Kuyov bola nima qilarkan o'zi?
Bilmeman "Ak-ka" degan qanadir sertifkat o'qitarkan.
Tugadi.

😁7
Namanganda rostdan Toshkent shahridan keyin ingliz tili IELTS, SAT o'rganish sohasida menimcha 2-o'rinda tursa kerak davlatimiz miqyosida.
Hozir raqobat Toshkentga yetib olay demoqda bu sohada.
O'sha eng mashhur o'quv markaz rahbarlari bilan Edu-action kompaniyasi podcast uyushtirishgan.
Shu sohaga qiziqsangiz tavsiya qilaman ko'rishga.
https://youtu.be/T2hPTO3xrRU?si=UzodHxoKTziBIgNH
@finance_with_Hikmatulloh

YouTube
Qanday qilib Namangan TOP 3 likda boʻlib kelmoqda? | Edu-Talks
🎙 Edu-Talks’ning ushbu sonida Namangandagi ta’lim tizimi, oʻquv markazlardagi sharoitlar va oʻquvchilarga qanday imkoniyatlar yaratilganligi haqida gaplashdik.
___
01:18 - Kirish
03:14 - Oʻqib olim boʻlasanmi?
03:49 - Ustozga boʻlgan sadoqat
06:41 - Ilmga…
___
01:18 - Kirish
03:14 - Oʻqib olim boʻlasanmi?
03:49 - Ustozga boʻlgan sadoqat
06:41 - Ilmga…
Forwarded from Finance with Hikmatulloh
https://youtu.be/nR8bVwIsbLQ?si=g_7FKvg1PULjXaJH
Qaniydi hammamiz shunaqa qila olsak edi.
Ajoyib parhez haqida.
5-6 marta ko'rishim bu videoni.
@finance_with_Hikmatulloh
Qaniydi hammamiz shunaqa qila olsak edi.
Ajoyib parhez haqida.
5-6 marta ko'rishim bu videoni.
@finance_with_Hikmatulloh
Forwarded from humoyun.com (Humoyun)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Finance with Hikmatulloh
Gumma Xonim nimaning hisobiga muvaffaqiyatga erishdi? Startap deganda faqat yangi ixtiro tushuniladimi?
Keling, oddiy bir biznesdan boshlaymiz.
Gumma yoki perashka yegisi kelmaydigan odam kam bo‘lsa kerak.
Talabalar ham, kattalar ham yaxshi tayyorlangan, mazali va issiq gumma, perashka yeyishni xohlashadi(Ha faqat talabalar emas😁)
Lekin bir muammo bor edi. Ko‘p hollarda bunday mahsulotlarni sotadigan joylar gigiyena talablariga to‘liq javob bermas edi.
Natijada odamning yegisi kelsa ham, tozalik borasidagi xavotir sababli xarid qilishdan tiyilar edi.
"Gumma Xonim" aynan shu muammoni biznes imkoniyatiga aylantirdi.
Odamlarga tanish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotni qulayroq, zamonaviyroq va ishonchliroq formatda taklif qildi.
Natijada biznes rivojlandi, filiallar ko‘paydi, mijozlar uchun tanlov paydo bo‘ldi.
Bu yerda asosiy yangilik gumma ixtiro qilinganida emas.
Balki mavjud mahsulotga bo‘lgan talab va mijozlarning ehtiyojlari o‘rtasidagi muammo topilib, unga yechim berilganida.
Demak, biznesda muvaffaqiyat qozonish uchun dunyoda hech kim qilmagan narsani ixtiro qilish shart emas.
Tushunishingiz uchun shu misolni keltirdim. Aslida post mavzusi "Gumma Xonim" haqida emas.
O‘zbekistondagi startaplar dunyosida ham shunga o‘xshash jarayonni ko‘ryapmiz hozir.
Xalqaro miqyosda allaqachon mavjud bo‘lgan biznes modellarini O‘zbekiston bozoriga olib kirish, ularni mahalliy sharoitga moslashtirish va yangi mijozlarga taqdim etish ham aslida tadbirkorlikning bir ko‘rinishi.
Masalan, Toshkentda kuzatgan bo'lsangiz kerak, "Fandamat" lar ko'payib bormoqda.
