Sog‘liqni saqlash vazirligi
118K subscribers
10.6K photos
4.64K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_dastur

🟡 ❗️❗️❗️

❗️BUGUN — BUTUNJAHON INSULTGA QARSHI KURASH KUNI!

✅ Ma’lumki, har yili dunyoda 29-oktabr — Butunjahon insultga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.


🔵 Maqsad — ushbu xavfli kasallikning oldini olish, uning dastlabki belgilarini tanish, xavf va asoratlar haqida aholining xabardorligini oshirishdan iborat.

🏫 O‘zbekistonda bu borada muhim loyiha amalga oshirilmoqda.

⏺Prezidentimizning joriy yil 20-yanvardagi tegishli qarori asosida qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi kurashish Milliy dasturiga muvofiq shu yilning 1-noyabridan yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy etilayotgan “FAST — superqahramonlar” xalqaro ta’lim dasturi aynan shu maqsadga xizmat qiladi.
 
🟢 Loyihaning asosiy maqsadi — o‘quvchilar o‘yin va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali nafaqat insultning dastlabki belgilarini tanib olishni o‘rganadilar, balki bu bilimlarni ota-onalari, bobo va buvilariga ham yetkazadilar. Shu orqali oilalarda insult haqida xabardorlik oshib, uning belgilarini erta aniqlash va o‘z vaqtida tez tibbiy yordam chaqirish ko‘nikmalari shakllanadi.


📹 Ushbu videorolik bolalarga insultning ilk belgilarini tanish va inson hayotini saqlab qolishda vaqtning ahamiyatini bilishga yordam beradi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🤩7🔥4
🔴 🟦🟦🟦

📋Xabaringiz bor, kuni kecha Prezidentimiz tibbiy infratuzilmani rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgan edi.


🖥🖥🖥 Taqdimotdan so‘ng Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzoqov bu yo‘nalishda belgilab berilgan muhim vazifalar hamda istiqboldagi rejalar haqida “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤩1
🔴 🟦🟦🟦

📋Kecha Prezidentimiz sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiya jalb qilish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va yirik tibbiyot obyektlarini barpo etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.


🖥🖥🖥 Sog‘liqni saqlash vazirligining investitsion siyosat departamenti boshlig‘i Botir Xolmurodov hamda vazirlik bosh mutaxassisi Saodat Abduvohidova taqdimotda berilgan topshiriqlar va sohada kutilayotgan yangiliklar xususida “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥3
#Ogohlik

🟡 🟦🟦🟦

❗️Is gazidan ehtiyot bo‘ling!

⛽️ Qo‘lbola va tegishli standartlarga javob bermaydigan isitish jihozlaridan foydalanish — hayot uchun xavfli. Kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanish holatlari ko‘payishi, avvalo, ana shu omil bilan bog‘liq.


🔥 Qolaversa, gaz tarmoqlariga rezina shlang orqali ulanish, dudburon va shamollatish tizimlarini o‘z vaqtida tozalamaslik, xonalarni ochiq olov yordamida isitish ham uglerod oksididan zaharlanish xavfini oshiradi.

💬 — Is gazi nafas yo‘llari orqali organizmga kirib, qondagi gemoglobin bilan birikadi va uning kislorod tashish qobiliyatini pasaytiradi, — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bo‘limi mudiri Ne’mat Ishbayev. — Natijada organizmda kislorod yetishmovchiligi yuzaga keladi.

🩺 Yengil zaharlanishda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, mushaklar bo‘shashishi, quloqlarda shovqin, ko‘ngil aynishi, qusish va uyquchanlik kuzatiladi.

📌 Og‘ir holatlarda esa hushdan ketish, tutqanoq va nafas olishning to‘xtashi ro‘y berishi mumkin. Eng xavflisi, kuchli zaharlanish o‘limga olib kelishi ehtimoli bor. Ayrim hollarda og‘ir asoratlar zaharlanishdan 2–3 hafta o‘tib ham namoyon bo‘lishi mumkin.

🚑 Is gazidan zaharlanganda, avvalo, jabrlanuvchini zudlik bilan toza havoga olib chiqish va tez tibbiy yordam chaqirish zarur.

❗️Bemorning nafas olishini yengillashtirish uchun siqib turgan kiyimlarini bo‘shatish lozim. Agar u hushsiz, ammo nafas olayotgan bo‘lsa, yonbosh holatda yotqizish kerak.

📞 Nafas olmayotgan bo‘lsa, tez tibbiy yordam dispetcheri ko‘rsatmasiga muvofiq yurak-o‘pka reanimatsiyasini boshlash zarur.

🤩 Muhimi, jabrlanuvchining ahvoli yaxshilangandek ko‘rinsa ham, u shifokor ko‘rigidan o‘tishi shart. Chunki is gazidan zaharlanishning ayrim asoratlari kechroq namoyon bo‘lishi mumkin.

