quyoshim @nigohlarda
​​​​Men Omina Shenlikoʻgʻli va boshqa bir qator turk yozuvchilarining tarjima qilinayotgan asarlarini oʻqiyotganimdan uyalmayman, tortinmayman. Va bu ishim uchun oʻzimni ayblamayman. Oʻzimni qaysidir darajaga tushurish niyatim ham yoʻq. Atrofimdagi oʻzim kabilarning tanlovlarini hurmat qilaman. Ularni saviyasiz, yengil-yelpi kitob oʻqiyotganlikda ayblamayman(qaysidir maʼnoda ustidan kulmayman).

Umuman olganda, hech bir oʻqirmanni biror kitob oʻqiyotgani bilan ayblash mening haqiqatlarimga toʻgʻri kelmaydi.
Butun boshli kitobning bir jumlasida oʻz savollarimning javobini topishim mumkin.

Yaqin orada Mirach Chagʻri Oqtosh asarlaridan birini oʻqib qolsam ham mendan ajablanmang. Ehtiyojim borki, oʻqiyman, oʻqimoqni niyat qilaman!

Kitob oʻqiyotganlarga qalban hurmatim cheksiz. Istagan yozuvchingiz bilan mutolaaani davom ettiring. Siz hech qanday prinsiplar asosida kitob oʻqishga majbur emassiz! Men siz bilan! Oʻzingizni va ehtiyojlaringizni hamisha hurmat qiling.
Hurmat bilan mana shu yozganlariga iqror boʻlgan "Soyasevar" ) 🪐

@nigohlarda
Kitob oʻqilmagan kun - yashalmagan kundir!

@nigohlarda
Men oʻtgan yili may oyidan buyon mana shu kitobni qisqa tanaffuslar bilan oʻqib kelaman. Har oʻqiganimda 30-40 sahifadan uyogʻiga oʻta olmayman. Bu kitobning yaxshi yozilmaganidan darak emas. Men bemalol ayta olaman, kitobning atiga 10 beti bir kitobning oʻrnini bosa oladi!

Sizda uzoq vaqtlardan beri oʻqib kelayotgan kitobingiz bormi? U qaysi kitob?

@nigohlarda suhbat)
📍 Samarqand sayqali roʻyi zamin!
11.03.2020 Goʻzal kunlar edi)

@nigohlarda
Eslab- eslab rubrikasi) Ayni bahor kunlari. Buxoro 📍
(Karantin xayolimning bir chekkasida boʻlmagan kunlar)

@nigohlarda
Olam goʻzal, odam pok, oliyjanob,
Deya bizni aldab keldingmi, kitob?!

Behzod Fazliddin)

@nigohlarda
Yomgʻirli kunlarning birida) 🚲
Qolgan izohlar sizlardan ..

@nigohlarda
Oʻqib, uqib, hayotiga tatbiq qilib amal qilguvchilardan qilsin Alloh, amiyn!

Suratda mening yangi xazinalarim 🌻

@nigohlarda