Nigohlarda
1.41K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Yangi kitob. Why we sleep. Foydali joylaridan ulashishim mumkin) 🌚

@nigohlarda
Yoz uchun oxirgi post) 🍨
Stress haqida eng qisqa xulosam: qilishingiz kerak bo’lgan ishlarni bilasiz, yechimdan xabaringiz bor, ammo bajarmaysiz. Bugungi kun odamlarinining stress manbasi mana shu.

@nigohlarda
Dunyo-dunyo kitob oʻqiyman,
Chigallashar tobora umr.

@nigohlarda
“Bugun yakshanbaligi va mening blogim borligi esimga tushib qolganda” , deya nomlanuvchi post. Bilaman mendan boshqa hamma ko’rib bo’ldi bu multfilmni. Hechdan ko’ra kech)

@nigohlarda
Rabiul avval oyidamiz, demakki siyratga oid kitoblarni o’qish maqsadga muvofiq boʻladi.

Oʻzim oʻqiganlarimdan shularni tavsiya qilaman, ayniqsa oxirgi oʻqiganim “Nabaviy tarbiya” juda yoqqan. Shu darajada yoqqanligidan na imloviy xatolariga qaraganman na uslubiy. Yana boshqa siyratga oidlarini ko’z ostimga olib qoʻyganman.

Tarbiyalanishimiz va yumshashimiz uchun muborak siyratni qalb ila oʻqishimiz lozim!

@nigohlarda
“Agar biz dunyoni o'zgartirishni, yoki insoniyatga foydamiz tegishini, yoki hayotda biror maqsadga erishmoqchi bo'lsak, buni yashab turgan xonamizni tozalashdan boshlashimiz zarur. Bu mashg'ulot juda oddiy ko'rinsada, u insonda intizom va qat'iyat shakllanishida katta ahamiyatga ega.

Bu bilan inson tartibga moslashib, o'z atrofini tozalashni o'rganadi. Undan keyin esa miyadagi fikrlarini tartiblashni o'rgana boshlaydi. Ana shu yo'l bilan insonda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur ko'nikmalar rivojlanib boradi.”

Shunga oʻxshash fikrlarni “Sarishtalik sehri”da ham oʻqigandim. Menimcha, yakshanba uchun ajoyib post :)

@nigohlarda
"Ayol o'zining eng yaxshi do'stiga aylanganida, uning hayoti o'zgara boshlaydi."

Happy Monday) 🥐

@nigohlarda
Yarim oy bu yerga nimadir qoralash uchun fursat topilmadi. Oʻtgan vaqt haqida suratlar soʻzlasin. Nihoyat ingliz tilidan daraja olish ham nasib qildi. Instagramdagi faoliyatim tiklanyapti astalik bilan.

Hozir bir maqsadga erishib bo’lgandan keyingi "toʻxtalib qolish" bosqichidaman. Shu mavzuga oid bir maqolada yozilishicha bu normal holat ekan. Boshdan kechirayotganlarim inson psixologiyasiga bo’lgan qiziqishimni oshiryapti.

Yana jismoniy faolligimni oshirish uchun ham harakat qilyapman. Bu meni tez-tez yoʻqlab turuvchi stress uchun qalqonlik qiladi. Suratlarda bizning oppog’oy bilan ham tanishishingiz mumkin.

"Turkiston qayg’usi" boshlab tugata olmayotgan kitoblarim qatorida, dunyoda sodir bo’layotganlar sabab. Yengilroq kitob tanladim, oldingidek oʻzbek tilida faol mutolaamni yo’lga qo’yish uchun. Hozircha shular :)

@nigohlarda
Qishning qahratonidan qo’rqmayotgan siren. Kamera ortida kamina - hayrat nigohlari bilan. 💜

@nigohlarda