Nigohlarda
1.41K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
​​Islomda poklik, tozalikning oʻrni juda katta ahamiyatga ega. Umuman sarishtalik insonning ruhiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Sir emaski, ozodalikda fayz barokat bor. Biz musulmonlar uchun bular yangilik emas. Shunday boʻlsa-da mana bu kitob mening eʼtiborimni tortdi.

Mari Kondo - tartib-intizom boʻyicha butun dunyoga mashhur yapon maslahatchisi va bestseller "Sarishtalik sehri"ning muallifi. Asar tartib haqidagi tasavvurlaringizni butkul oʻzgartirib yuboradi.

Yaponlarda shunday qarash bor ekan: "Uyni tozalash va hojatxonadagi mukammal tozalik omad keltiradi, agar uyingiz tartibsiz boʻlsa, hojatxonani sayqallashdan natija yoʻq."

"Xonadagi tartibsizlik - boshdagi tartibsizlik", - deydi, Mari.
Chindan xona toza va tartibli boʻlsa, oʻzimizni tinglashimizga imkoniyat ortadi. Yanada muhim muammolar bilan shugʻullanishga yoʻl ochiladi. Uyimizni tartibga keltirish orqali aslida nima bilan mashgʻul boʻlishni istayotganimizni aniqlab olamiz.(Kuni shunchaki uy yumushlari bilan oʻtib ketadigan bekalar uchun ayni haq gap).

Yozuvchi tozalashdagi muvaffaqiyatning sirlaridan biri: hamma joyni chaqqonlik bilan tozalash va keraksiz buyumlardan butunlay xalos boʻlishda deya koʻp-koʻp taʼkidlaydi. Yana sirlari, usullari haqida oʻqib koʻrib oʻrganib olishingiz mumkin.

Kitobni faqat ayol-qizlarga emas, umuman hayotini tartibga keltirmoqchi boʻlgan barchaga maslahat beraman.
Tozalashni Kon Mari uslubi bilan qaytadan oʻrganing, keraksiz buyumlar bilan oʻzingizni jismoniy va ruhiy jihatdan ortiqcha narsalarga koʻmib tashlamang. Soatga titroq nigoh bilan boqishga barham bering.

"Qachondir" soʻzi "hech qachonni" anglatishini unutmang!
Sarishtalik sizni hech qachon tark etmasin! (Sarishtalikni hech qachon tark etmang!)

@nigohlarda
Current reading 🕯️
“Ikigai” dan keyin yaxshi ketyapti. Baxt haqida bir umr oʻrganib-oʻrgatib yashasa kerak odamzot.

Toʻrtinchi bobiga keldim, pul haqida. Odamlari baxtli deb hisoblanuvchi mamlakatlarning asosiy 6 omilidan biri aynan pul ekanligi yozilgan.

@nigohlarda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boshqalar haqida gapirmang. Bu dunyo boshqalarga toʻlib yotibdi.
Favmovie 📽️

@nigohlarda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Gifted hands” oʻzbek tilida)

@nigohlarda
STATUS OF WOMEN IN ISLAM

When a muslim girl is born, She becomes a reason for her father to enter Jannah.
When she grows up and marries a man, She completes half of his religion. When she becomes a mother, paradise lies under
her feet.

Islom tarixiga nazar solinsa, albatta, bu ummatning har bir yetuk, kamolot topgan erkagi ortida qaysidir fidoyi ayol mehnati borligiga shubha qolmaydi. U ona yoki singil, jufti halol yoki qiz farzand qiyofasida namoyon boʻladi.
Oxirgi oʻqiganlarimdan.)

@nigohlarda
Oʻzimga 21 kunlik challenge e’lon qildim. Har kuni 10 ming qadam ochiq havoda piyoda sayr qilmoqchiman. Foydalari haqida allaqachon eshitgandirsiz.)

Qizlar kim xohlasa @nigohlardabot ga yozing. Guruh uchun havola beraman. (Faqat har kuni amal qilish sharti bilan!) Bir- birimizga ilhom berib turamiz ham jamoa boʻlib ishlansa jarayon qiziqarliroq boʻladi. Sogʻlom turmush tarzi uchun.

@nigohlarda
Avgust uchun tanlagan kitoblarim. “Atom odatlar”ni qayta oʻqimoqchiman.

@nigohlarda
Onam singlim pildirab yurishga tushganidan boshlab uy jihozlari olishni kanda qilmasdi. So'raydigan boʻlsak, "Singlingning sepi uchun", - deb javob berardilar. Ehtimol, barcha onalar shundaydir.

Men esa qizning sepida doimo "dunyoning barcha goʻzalliklari bilan bezatilgan qalb" boʻlishini orzu qilaman.

“Ishqparast” 📚

@nigohlarda
“LYKKE” dan notelarim.
Remember, big things
often have small beginnings.

@nigohlarda
Novda suyanganimizda ogʻirligimizni koʻtara olmay sinib ketsa, bunda tabiat qonunlari aybdor emas. Novda bizni koʻtarish uchun yaratilmagan. Biz faqat Allohga suyanish uchun yaralganmiz.

Baqara surasida aytiladiki:
“Kim shaytondan yuz oʻgirib, Allohga iymon keltirsa, u hech ajrab ketmaydigan halqani ushlabdi. Alloh Eshitguvchi va Bilguvchidir.”

Oyatda biz uchun muhim saboq bor: faqat bir dona sinmaydigan tutgich bor, suyanishimiz mumkin boʻlgan yagona dargoh mavjud. Qadr-qimmatimizni belgilaydigan yagona munosabat, eng yuksak baxt va saodat, xotirjamlik izlashimiz mumkin bo'lgan yagona manba - bu Alloh taoloning huzuri.

Yasmin Mujohid.

@nigohlarda