Sog‘liqni saqlash vazirligi
117K subscribers
10.6K photos
4.67K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
🔴 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

❗️SSV: O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyadagi tibbiyot muassasalariga ishga taklif etilmoqda

🇺🇿🇮🇹 Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Gvido de Sanktis bilan uchrashdi.


💬 Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani, xususan, tibbiy ta’lim, kadrlar tayyorlash, klinik amaliyot, ilmiy hamkorlik va farmatsevtika yo‘nalishlarida qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
 
📌 Ayniqsa, Andijon davlat tibbiyot instituti bilan L’Akvila universiteti o‘rtasidagi hamkorlik, Paviya, Piza va Perudja shaharlaridagi akademik markazlar bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar yuqori baholandi. Shuningdek, Lombardiya mintaqasi hamda Perudja universiteti bilan tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar e’tirof etildi.
 
🔎 Uchrashuvda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zbekistonlik shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining Italiyadagi yetakchi klinika va universitetlarda stajirovkasini kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


👩🏻‍⚕️ O‘z navbatida, elchi janoblari o‘zbekistonlik hamshiralarni Italiyadagi tibbiyot muassasalariga ishga jalb etish yuzasidan takliflarini bildirdi.
 
➡️ Qolaversa, farmatsevtika sohasida texnologiyalar transferi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va farmakonazorat bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

‼️Muloqotda, shuningdek, Italiya kompaniyalarining yurtimizda tibbiyot infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sohani raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalardagi ishtirokini ta'minlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4
🔴 No_comment

📍 Toshkentda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon diabet jamg‘armasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda diabet kasalligini davolash sifatini yaxshilash va asoratlarning oldini olish” loyihasi doirasida Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi.


🏥 Loyihaning birinchi bosqichi 2022–2024-yillarda Sirdaryo viloyatida pilot tarzida amalga oshirilgan. Endi tajriba Toshkent shahrining Bektemir, Uchtepa, Chilonzor va Mirobod tumanlari, shuningdek, Guliston va Nukus shaharlarida ham tatbiq etiladi.

🔬 Loyiha doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida diabetni aniqlash va davolashni yaxshilash, tibbiyot xodimlarini o‘qitish, asoratlarning oldini olish hamda bemorlarga o‘z salomatligini nazorat qilish bo‘yicha ta’lim berish ko‘zda tutilgan.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shaxmat olimpiadasi chempionlari hamda murabbiysiga Volkswagen Teramont Pro avtomobili, Parashaxmat olimpiadasi bronza medallarini qo’lga kiritgan shaxmatchilarimiz hamda ularning murabbiysiga esa Volkswagen Passat Pro avtomobillari topshiriladi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48🔥6🤩5
#Vohidov_oqishlari
🟡 🟦🟦🟦🟦🟦

✅ Ko‘hna Xiva shahri an’anaviy “Vohidov o‘qishlari” ilmiy-amaliy konferensiyasiga mezbonlik qildi.

 

🌐 Bu yil o‘ttizinchi bor o‘tkazilgan anjumanda yurtimizdan tashqari, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston kabi davlatlardan yetakchi jarrohlar, olimlar va nufuzli ekspertlar ishtirok etdi.
 
🔬Tadbir ilg‘or innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish va sohaning kelgusi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishda muhim platforma bo‘ldi.
 
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda batafsil so‘z boradi.
————
#Вахидовские_чтения

✅ В Хиве состоялась 30-я научно-практическая конференция «Вахидовские чтения».


🌐 В ней приняли участие ведущие хирурги, ученые и авторитетные эксперты из Узбекистана, России, Китая, Германии, Южной Кореи и Казахстана.

🔬 Конференция стала важной площадкой для обсуждения новых подходов в хирургии, обмена опытом и определения приоритетных направлений развития отрасли.

📹 Подробнее — в видеосюжете Пресс-службы Министерства здравоохранения.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟡 Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yurtimizdagi vakolatxonasi va “Chegarasiz shifokorlar” tashkiloti bilan hamkorlikda “OIV infeksiyasi va tuberkulyozga qarshi yangi tavsiyalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.


👨‍⚕️ Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi vakillari ham ishtirok etdi.

🗣Matbuot anjumani poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada OIV va silga qarshi kurash choralarini kuchaytirish bo‘yicha mintaqaviy yig‘ilish doirasida tashkil qilindi. Unda 10 dan ortiq mamlakatdan qariyb 90 nafar soha mutaxassisi ishtirok etib, ikki kun davomida sil va OIV xizmatlari integratsiyasini yaxshilash, JSST tomonidan tavsiya etilgan yangi vosita va yondashuvlarni joriy etishni jadallashtirish hamda mintaqaviy muvofiqlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha amaliy yechimlarni muhokama qilishdi.

🖥 Jurnalistlarga mintaqada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekistonda tuberkulyozning oldini olish, erta aniqlash va davolash bo‘yicha erishilgan yutuqlar hamda mamlakatimiz tajribasining JSST tomonidan xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilinayotgani alohida e’tirof etildi.

📍 Tadbirda OIV va tuberkulyozning oldini olish va ularga qarshi kurashish samaradorligini oshirish uchun mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish, samarali yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda milliy dasturlarni takomillashtirish muhim ekani ta’kidlandi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalik_qasamyodi

🔴 🟦🟦🟦

✅ Joriy o‘quv yilida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabаlari safiga 5 mingga yaqin yigit-qizlar kelib qo‘shildi. Ular poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tgan anjumanda talabalik qasamyodini qabul qildi.

