Sog‘liqni saqlash vazirligi
117K subscribers
10.6K photos
4.65K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkaziladi

Erta tashxis, zamonaviy davolash va xalqaro hamkorlik — bolalar hayotini asrash yo‘lida muhim ustuvorliklar.

21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiyalar” jahon sammiti doirasida Bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress tashkil etiladi.

Mazkur ilmiy-amaliy muloqot bolalar saratoniga qarshi kurashishda ilg‘or tibbiy tajribalarni birlashtirish, diagnostika va davolash imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Kongressning ustuvor yo‘nalishlari — kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, zamonaviy diagnostika, dori ta’minoti, pretsizion terapiya, o‘zak hujayralar transplantatsiyasi va hujayra texnologiyalari.

Shuningdek, reabilitatsiya, palliativ yordam, infeksiya nazorati va bolalarni uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama etiladi.

Asosiy e’tibor — tashxis qo‘yishdan davolash va keyingi kuzatuvgacha bo‘lgan jarayonda bolaning salomatligi, hayot sifati hamda oilasini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

Kongress xalqaro mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajriba almashish, ilmiy yondashuvlarni amaliyot bilan bog‘lash va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon bo‘ladi.

Har bir bola sifatli tibbiy yordam, g‘amxo‘rlik va munosib kelajak imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🦠 Gripp — “oyoqda o‘tkaziladigan” kasallik emas!


🔬Uni oddiy shamollash deb o‘ylab, o‘zboshimchalik bilan davolanish noto‘g‘ri. Chunki bu xastalikning o‘zidan ko‘ra, asoratlari xavfli.

📹 Ushbu videolavhada Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokor-pulmonologi Otabek Abdullayev gripp bilan kasallanganda uy sharoitida yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato va ulardan saqlanish yo‘llari haqida ma’lumot beradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥6🤩2
🔴 Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qizamiq kasalligiga gumon qilingan 290 ta holat qayd etilgani, shuningdek, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 10 ming nafardan ziyod shaxs ro‘yxatga olingani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.


Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Avvalo shuni aytish kerakki, ayni paytda nafaqat poytaxt, balki butun mamlakatimizda qizamiq kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror. Xavotirlanishga hech qanday asos yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan raqamlar esa 2026-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida qayd etilgan jamlanma ko‘rsatkichdir. Shu bois mazkur raqamlarni qisqa vaqt ichida aniqlangan yoki ayni kundagi holat sifatida talqin qilish to‘g‘ri emas.

Eʼtiborlisi, qizamiq bilan kasallanish ko‘rsatkichi 2025-yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaygan.


Shunday ekan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘raydi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida Toshkent shahrida rejali emlash doirasida 47 ming 494 nafar 1 yoshli va 42 ming 767 nafar 6 yoshli bola KPK (qizamiq, epidparotit, qizilcha) vaksinasi bilan emlandi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🟡 🟦🟦
 
🌐 Xabar berganimizdek, 21–22-oktabr kunlari ko‘hna va navqiron Samarqand shahri “Bolalar farovonligiga investitsiya” jahon sammitiga mezbonlik qiladi.
 
✔️ Ushbu nufuzli anjuman arafasida UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Begbeder Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filialiga tashrif buyurdi.
 
🔵 Mehmonga Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov hamrohlik qilmoqda.

🏥 Ma‘lumot uchun, 412 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasa homilador, tug‘uruq jarayonidagi va tuqqan ayollar, shuningdek, yangi dunyoga kelgan chaqaloqlarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatadi. Filialda, ayniqsa, muddatidan oldin tug‘ilgan va intensiv terapiyaga muhtoj chaqaloqlarni parvarishlashga alohida e’tibor qaratiladi.
 
👍Tashrif davomida Eduard Begbeder bu yerda yaratilgan sharoitlar va tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. O‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish, zamonaviy perinatal va neonatal yordamni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.
 
‼️Uchrashuvda UNICEF bilan hamkorlikdagi loyihalar, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish hamda chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan yordam sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha erishilgan natijalar xususida ma’lumot berildi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5🤩2
🔴🟦🟦🟦

📍 Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda. Ertaga bu yerda “Bolalar farovonligiga investitsiya” jahon sammiti boshlanadi.

🌐 Unda 100 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan davlat vakillari, vazirlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.

📌 Sammit doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkazilishi belgilangan.

📹 SSV Matbuot xizmati Samarqanddan turib ushbu xalqaro tadbir tafsilotlarini keng yoritib boradi.

📹 Yuqoridagi vedeolavhada mazkur kongressning ahamiyati, maqsadi va undan kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritiladi.
—————-
📍 Завтра в Самарканде начнет работу Всемирный саммит «Инвестиции в благополучие детей: на пути к устойчивому и справедливому развитию для будущих поколений».

🌐 Ожидается, что в мероприятии примут участие представители государственных органов, министры, руководители авторитетных международных организаций, эксперты и ведущие специалисты из более чем 100 стран мира.

📌 Одним из значимых событий в рамках саммита станет II Международный конгресс по детской онкологии.

📹 Пресс-служба Минздрава будет подробно освещать данное мероприятие непосредственно из Самарканда.