Fundamat — plastik butilkalarni qayta ishlash uchun yig‘ishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan uskuna va xizmat tizimiga asoslangan startap.
Foydalanuvchilar plastik butilkalarni maxsus apparatga topshiradi va buning evaziga pul yoki bonus olishlari mumkin. Loyiha ushbu jarayonni raqamlashtirish uchun alohida super-app ham taklif qiladi.
Yoshlar Ventures va Aloqa Ventures pitch tadbirlariga borganimda ham shunday loyihalarga duch kelgandim.
Ulardan birida Germaniyada qariyb o‘n yildan beri mavjud bo‘lgan shunday uskunani (ya'ni Fandamatlarni) O‘zbekiston bozoriga olib kirishgan.
Mahalliy bozorda undan foydalanish uchun alohida super-app ham ishlab chiqishgan.
Loyiha $10 000 investitsiya jalb qilgan.
Karl hech qanaqa yangilik yo'qku.
To‘g‘ri, bu yerda uskunani ixtiro qilishmagan. Lekin uni yangi bozorga olib kirish, mahalliy talabni shakllantirish va foydalanishni osonlashtiradigan raqamli tizim yaratish ham o‘ziga yarasha mehnat, xarajat va tavakkal talab qiladi.
Biroq bu holat muhim savolni keltirib chiqaradi.
Bizning startaplarimizning asosiy kuchi yangi texnologiyalar yaratishdami yoki dunyoda mavjud yechimlarni O‘zbekiston bozoriga olib kirishdami?
Ajoyib-a?

🔥2
Forwarded from Finance with Hikmatulloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adashmasam, islom akademiya sport zali haqida gap bormoqda.
B-115, B-212 xonalarda eng ko'p dars bergan ekanlar.
@finance_with_Hikmatulloh
B-115, B-212 xonalarda eng ko'p dars bergan ekanlar.
@finance_with_Hikmatulloh
❤2
Forwarded from Finance with Hikmatulloh
Skill Set
Yaqinda Shojalil aka bilan suhbatlashganimizda bir gapni aytdilar va shu mavzu haqida ko'p gaplashib qoldik:
“Hikmatulloh, hozirdan o‘zingdagi skill set'ni rivojlantirishga e’tibor berish kerak. Faqat bitta narsani yaxshi bilish bilan cheklanib qolmang.
Masalan, kameraga qarab gapirishni o‘rganishingning o‘zi sizni oddiy o‘qituvchidan top o‘qituvchilar qatoriga olib chiqishi mumkin. Yoki oddiy moliyachidan ancha kuchli mutaxassisga aylantirishi mumkin.”
Shu gaplari ancha o‘ylantirib qo‘ydi.
Rostdan ham, ba'zida biz faqat o‘z sohamizdagi bilimlarni oshirishga harakat qilamiz. Bu albatta zo'r. Yana bitta kitob o‘qish, yana bitta sertifikat olish, yana bitta kursni tugatish va hokazo.
Lekin ko'p hollarda shu bilimlarimizni odamlarga yetkazib berish, fikrimizni tushuntirish, yangi insonlar bilan tanishish kabi ko‘nikmalar ustida unchalik ishlamas ekanmiz.
Masalan, moliyani yaxshi biladigan odamlar ko‘p. Lekin moliyani yaxshi bilish bilan birga uni sodda tushuntira oladigan, kamerada erkin gapiradigan, yaxshi prezentatsiya qiladigan odamlar nisbatan esa juda kam.
O‘ylab qarasam, har bir ko‘nikmada eng zo‘r bo‘lish shart ham emas ekan.
Bir-birini to‘ldiradigan bir nechta ko‘nikmani yaxshi darajaga olib chiqishning o‘zi ham katta ustunlik berishi mumkin.
Endi faqat bu sertifikatdan keyingi qaysini o‘qiyman deb emas, yana qaysi skill'imni rivojlantirsam bo‘ladi deb ham o‘ylash kerak ekan.
Balki hozir sizga navbatdagi sertifikatdan ko‘ra, kameraga qarab bemalol 10 daqiqa gapira olishni o‘rganish ko‘proq foyda berar va daromadingizni 5x oshirar.
Xullas, faqat o‘z sohamizni o‘rganish emas, shu bilimlarimizning qiymatini oshiradigan boshqa ko‘nikmalar ustida ham ishlash kerak.
