Bilmasvoy
1 subscriber
87 photos
4 videos
1 file
2 links
Download Telegram
Ilk lichkadagi suhbat 💗
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shunchaki...🌹 (A.Nazokat)
Qalbdan sevganlarga ayriliq bormi?
Forwarded from Shunchaki...🌹 (A.Nazokat)
Fly
Ludovico Einaudi
Qachondir kimdir bilmasvoy kanalini topib fikr yozmoqchi bo'lsa deya kamentariya yaratdim🌟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️Ubay ibn Ka'b masjidini ilk bor 2024-yil yanvar oyida ko'rish nasib etgandi🌟 O'qishga kirganimni eng katta xayrlardan biri deb bilaman. Shu sabab ko'plab masjidlarni ziyorat qilish baxtiga muyassar bo'ldim🦋 Ba'zilariga kirish imkonim bo'lmaganida ham, hech bo'lmasa hovlisida turishning o'zi qalbimga taskin berardi. Alhamdulillah... 🌷
Aytishadiku, inson kuch va ilhomni o'zi sevgan narsadan oladi, deb. Men esa o'sha huzurni masjidlardan olaman. Masjidga qadam qo'yib, oyoqlarim gilamiga tekkan zahoti qalbimni qandaydir ta'riflab bo'lmaydigan sokinlik qamrab oladi. Bu tuyg'uni so'z bilan tushuntirish qiyin... 😇

Kimdir: "Masjidga bordim", desa, ichimda unga havas uyg'onadi🫶 Chunki masjidga borish ham Allohning alohida bir ne'mati.

Faqat ba'zan bir savol xayolimdan o'tadi... Bizni ayol qilib yaratgan Zotning O'zi. Nega ayollar uchun masjidlarga kirish imkoniyati juda cheklangan? Ko'p masjidlar oldiga borsam: "Ayollarga ruxsat berilmaydi", degan javobni eshitaman. Ruxsat berilgan masjidlarga esa har doim ham borish nasib qilavermaydi... 🌟

Alloh qalbimizni O'zining uylari bilan bog'lab qo'ysin va bizni masjidlarga tez-tez borishni nasib etgan bandalaridan qilsin. Omin. 💕
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Negadir shu kunlarda bilmasvoyga ko'p post tashlagandekman😊

Doim kerakli inson kuzatayotgandek tuyiladi🌟

Aslida bu postlarni hech qanday manfaat siz tashlayapman qo'rqmang
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💗
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eski rasmlarimni o‘chirmayman…
Chunki har birining ortida bir kun, bir kayfiyat, bir inson yoki bir xotira bor🌷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⛰
Aftobusda deraza yonida atrofni tomosha qilib Toshkent ketishning ham o'z gashti bor 💞
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
Bu Havada Gidilmez (Slowed + Reverb)
Efe INC.
Bu qo‘shiqni juda yaxshi ko‘raman-da… 💞
Balki shuning uchun ham uni qalbimga yaqin insonlarning profilida ko‘rib qolsam, beixtiyor quvonib ketaman🌟 Chunki inson yaxshi ko‘rgan qo‘shig‘ini o‘zi qadrlagan insonlarda ham uchratishi - o‘zgacha bir zavq😊
Go‘yo qalblarimizga yaqin bo‘lgan tuyg‘ularni bir xil ohang ifodalayotgandek… ❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Kıraç Zerda (taş duvarlar)
Danyal Elis
"Qalbning aql tushunmaydigan hujjatlari bo'ladi"💕

Mubashshir Ahmad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eski do‘stlarimizning o‘rni bilinadi… Ayniqsa, ularni sog‘ingan paytingda, biror gapni aytging kelganda yoki shunchaki dardingni bo‘lishging kelganda. Avvallari hech ikkilanmay yozadigan, bir og‘iz gap bilan kayfiyatingni ko‘tara oladigan insonlaringga endi yozolmaysan. Chunki vaqt o‘tadi, hayot o‘zgaradi, yo‘llar ayriladi, ammo qalbda qolgan insonlarning o‘rni hech qachon to‘lmaydi.
Ba’zi insonlar hayotimizdan uzoqlashsa-da, xotiralarimizdan ketmaydi. Ular bilan o‘tgan oddiy kunlar, samimiy yozishuvlar, beg‘ubor kulgular, hech qanday sababsiz uzoq so'zlashuvlar onlar — bularning barchasi vaqt o‘tgan sari yanada qadrli bo‘lib boradi🌸
Yaxshi ham, bir paytlar do'st bo‘lganmiz, bir-birimizga yaqin inson, umrga tatigulik xotiralar yig‘ganmiz. Endi o‘sha kunlarga qaytolmasak ham, ularni eslab ko‘nglimizni isitishimiz mumkin. Ba’zan insonning o‘zini emas, u bilan birga bo‘lgan paytlarimizni, o‘sha beg‘ubor kunlardagi o‘zimizni ham sog‘inamiz…💕

🌸 Eski do‘stlarning o‘rni boshqa ekan. Ular bilan bog‘liq xotiralar qalbning bir chetida abadiy yashaydi. Balki endi har kuni gaplashmasmiz, balki hayot bizni turli yo‘llarga boshlagandir, ammo bir paytlar chin dildan yaqin bo‘lgan insonlar hech qachon butunlay begona bo‘lib qolmaydi. Chunki ayrim do‘stliklar vaqt bilan tugamaydi — shunchaki xotiralarga aylanadi.💞
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM