Sog‘liqni saqlash vazirligi
120K subscribers
10.6K photos
4.62K videos
56 files
13.5K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashdi hamda kasb bayrami munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев встретился в резиденции «Куксарой» с работниками сферы здравоохранения и фармацевтики и вручил государственные награды по случаю их профессионального праздника.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mukofot

🟡 🟦🟦🟦

💬 “Sakkiz yil davomida 5 mingga yaqin umurtqa endoskopik jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdim”, — dedi II darajali “Salomatlik” ordeni sohibi, Uchtepa tumanidagi “Jacksoft medical diagnostics services” xususiy klinikasi neyrojarrohi Ahror Yoqubov.


💬 U bunday natijalarga erishishda tibbiyotning xususiy sektorida yaratilgan keng imkoniyatlar muhim o‘rin tutganini ta’kidlab, buning uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥3🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mukofot

🟡 🟦🟦🟦

✔️ Prezidentimiz uchrashuvda tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi o‘zgarishlarda 800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi borligini ta’kidladi.


💬 Bugungi tadbirda ulardan bir guruhiga yuksak davlat mukofotlari tantanali tarzda topshirildi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с медицинскими работниками.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡 🟦🟦🟦

✔️ Davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda inson salomatligini asrash, tibbiyotga ilg‘or ilmiy ishlanmalar va zamonaviy davolash usullarini joriy etish yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgan soha vakillarini rag‘batlantirish maqsadida Ibn Sino nomidagi alohida davlat mukofotini ta‘sis etish tashabbusini ilgari surdi.


🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_bilan_muloqot

O‘zbekiston Qahramoni Rahmon Muhammadiyev poliklinikalarda sharoit yetishmagan, shifokor va hamshiralar bir xonada ishlashga majbur bo‘lgan og‘ir kunlarni yodga oldi:


✔️ “Shifokor bilan hamshira o‘tirsa, bemorga joy yo‘q, bemor o‘tirsa, shifokorga joy yo‘q edi. Shuni ham yaxshi deb yurgan ekanmiz. Bugun esa tumandagi poliklinikalar poytaxtdagi poliklinikalar bilan tengma-teng xizmat ko‘rsatmoqda.


🟢 Tuman va viloyat markazlaridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida minglab yurak operatsiyalari, buyrak transplantatsiyasi, bo‘g‘im almashtirish amaliyotlarini o‘tkazish odatiy holga aylangan”, — dedi u.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_bilan_muloqot

🟡 🟦🟦🟦

✔️ Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda AQSHning Garvard tibbiyot maktabi tadqiqotchisi Nilufar Qahhorova mamlakatimiz tibbiyotida amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi.


🟢 O‘z navbatida, onkologiya va farmatsevtika yo‘nalishlari bo‘yicha qator takliflarni bildirdi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
«Inson uchun eng bebaho boylik – uning salomatligi. Shu bois, inson salomatligini asrashni islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilaganmiz».

—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Самое бесценное богатство человека – его здоровье. Поэтому заботу о здоровье людей мы определили одним из важнейших направлений наших реформ».


🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💚💚💚

“Bugun O‘zbekistonda ishlab, Germaniyadagidan ham yuqori maosh olyapman”, — dedi qator xorijiy nufuzli klinikalarda faoliyat yuritgan onkourolog, ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Oybek Xalmurzayev.


🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡 📌📌📌📌📌

🔵 Tibbiyotdagi kechagi orzular bugun aniq natijalarga aylanmoqda.


✅ Prezidentimiz e’tibori tufayli soha tubdan transformatsiya qilinib, ko‘p yillardan buyon odamlarimizni qiynab kelayotgan o‘tkir muammolarning samarali yechimlari topilyapti.

🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan Tibbiyot xodimlari kuni arafasida tayyorlangan videolavhada shu o‘zgarishlarning kechagi va bugungi manzarasi, erishilgan salmoqli natijalar aks etgan.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
❗️RASMIY BAYONOT

Ma’lumki, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudining ijro hujjatlariga ko‘ra, “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli natijasida jabrlangan oilalarga Majburiy ijro byurosi tomonidan 90 nafar jabrlanuvchi foydasiga jami 82 milliard so‘m kompensatsiya to‘lovi undirilishi belgilangan edi.

Biroq aybdorlarning xatlangan mol-mulkini sotish jarayoni belgilangan muddatdan cho‘zilgani sababli bugungi kunga qadar ushbu mablag‘ning 20 foizi, ya’ni 16,8 milliard so‘m to‘langan, xolos. Kompensatsiyaning qolgan qismi esa bir necha yildan buyon to‘lanmay kelgan.

Shu bois Prezidentimiz tomonidan jabrlangan oilalarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘liq qoplab berish ishlarini tezlashtirish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi.

Shunga asosan davlat budjetidan 65,2 milliard so‘m ajratildi. Shu tariqa bugunga qadar 88 nafar jabrlanuvchiga jami 80 milliard so‘m, shu jumladan, vafot etgan 72 nafar bola oilalariga 72,2 milliard so‘m, davolangan va davolanayotgan 16 nafar bola oilalariga esa 7,8 milliard so‘m to‘landi.

Bank kartalari bilan bog‘liq texnik masalalar hal etilgandan so‘ng 2 nafar bola oila azolariga ham qolgan 2 milliard so‘m to‘liq to‘lab beriladi.

Budjetdan ajratilgan 65,2 milliard so‘m mablag‘ aybdor shaxslarning mol-mulkini sotishdan tushgan va ulardan undirilgan mablag‘ hisobidan respublika budjetiga qaytariladi.

Ayni paytda Sog‘liqni saqlash vazirligi, tegishli davlat tashkilotlari va idoralari mas’ullari respublika tibbiyot markazlari shifokorlari bilan birgalikda jabrlangan oilalarning holidan xabar olib, bolalarga qo‘shimcha zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143🔥72🤩2
Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash sohasiga investitsiya jalb qilish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va yirik tibbiyot obyektlarini barpo etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по привлечению инвестиций в сферу здравоохранения, расширению участия частного сектора и строительству крупных медицинских объектов.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5