Shunaqa gaplar omad barchaga!

O'quv markaz sohasida tajribam va qarashlarim...
Oxirgi paytlarda o‘quv markazda ishlash davomida ayrim g‘oyalarim inobatga olinmayotganini sezyapman.
To‘g‘risi, shu sabab o‘zim alohida nimadir qilish haqida ko‘proq o‘ylab qolyapman.
Masalan, men o‘quv markazlar marketingiga biroz boshqacharoq qarayman.
Hozir ta'lim sohasida raqobat juda katta. Hamma reklama qilyapti, lead yig‘yapti, yangi guruhlar ochyapti. Lekin menimcha, bir martalik lead yig‘ishdan ko‘ra, ozgina sabr qilib bo‘lsa ham, sarafan marketingni yo‘lga qo‘yish uzoq muddatda ancha yaxshi natija beradi.
Ayniqsa, ACCA kabi yo‘nalishlarda.
Masalan, men ACCA'dan hammani ham o‘qitavermaslik kerak deb o‘ylayman. Boshida yaxshilab saralash, o‘qish davomida ham talabni yuqori qo‘yish kerak.
Kerak bo‘lsa, imtihonlardan o‘tkazib, tayyor bo‘lmaganlarni qayta tayyorlash kerak. Shunchaki o‘quvchilar sonini ko‘paytirish uchun sifatdan voz kechmaslik kerak.
Chunki oxirida sizga 100 ta shunchaki kursga qatnagan o‘quvchidan ko‘ra, haqiqatan kuchli bilim olgan va yaxshi natija qilgan 5–6 ta o‘quvchi ko‘proq foyda keltirishi mumkin.
O‘sha 5–6 ta odam natija qiladi, atrofidagilarga aytadi. Keyin ularning tanishlari keladi. Ular ham natija qilsa, yana boshqalar qiziqadi. Bu albatta sizga uzoq muddatli lead oqimini keltiradi.
Shu tariqa sekin-sekin odamlarning o‘zi sizni tavsiya qilishni boshlaydi.
Doim Namangandagi Dombit misoli xayolimga kelaveradi.
Yaqin vaqtgacha hatto Instagram sahifasi ham yo‘q edi. Natijalarini ham hadeb ko‘z-ko‘z qilib, hype qilmasdi. Lekin baribir odamlar borib o‘qirdi. Chunki odamlar o'quv markaz haqida bir-biridan eshitardi. Har bir leveldagi imtihonlarga studentlar navbatda turishar edi.
Menimcha, bu juda kuchli marketing.
Albatta, Instagram'da "ACCA o‘qing, $1000 oylik oling" deb video olish osonroq. Lekin o‘quvchining natijasi orqali ishonch qozonish boshqa masala.
Yana bir o‘ylayotgan narsam auditoriya bilan ishlash.
Nega odamlar o‘quv markazning sahifasiga faqat kurslari uchun obuna bo‘lishi kerak?
Masalan, siz ACCA o‘quv markaziga obuna bo‘lsangiz, u yerdan ACCA'dan tashqari finance, audit, management, accounting bo‘yicha ham foydali narsalar o‘rganishingiz mumkin bo‘lsin.
Odam hozir sizning kursingizda o‘qimayotgan bo‘lsa ham, kanalingizni kuzatishdan manfaat ko‘rsin.
Keyin bir kun ACCA o‘qimoqchi bo‘lsa, qaysi o‘quv markazga borishni uzoq o‘ylab o‘tirmaydi.
Shunaqa g‘oyalarim juda ko‘p. Lekin hammasini ham hozir ishlayotgan joyimda amalga oshirishning imkoni bo‘lmayapti.
Balki hammaning ham o‘z qarashlari bordir. Ularni ham tushunaman. Axir o‘quv markazni yuritish, xarajatlarni qoplash, oyliklarni to‘lash ham oson emas.
Lekin baribir o‘ylaymanki, ta'lim biznesida eng katta aktiv bu odamlarning sizga bo‘lgan ishonchi.
Uni esa bir kunda reklama bilan qurib bo‘lmaydi.
Xullas, oxirgi paytlarda o‘zimizning o‘quv markazimizni ochish fikri tobora jiddiylashib boryapti.