 
❓Xo‘sh, bu yoshlar o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ygan?

❓Universitetda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar qay darajada?
 
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
 
🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2
Prezidentimiz tomonidan ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklif qilindi...

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4
Prezidentimiz oliygohlarda dual ta’limni yangicha yondashuv asosida yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Kelasi yildan “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tizimi 75 ta oliy ta’lim muassasasida, 2028-yildan barcha oliygohlarda amal qiladi...

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiy_korik
🟡 ❤️❤️❤️

✅ Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Butunjahon yurak kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.


🩺 Aksiya doirasida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan aholi vakillari yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha malakali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda batafsil so‘z boradi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥7🤩1
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik
—
Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

❗️100 dan ortiq mamlakat vakillari Samarqandda bolalar kelajagini muhokama qiladi

🗓 21–22-oktabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan Butunjahon sammitida 100 dan ortiq mamlakatdan siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, bolalar va o‘smirlar ishtirok etadi.

📍Sammitning rasmiy ochilish marosimi va panel sessiyalaridan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekistondagi ijtimoiy soha obyektlariga ham tashrif buyuradilar.

Panel sessiyalarida bolalar farovonligi bilan bog‘liq eng muhim masalalar muhokama qilinadi:
➡️ bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish;
➡️ bolalarni himoya qilish va ularga zarur xizmatlarni ko‘rsatish;
➡️ bolalar salomatligi va sog‘liqni saqlash;
➡️ bolalar onkologiyasi;
➡️ erta bolalik rivoji;
➡️ inklyuziv ta’lim.


📌 Sammit doirasida II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi.

🔎 Turli mamlakatlarning tajribasi va yondashuvlari bir maydonda jamlanib, bolalar uchun yanada samarali tizim va yechimlarni shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.

🏵 Butunjahon sammiti uchun volontyorlar qabuli ham o‘tkaziladi.

‼️ Samarqand ikki kun davomida bolalar farovonligi bo‘yicha xalqaro muloqot markaziga aylanadi.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦🟦
❓Ustoz kim? U qanday ta’rifga loyiq? Nega ularning mehnati ulug‘?

💬 Bir guruh tibbiyot xodimlari bugungi qutlug‘ bayram munosabati bilan ustozlarning zahmatli mehnatiga o‘ziga xos ta’rif berdi.

💻SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolik — ko‘z nuri va qalb qo‘rini shogirdlari kamoliga baxshida etib kelayotgan barcha mehridaryo o‘qituvchi va murabbiylarga ayyom tuhfasi.

💐Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥6
🔴 🟦🟦🟦

❗️ SSV: Yurtimizda ko‘krak bezi saratoni profilaktikasiga bag‘ishlangan oylik boshlandi

📈 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 2,4 millionga yaqin ayolga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilmoqda. O‘sish sur’ati saqlanib qolsa, 2050-yilga borib, bu ko‘rsatkich 38 foizga, o‘lim darajasi esa 68 foizga oshishi mumkin. 


🌐 1993-yildan buyon butun dunyoda o‘tkazib kelinayotgan “Pushti oktabr” oyligi ko‘krak bezi saratoni, uning profilaktikasi va kasallikni erta aniqlash imkoniyati haqida aholi xabardorligini oshirish hamda undan davolanayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

✅ O‘zbekistonda ham ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasallik hisoblanadi. Shu bois so‘nggi yillarda mamlakatimizda ushbu xastalikni erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim choralar ko‘rilmoqda.

🔬 Xususan, Prezidentimizning tegishli qarori bilan 2025–2030-yillarda Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturi tasdiqlangan. Hujjatda ayollarni profilaktik tibbiy ko‘rik bilan qamrab olish, mammografiya tekshiruvlarini rivojlantirish hamda skrining natijasida aniqlangan onkologik kasalliklarni tashxislash va davolash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

👩 Bundan tashqari, yurtimizda har yili 1,5 million nafarga yaqin 45-65 yoshdagi ayollarni mammografik tekshiruvlar bilan qamrab olish choralari ko‘rilyapti. Shuningdek, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida onkonazorat xonalari tashkil etildi. Mobil va statsionar mammograflar ishi 2 smenada yo‘lga qo‘yildi.  

🏥 Bu yilgi “Pushti oktabr” aksiyasi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

🏃‍♂️ Jumladan, keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni, bemorlar va ularning yaqinlari uchun ommaviy yoga mashg‘ulotlari, malakali mutaxassislar ishtirokida bepul konsultatsiya va tekshiruvlar o‘tkaziladi.

📍 Shuningdek, Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda respublikamizning boshqa hududlarida tibbiyot xodimlari uchun ko‘krak bezi saratoni profilaktikasi, bemorlar bilan muloqot qilish qoidalari va ularni zarur tekshiruvlarga yo‘naltirish yuzasidan mahorat darslari tashkil etiladi.

📌 14-oktabr kuni esa soha mutaxassislari, hamkor tashkilotlar vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tadi.

📱 Sana munosabati bilan soglomoktabr.cancercenter.uz sayti ishga tushirilib, u orqali yurtdoshlarimiz o‘zbek, rus va ingliz tillarida kasallik belgilari, diagnostika imkoniyatlari haqida ma’lumot va zarur tavsiyalar olishi hamda shifokor qabuliga yozilishi mumkin.

❣️Aksiyada faol ishtirok eting!

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4