Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🔴 🟦 🟦
Ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etish uchun 100 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrif buyurgan.
Ular orasida siyosiy yetakchilar, qator davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari, JSST, AQShning Sent-Jud Global xalqaro dasturi, Dana-Farber saraton instituti, Vena tibbiyot universiteti va boshqa qator xalqaro tashkilotlar vakillari bor.
Shuningdek, O‘zbekiston, AQSh, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Hindiston, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston kabi davlatlar ekspertlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishi kutilmoqda.
Kongressda bolalar onkologiyasi tizimini rivojlantirish, zamonaviy davolash usullaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va bemorlarning sog‘aygandan keyin to‘laqonli hayot kechirishi uchun sharoit yaratish masalalari muhokama qilinadi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi boshlanish arafasida.

🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🔴 🟦 🟦
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Tamila Aliyeva kirish so‘zi bilan ochdi.
Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan yurtimizda bolalar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan 2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilindi. 2026–2035-yillarga mo‘ljallangan Milliy reja ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Onkologik kasalliklarga chalingan bemor bolalarni zarur dori vositalari bilan qamrab olish darajasi 88 foizga yetdi.
Qolaversa, O‘zbekiston JSSTning Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha global tashabbusida faol ishtirok etmoqda.
Bolalar saratoniga qarshi kurash chegara bilmaydi. Bugungi kongress mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, eng yaxshi tajribalarni o‘rganish hamda bolalarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan to‘liq qamrab olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
📍 Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi boshlandi.

👍15🔥9🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🔴 🟦 🟦
— Prezidentimiz boshchiligida bolalar saratoni bo‘yicha erta diagnostika imkoniyatlari kengayib, bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash tizimi takomillashtirilmoqda, — dedi vazir.
Ta’kidlanganidek, davlat hisobidan bepul taqdim etiladigan o‘smaga qarshi preparatlar ro‘yxati ikki barobardan ziyod kengaytirildi.
Vazir o‘z nutqida xalqaro aloqalarning ahamiyatiga ham to‘xtalib, mazkur kongress o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashda muhim platforma bo‘lishini qayd etdi.
— Maqsadimiz — har bir bola, qaysi mamlakatda tug‘ilgani va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, zamonaviy tibbiy xizmatdan birdek foydalanishini ta’minlashdir, — dedi Eldor Adilov.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
💬 Xalqaro kongressda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov so‘zga chiqdi.
— Prezidentimiz boshchiligida bolalar saratoni bo‘yicha erta diagnostika imkoniyatlari kengayib, bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash tizimi takomillashtirilmoqda, — dedi vazir.
Ta’kidlanganidek, davlat hisobidan bepul taqdim etiladigan o‘smaga qarshi preparatlar ro‘yxati ikki barobardan ziyod kengaytirildi.
Vazir o‘z nutqida xalqaro aloqalarning ahamiyatiga ham to‘xtalib, mazkur kongress o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashda muhim platforma bo‘lishini qayd etdi.
— Maqsadimiz — har bir bola, qaysi mamlakatda tug‘ilgani va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, zamonaviy tibbiy xizmatdan birdek foydalanishini ta’minlashdir, — dedi Eldor Adilov.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥5🤩2
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🔴 🟦 🟦
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🔵 Samarqand shahrida davom etayotgan II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressidan fotoreportaj.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥6🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🔴 🟦 🟦
Tadbirda Ozarbayjonning Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova, Qirg‘iz Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Damirbek Osmonov hamda Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Jamoliddin Abdullozoda so‘zga chiqdi.
Shuningdek, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi vakili Natasha Azzopardi-Muskat, AQShning Sent-Jud Global xalqaro dasturi direktori Karlos Rodriges-Galindo, Dana-Farber saraton instituti dasturlari direktori Lesli Lemann, Xalqaro bolalar onkologiyasi jamiyati (SIOP) bosh kotibi Rejin Kebudi va boshqalar o‘z chiqishlarida sohadagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi.
Ayni paytda ishtirokchilar sessiyalarga bo‘lingan holda bemorlarning nafaqat sog‘ayishi, balki to‘laqonli hayot kechirishi uchun reabilitatsiya, psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’limni davom ettirish hamda oilalarga ko‘maklashish kabi masalalar yuzasidan fikr va tajriba almashmoqda.
Xalqaro kongress ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🔵 Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi davom etmoqda.

👍11🔥4🤩1
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🟡 🟦 🟦 🟦
❗️ O‘zbekiston — Rossiya: Tibbiyot sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi
📌 Ta'kidlanganidek, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va o‘zaro ishonchga asoslangan muloqoti tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
✅ Xususan, ayni paytda kadrlar tayyorlash, zamonaviy tashxislash va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, yuqori texnologik tibbiy yordamni aholiga yaqinlashtirish bo‘yicha qator qo‘shma loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
🏢 Tibbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik ham izchil kengaymoqda. Xususan, Toshkentda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti filiali tashkil etilmoqda. Ayni paytda loyiha doirasida ta’lim va klinik bazani, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish hamda simulyatsiya-akkreditatsiya markazini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti.
🔬 Tomonlar yuqori texnologik tibbiy yordamni rivojlantirishga doir hamkorlikni yanada kengaytirish lozimligini qayd etdilar. O‘z navbatida, farmatsevtika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
🟢 Shuningdek, onkologik va yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash, yurtimizda yadro tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.
📝 Uchrashuv yakunida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilovchi “yo‘l xaritasi” imzolandi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🇺🇿 🇷🇺 “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🟡 🟦 🟦 🟦
❗️ Samarqandda O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirlari uchrashdi
💬 Qayd etilganidek, keyingi yillarda davlatlarimiz o‘rtasida tibbiy yordam, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, kadrlar tayyorlash va farmatsevtika yo‘nalishlarida qator qo‘shma tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
🏥 Jumladan, O‘zbekiston ko‘magida Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida 174 o‘rinli, Chuy viloyatida esa 66 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonalari barpo etildi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatga 20 ta tez tibbiy yordam avtomobili beg‘araz yordam sifatida topshirilgan.
🔎 Uchrashuvda mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or davolash texnologiyalarini joriy etish hamda sohani raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Eldor Adilov ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish va bu borada alohida "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishni taklif etdi.
‼️ Yakunda tomonlar tibbiyot kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami hamda raqamli texnologiyalarni joriy erishda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🇺🇿 🇰🇬 “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Qirg‘iz Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Damirbek Osmonov bilan ham uchrashib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🔴 🟦 🟦
Sog‘liqni saqlash vazirlari “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazma bilan tanishdi.

👍10🔥6🤩1