‼️Ko‘rinmas xavfning oldini olish uchun isitish pechlari, dudburonlar va shamollatish tizimlari sozligini muntazam tekshirib turish, nosoz isitish jihozlaridan foydalanmaslik talab etiladi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
🔴✅✅✅✅

✅ Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov ”Iso Masix oxir zamon avliyolari cherkovi”ning (mormonlar) 12 apostollar kvorumi a’zosi Geri Evan Stivenson boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi.


🇺🇿🇺🇸Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida hamkorlik munosabatlari yildan yilga rivojlanib bormoqda. Davlatimiz rahbarining bir necha bor Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashriflari va o‘tkazgan oliy darajadagi uchrashuvlari ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalar yanada kengayishiga zamin yaratdi.

🎓 Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi Garvard hamda Boston universitetlari klinikalari va boshqa tibbiyot assotsiatsiyalari bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda.

🔵 Muloqotda yurtimizda kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va samarali davolash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ularning ijrosi, shuningdek, ayollar hamda onalar va bolalar salomatligini asrash, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

‼️Yakunda tomonlar kelgusida mutaxassislar bilan texnik uchrashuvlar tashkil qilish va hamkorlik yuzasidan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib oldilar.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan Anqaraga keldi.
—
Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с рабочим визитом в Анкару.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤩1
#Konferensiya

🔴✅✅✅✅

📌 Poytaxtimizda travmatologiya va ortopediyada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


❓ Xo‘sh, unda qaysi masalalar muhokama etildi?

❓ Sohada qanday yangiliklar bor?

❓ Robot texnologiyalari hududlarda davolash sifatini oshirishga nechog‘liq yordam beryapti?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
————————
📌 В столице прошла международная научно-практическая конференция, посвященная применению современных технологий в травматологии и ортопедии.


❓ Итак, какие вопросы обсуждались в ходе конференции?

❓ Что нового произошло в этой сфере?

❓ Как роботизированные технологии помогают улучшить качество лечения в регионах?

📹 Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4
#Tavsiya

🟡 🟦🟦🟦

❓Chang havoda qanday tavsiyalarga amal qilish kerak?

🌤Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tahliliga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Markaziy Osiyoning bir qator yirik shaharlari, xususan, poytaxtimizda havo sifati indeksi (AQI) 100 dan oshib, ifloslanish darajasi ortgan.


🔵 Bunga oktabr oyi oxirida antisiklon, shamolning susayishi, yog‘ingarchilik yo‘qligi va harorat inversiyasi tufayli transport, sanoat va energetikadan chiqadigan moddalar hamda tabiiy chang havoning quyi qatlamida to‘planib qolgani sabab bo‘lgan.

💬 Mutaxassislar fikricha, Toshkent shahrida atmosfera inversiyasi yana 10 kun saqlanib qolishi mumkin.

❓Xo‘sh, bunday ob-havo sharoitida qanday tibbiy tavsiyalarga amal qilish lozim?

💬 — Havo sifati yomonlashganda ochiq havoda bo‘lish vaqtini imkon qadar qisqartirish lozim, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova. — Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qichishishi bilan kuzatiladigan yo‘tal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boshqa nafas yo‘llarining surunkali kasalliklari bor insonlar tashqariga chiqmasliklari kerak.


🔬 Qolaversa, bunday xastaliklari bor kishilar shifokor maslahati bilan allergiyaga qarshi dori vositalarini qabul qilishlari zarur.

🧹 Xona yoki inshootlarni nam latta bilan tozalab turish, uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini pasaytirishga yordam beradi. Shuningdek, bu vaziyatda nam sochiqlarni osib qo‘yish, konditsioner va havoni tozalash tizimlari ham foyda beradi.

🪟Derazalarni yopiq holda saqlash, ko‘proq suv ichish, dush qabul qilish nafas olishni yengillashtiradi. Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib turishning ham foydasi katta.

🏥 Agar yurtdoshlarimizda tashqi muhitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda va tomoqda qichishish va qizarish, yo‘tal belgilari yuzaga kelsa, oilaviy shifokorga murojaat qilish kerak.

☎️ Eslatib o‘tamiz, yurtimiz aholisi bunday ob-havo sharoitida zarurat sezganda, "103" xizmatiga murojaat qilib, tunu kun sifatli tibbiy yordam olishlari mumkin.

🏥 Bundan tashqari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda tuman va shahar bo‘limlari zarur dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlangan.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3
#No_comment

🔴🟦🟦🟦🟦🟦

📌 Poytaxtimiz “Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligida sun’iy intellekt va fanlararo yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilmoqda.


🌐 Unda yurtimiz va qator xorijiy davlatlardan kelgan jami 700 nafardan ortiq yetakchi olim va mutaxassislar sohadagi so‘nggi tendensiyalar, shu jumladan, yangi davolash va tashxislash usullari, otorinolaringologiyaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish masalalari, shuningdek, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda.

🔬 Anjuman doirasida mahorat darslari va ko‘rgazma o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
 
🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2