Balki endi g‘oyalarni taklif qilishdan ko‘ra, ularni o‘zimiz amalda sinab ko‘rish vaqti kelgandir.
Ko‘ramiz, nasib.

Ustoz-shogird an’anasi yo‘qolib ketyaptimi?
Oxirgi paytlarda yana bir narsa haqida ko‘p o‘ylab qolyapman.
Hozir xususiy universitetlar, o‘quv markazlar shunaqangi ko‘payib ketdiki, ta’lim ham katta bir biznesga aylanib bormoqda.
Albatta, buning yaxshi tomonlari ko‘p. Raqobat bor, tanlov ko‘p, oldingiga qaraganda bilim olish imkoniyatlari ancha kengaydi.
Lekin shu jarayonda bir narsani yo‘qotib qo‘ymayapmizmi deb o‘ylayman.
Bu ustoz-shogird an’anasi.
Oldinlari ustoz deganda faqat darsga kirib, mavzuni tushuntirib, chiqib ketadigan odam tushunilmagan. Ustoz shogirdining keyingi hayoti, qanday inson bo‘lib yetishishi, qayerda ishlashi bilan ham qiziqqan.
Shogird ham ustozini shunchaki dars o‘tib beradigan inson sifatida ko‘rmagan.
Hozir esa ko‘p joylarda munosabatlarimiz oddiy xizmat ko‘rsatish darajasiga tushib qolgandek.
Student kontrakt yoki kurs pulini to‘laydi. Ustoz darsini o‘tadi. Semestr yoki kurs tugaydi. Bo‘ldi.
Keyin bir-birini tanimasa ham ajab emas.
Ba'zida o‘ylab qolaman, biz ta’lim sifatini ham noto‘g‘ri narsalar bilan o‘lchamayapmizmi?
Universitetda nechta talaba bor, o‘quv markazda nechta guruh ochildi, nechta odam sertifikat oldi va hokazo.
Lekin nechta haqiqiy shogird yetishtirdik?
Nechta o‘quvchimiz bizdan ham kuchli mutaxassis bo‘lib chiqdi?
Nechta o‘quvchimiz 5–10 yildan keyin ham ustozidan maslahat so‘rab kela oladi?
Menimcha, bular ham juda muhim savollar.
O‘zim ham dars berishni boshlaganimdan keyin buni yaxshiroq tushunyapman.
Uning keyingi rivojlanishi, ish topishi, yaxshi mutaxassis bo‘lishi bilan ham qiziqishim kerak emasmi?
Yana bir tomoni bor. Hozir o‘quvchilarning o‘zida ham ustozga bo‘lgan munosabat ancha o‘zgargandek.
Ba'zida ustozdan ilm olishdan ko‘ra, tezroq sertifikat olish, diplom olish yoki ishga kirish muhimroq bo‘lib qolayotgandek.
To‘g‘ri, bular ham kerak. Lekin ilm olish faqat shulardan iborat emas-ku.
Oldin bir ustozning yonida yillab yurib, undan nafaqat ilm, balki hayotiy tajriba, odob, kasbga munosabatni ham o‘rganishgan.
Hozir esa 3 oylik kurs tugashi bilan ustoz-shogirdlik ham tugab qolayotgandek.
Balki bu zamon talabidir. Balki men biroz boshqacharoq o‘ylayotgandirman.
Lekin kelajakda o‘zimizning o‘quv markazimizni ochadigan bo‘lsak, aynan shu narsaga alohida e’tibor berishni xohlardim.
O‘quvchi kelib, pulini to‘lab, darsini o‘qib ketadigan joy emas, balki haqiqiy ustoz-shogird muhiti bo‘lgan joy.
Kursni tugatgandan keyin ham aloqalar uzilmaydigan, bitiruvchilar bir-biriga yordam beradigan, ustozlar esa shogirdlarining yutuqlaridan xursand bo‘ladigan muhit.
Chunki menimcha, ta’limning eng katta natijasi nechta odamga dars o‘tganingiz emas, balki nechta odamning hayotida ijobiy o‘zgarish qila olganingizda.
Xullas, shu mavzu oxirgi paytlarda ancha o‘ylantiryapti.
Sizlarda ham shunaqa taassurot bormi yoki men noto‘g‘ri o‘ylayapmanmi?

👍2