Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Men anglagan bir haqiqat shu ediki, insonni inson yaralaganidek hech bir narsa yaralay olmaydi.

#kitobdan
@nigohlarda
Nigohlarda
599-sahifalik sayohat kutmoqda.. "Havas qiling, ibrat oling, oʻxshashga intiling!" (kitobning shiori ekan) 🏞🌳🌿 @nigohlarda
"Moʻmin kishiga berilgan narsalarning eng yaxshisi-chiroyli xulqdir". Rasuli Akram alayhissalom : "Jannatga tushishga sabab boʻladigan narsa nima?" deb soʻradilar va bunga oʻzlari: "Allohdan qoʻrqish va yaxshi xulqli boʻlish", deb javob qaytarganlar.

#kitobdan @nigohlarda
"Yaralarim bor, moychechaklar misoli sochilgan poyintar-soyintar soʻzlar orasidan sirqib chiqqan...

Boʻlmaydi deb gumon qilganlarimizmi bizni umidsizlik ummonida choʻktiradi yoki roʻyobga chiqmasligiga ishonganlarimizmi?.."

#kitobdan @nigohlarda
–Ajabo, faqatgina bu dunyo uchun yaralganmisan, bor vaqtingni uning uchun sarflayapsan(miz)?

#kitobdan @nigohlarda
Agar siz yoshlik ruhini ishlov berilmagan eʼtiborsiz dalaga oʻxshab tashlab qoʻysangiz, u yerda begona oʻtlar va tikanlar oʻsib chiqadi.

Ota-onalar ham farzandlarining yuragi va miyasini ishlatmasdan oʻz holicha qoldirsalar, u yerlarda istalmagan odatlar va xatti-harakatlar paydo boʻladi.

Rasm manbasi
#kitobdan @nigohlarda
–Biz pushtunlar (Pokistonliklar) islomni qattiq ushlagan xalqlardanmiz. Ammo toliblar tufayli butun dunyo musulmonlarni qonli terrorchi deb faraz qiladi. Aslida, unaqa emas. Biz tinchliksevar odamlarmiz. Togʻlarimiz, oʻrmonlarimiz, gullarimiz - vodiydagi barcha-barcha narsa goʻzallik va tinchlik havosidan nafas olishini xohlaymiz.

Toliblar bizning kitoblarimizni yoqib yuborishi, maktab binolarini portlatishi mumkin edi, ammo ular bizning miyamizni oʻylashdan toʻxtata olishmasdi.

#kitobdan @nigohlarda
Nigohlarda
"... shuni unutmaki, ilm va texnologiyada rivojlanish insoniylik, axloq va tamaddunda ham rivojlanish degani emas. Agar shunday boʻlganida dunyoning eng rivojlangan davlatlari sifatida tan olingan joylarda jinoyatchilik va oʻz joniga qasd qilish koʻrsatkichlari…
"Yoshlik tomiri aqldan koʻra koʻproq hissiyotga quloq soladi. His va havas esa koʻrdir, natijani oldindan koʻrolmaydi."

Bizlar faqatgina aqldan iborat boʻlgan mavjudotlar emasmiz. Baʼzan insonda hissiyotlar shunchalar joʻshib ketadiki, oʻsha hislarni bostira olish uchun xayrli, goʻzal ilmlarga ehtiyoj sezamiz. Agar inson oxiratini oʻylaydigan ilmga ega boʻlmasa, hoyu havaslariga beriladi, aldanadi va notoʻgʻri qarorlar bilan hayotini barbod qilishi mumkin.

#kitobdan @nigohlarda
"Qachon biror muammoga duch kelsa, darrov kitoblarga yopishadi, u boshi berk deb oʻylagan koʻchalarda mana shu kitoblar unga yoʻl koʻrsatadi."
#kitobdan

Oʻzingni topgan jumlalar bir umr senga qadrli boʻlib qoladi shunaqa.

@nigohlarda
​​Siz nima uchun oʻqiyapsiz?

- Men mardikor boʻlmaslik uchun, sal osonroq pul topish uchun, odamday yashash uchun oʻqiyapman, boy boʻlish uchun, kuchli boʻlish, gapim oʻtishi uchun oʻqiyapman. Bir soʻz bilan aytganda oʻzim uchun!