📹 В данном видеосюжете рассказывается о значении и целях предстоящего конгресса.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

🖥 Prezidentimizning 2026-yil 24-iyundagi tegishli qarori bilan palliativ xizmatlar mamlakat bo‘ylab kengaytirilmoqda.


📎 Joriy yilning oktabr oyidan Toshkent shahri va Samarqand viloyatida bemorlarning uyiga borib yordam ko‘rsatuvchi mobil brigadalar ish boshladi.

📎 Ularning faoliyati 2027–2028-yillarda boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

📎 Xospislarda “Oilani qo‘llab-quvvatlash xizmati” tashkil etilib, bemorning yaqinlariga ruhiy va ijtimoiy ko‘mak beriladi, uyda parvarish qilish qoidalari amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatiladi.

📎 Yangi tizim uchun mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta o‘qitish ishlari boshlangan.

📎 Bemorlarni ro‘yxatga olish, kerakli yordamga yo‘naltirish va xizmatlarni kuzatib borish uchun E-Palliative elektron tizimi joriy etilmoqda.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🔴 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🟡 "Bolalar farovonligiga investitsiya" Jahon sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Begbeder Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filialida bo‘ldi.


❓ Xo‘sh, mehmon yurtimizda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni qanday baholadi?

❓ O‘zaro muloqotda qaysi masalalar muhokama qilindi?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍7
Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.

—
Сегодня Первая леди Республики Узбекистан, председатель Попечительского совета международного общественного фонда «Zamin» Зироат Мирзиёева примет участие и выступит с речью на Всемирном саммите «Инвестиции в благополучие детей: путь к устойчивому и справедливому развитию будущих поколений» в Самарканде.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍4
🔴 ❤️❤️❤️

🩺 Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari Andijon va Farg‘ona viloyatlarida aholi bilan uchrashib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

🏃‍♂️ Shifokorlar mahalliy hamkasblari bilan tajriba almashib, tayanch-harakat tizimi kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi. Ayrim bemorlarga esa yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarildi.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda batafsil so‘z yuritiladi.
 
————

🩺 Специалисты Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра травматологии и ортопедии встретились с жителями Андижанской и Ферганской областей и провели медицинские осмотры.

🏃‍♂️ Врачи обменялись опытом с местными коллегами и дали важные рекомендации по раннему выявлению и профилактике заболеваний опорно-двигательного аппарата. Некоторым пациентам провели высокотехнологичные хирургические операции.

📹 Подробнее об этом — в нашем видеосюжете.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🤩1
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti ishtirokchilariga tabrik

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🔴🟦🟦
Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti doirasida o‘tkazilayotgan II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi oldidan ishtirokchilar jam bo‘lmoqda.


🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🔴🟦🟦
II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi boshlanish arafasida.

 
Ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etish uchun 100 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrif buyurgan.
 
Ular orasida siyosiy yetakchilar, qator davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari, JSST, AQShning Sent-Jud Global xalqaro dasturi, Dana-Farber saraton instituti, Vena tibbiyot universiteti va boshqa qator xalqaro tashkilotlar vakillari bor.
 
Shuningdek, O‘zbekiston, AQSh, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Hindiston, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston kabi davlatlar ekspertlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishi kutilmoqda.
 
Kongressda bolalar onkologiyasi tizimini rivojlantirish, zamonaviy davolash usullaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va bemorlarning sog‘aygandan keyin to‘laqonli hayot kechirishi uchun sharoit yaratish masalalari muhokama qilinadi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🔴🟦🟦
📍 Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi boshlandi.

 
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Tamila Aliyeva kirish so‘zi bilan ochdi.
 
Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan yurtimizda bolalar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan 2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilindi. 2026–2035-yillarga mo‘ljallangan Milliy reja ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Onkologik kasalliklarga chalingan bemor bolalarni zarur dori vositalari bilan qamrab olish darajasi 88 foizga yetdi.

Qolaversa, O‘zbekiston JSSTning Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha global tashabbusida faol ishtirok etmoqda.

Bolalar saratoniga qarshi kurash chegara bilmaydi. Bugungi kongress mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, eng yaxshi tajribalarni o‘rganish hamda bolalarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan to‘liq qamrab olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. 
 
🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥9🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🔴🟦🟦
💬 Xalqaro kongressda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov so‘zga chiqdi.


— Prezidentimiz boshchiligida bolalar saratoni bo‘yicha erta diagnostika imkoniyatlari kengayib, bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash tizimi takomillashtirilmoqda, — dedi vazir.

Ta’kidlanganidek, davlat hisobidan bepul taqdim etiladigan o‘smaga qarshi preparatlar ro‘yxati ikki barobardan ziyod kengaytirildi.

Vazir o‘z nutqida xalqaro aloqalarning ahamiyatiga ham to‘xtalib, mazkur kongress o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashda muhim platforma bo‘lishini qayd etdi.

— Maqsadimiz —  har bir bola, qaysi mamlakatda tug‘ilgani va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, zamonaviy tibbiy xizmatdan birdek foydalanishini ta’minlashdir, — dedi Eldor Adilov.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥5🤩2