- Men esa adam uchun. U shuni xohladi, boʻlmasa allaqachon bozorda oʻz ishimni gullatib yuborardim. Iqtisodga zigʻircha qiziqmayman. Menga koʻproq koʻcha iqtisodi maʼqul!

- Men katta oylik olish uchun.

- Men esa yaxshiroq erga tegib olish uchun. Oʻqigan qizlarning sovchisi koʻp, bilasanmi? Ular qolib ketmaydi, hatto allaqachon iffat devorini buzishgan boʻlsa ham.

- Menmi, prezident boʻlish uchun. Agar niyatim amalga oshsa, yangi prezidentdan birinchi intervyu olgan odam sen boʻlasan. Qabulimga kirishga harakat qil, joʻra!

- Menmi, harbiy boʻlish uchun. Keyinchalik general boʻlaman va hammani izmimda tutaman.

Yoʻq, hech kim oʻsha yetmishvoylardek javob bermasdi:
"Biz shu millat uchun oʻqiyapmiz va uning uchun oʻlyapmiz!"

Endi savol sizlarga, siz nima uchun oʻqiyapsiz?

#kitobdan @nigohlarda
"Inson bolasi his qilgan har bir koʻngilsizlik uni koʻz ochirgani qoʻymaydi, bu esa manfiy quvvat oqimining yoyilishiga sabab boʻladi. Yomonlikning mabdaʼsi mana shu, aslida".

#Kitobdan) @nigohlarda
"Bir kuni qozi uyiga mehmon chaqirdi. Mehmonlar kelgach, uy sohibi Muborakni chaqirib uzum olib kelishini buyurdi. Olib kelgan uzumlari nordon ekan. Unga yana olib kelish buyurildi. Bu hol toʻrt marta takrorlandi.

Toqati toq boʻlgan qozi:
–Nega har safar nordon uzum olib kelasan, taxirligidan ishtaha boʻgʻildiku. Sen qaysi shirin, qaysi nordon ekanini bilmaysanmi? - deya jahl aralash savol berdi.
–Yoʻq, - dedi u muloyimlik bilan. –Siz meni bogʻga qorovullik qilishni va parvarishlashni buyursangiz, yeyish haqida gapirmagansiz, - dedi hijolat boʻlib.
–Yo qudratingdan, bir marta tatib koʻrmadingmi?
–Yoʻq, hojam."

#kitobdan @nigohlarda
Eʼtiqodga qarshilik fidokorlik boʻlmaydi. Uning nomi xiyonatdir!

#kitobdan @nigohlarda
"Allohning moʻjizalarini idrok etish uchun tabiat va hayvonot olami haqidagi dasturlarni koʻr, jonivorlarni ogʻiz-burunlariga eʼtibor ber."

"Balki botgan quyosh qaytib chiqqani kabi insonlik ham bir kuni yana tugʻilar va quyoshdek porlar. Ana oʻshanda dunyo chindan oydinlashadi, yorugʻlashadi."

#kitobdan @nigohlarda
Eng sharafli qalb - Alloh taolo fahm nuri bilan yoritgan, munavvar etgan, Alloh zikri bilan tirik qalbdir.

Ibodatlar ichida qalb oʻylarini isloh qilmoqlikdan koʻra manfaatliroq ibodat yoʻqdir.

#kitobdan @nigohlarda
​​Qancha oʻqish emas, qanday oʻqish muhim. Toʻgʻri yoʻlni topish dunyo kitoblarining barini oʻqib chiqishda, deb oʻylasang, xato qilasan. Qurʼonning qayeriga qarama, Alloh taolo insonni "eshituvchi va koʻruvchi" qilib yaratgani haqida xabar qiladi. Yaʼni "eshitish" "koʻrish"dan oldinga qoʻyiladi. Chunki paygʻambarlar daʼvatini qabul qilishda eng faol aʼzo quloq boʻlgan, koʻz emas.

Ustozim aytgan edilar: "Aql haqni botil, botilni esa haq ekaniga dalil topib bera oladi, agar u buzilsa".

#kitobdan @nigohlarda
Baʼzan bir insonning hayotingda borligi, hatto u sukut saqlasa ham, qiyinchiliklarni yengishingga yordam beradi.

#kitobdan @nigohlarda
Uyini islomiy muhitga aylantirgan va oʻzi oʻsha xonadonda bosh murabbiy boʻlgan ayol jannatga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga kiradi.

@nigohlarda #kitobdan