Sog‘liqni saqlash vazirligi
117K subscribers
10.6K photos
4.67K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🔴🟦🟦

“Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida navbatdagi plenar sessiya bo‘lib o‘tmoqda.

U bolalar salomatligini muhofaza qilish tizimlariga investitsiya kiritishga doir ustuvor masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan.

Tadbirda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov so‘zga chiqib, mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish, zamonaviy tibbiy xizmatlar va reabilitatsiya imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, yurtimizda 46 ta tumanlararo perinatal markaz tashkil etilgan. Milliy emlash dasturi orqali bolalar 13 turdagi yuqumli kasalliklardan himoya qilinmoqda.

So‘nggi 15 yilda besh yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar orasida o‘sishdan ortda qolish ko‘rsatkichi ikki barobar kamaygan. Shuningdek, keyingi ikki yilda bolalarda kardiojarrohlik amaliyotlari soni uch barobarga oshib, yiliga 4 400 taga yetgani, neyrojarrohlik yordami hajmi 13 barobardan ziyod ko‘paygani ta’kidlandi.

Sessiyada bolalar salomatligiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar samaradorligini nafaqat ajratilgan mablag‘lar, balki kasalliklarni erta aniqlash, oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish va tibbiy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatlari orqali baholash muhimligi aytildi.

Tadbirda Qirg‘iz Republikasi sog‘liqni saqlash vaziri Damirbek Osmonov, Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Jamoliddin Abdullozoda, Belarus Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elena Bogdan, Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Evgenia Kotova va boshqa nufuzli mehmonlar ham so‘zga chiqdi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥7
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🔴 🟦🟦🟦

📍“Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi bo‘lib o‘tmoqda.


📹 SSV Matbuot xizmatining Samarqanddan tayyorlagan videolavhasida ushbu tadbir tafsilotlari haqida so‘z yuritiladi.
———————-
📍 В рамках Всемирного саммита «Инвестиции в благополучие детей» проходит II Международный конгресс по детской онкологии.


📹 Подробности мероприятия — в видеосюжете, подготовленном Пресс-службой Минздрава из Самарканда.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍9🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🔴1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

❗️Bolalar onkologiyasi: Sent-Jud Global xalqaro dasturi bilan hamkorlik yanada kengayadi

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov AQShning Sent-Jud Global xalqaro dasturi direktori Karlos Rodriges-Galindo bilan uchrashdi.


Muloqotda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasidagi hamkorlikning bugungi natijalari hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va AQShning Sent-Jud bolalar tadqiqot shifoxonasi hamkorligida tashkil etilgan GPACCM global platformasi doirasida O‘zbekistonga umumiy qiymati 3,3 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan dori vositalari yetkazib berildi.

Joriy yilning fevral oyida Sent-Jud bolalar tadqiqot shifoxonasi bilan imzolangan memorandum o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilyapti.

Muloqotda mamlakatimizda milliy saraton registrini takomillashtirish, klinik ma’lumotlar bazasini rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bolalar salomatligini muhofaza qilish, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidladilar.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🎙 На полях II Международного конгресса по детской онкологии министр здравоохранения Российской Федерации Михаил Мурашко дал интервью Пресс-службе Министерства здравоохранения Узбекистана, в котором поделился своим мнением о значении данного мероприятия и текущем состоянии медицинского сотрудничества между двумя странами.


🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍9🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

💬 «Казахстан и Узбекистан не просто соседи, а стратегические партнеры», — министр здравоохранения Республики Казахстан Акмарал Альназарова.


🎙 В интервью Пресс-службе Минздрава министр также отметила, что главы двух государств создают все необходимые условия для практической реализации совместных проектов в сфере медицины.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥11🤩1
🔴 TIBBIYOT 360°

➡️ Shifoxonada yo‘llanma asosida davolanish uchun bemor avvalo kimga murojaat qilishi kerak? Javob

➡️ Yurtimizda Milliy profilaktik emlash kalendari asosida qaysi yuqumli kasalliklarga qarshi rejali emlashlar o‘tkaziladi? Javob

➡️ O‘RVIga chalingan bolalarni uy sharoitida qanday davolash mumkin? Javob

➡️ Qaysi odatlar saratonni keltirib chiqarishi mumkin? Javob

➡️ Surunkali tonzillit vaqtida davolab turilmasa, qanday asoratlarga olib kelishi mumkin? Javob

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🎙 — Президенты Узбекистана и Кыргызстана уделяют особое внимание борьбе с детской онкологией, чтобы дети могли получать самое лучшее лечение, — заявил министр здравоохранения Кыргызской Республики Дамирбек Осмонов в интервью Пресс-службе Министерства здравоохранения Узбекистана в рамках
II Международного конгресса по детской онкологии.


🇺🇿🇰🇬 Он также подчеркнул, что в последние годы в обеих странах активно развивается служба детской онкологии и увеличиваются объемы финансирования этой сферы.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🎙 В рамках II Международного конгресса по детской онкологии, который прошел в Самарканде, Пресс-служба Министерства здравоохранения Узбекистана взяла интервью у министра здравоохранения и социальной защиты населения Республики Таджикистан Джамолиддина Абдуллозоды.

💬 По его словам, основной проблемой в борьбе с детской онкологией является ранняя диагностика. Проведение подобных мероприятий способствует улучшению качества лечения детей с онкологическими заболеваниями.


🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍5
🔴 ✅✅

📍 Toshkentda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.


🩺 “Bolalik nomidan: 60 yil g‘amxo‘rlik, bilim va kashfiyotlar” mavzusidagi anjumanda pediatriyaning bugungi yutuqlari va kelgusi vazifalari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, tadbir doirasida mutaxassislar bolalar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni tashxislash hamda davolashdagi zamonaviy yondashuvlar borasida o‘zaro tajriba almashyapti.

🔎 Kongress dasturidan ilmiy ma’ruzalar, seksiyalar va mahorat darslari o‘rin olgan. Unda mahalliy shifokorlar bilan birga Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Turkiya kabi 17 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan qator xorijiy olim va mutaxassislar ham qatnashmoqda.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
🔴📃📃📃📃📃📃

❗️ 2030-yil 1-yanvardan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin

👍 Hukumat qarori (577-son, 19.10.2026-y.) bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


🗓 Qarorga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi faqat muayyan mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shaxslarga besh yil muddatga beriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan shaxsning tegishli mutaxassislik bo‘yicha tibbiy yoki farmatsevtika kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi.

🏢 Vakolatli organ — Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi.

📆 2027-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar xodimlar mutaxassisligi bo‘yicha ixtiyoriy tartibda maxsus imtihon natijalariga ko‘ra yoki malaka toifalarini berish jarayonida avtomatik ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🎓 Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 20 yil ish staji va ilmiy darajaga ega xodimlar maxsus imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (murojaat sanasiga qadar mutaxassisligi bo‘yicha uch yil yoki undan ortiq vaqt davomida uzluksiz kasbiy faoliyatni amalga oshirmagan xodimlar bundan mustasno).

🕓 Murojaat Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Tibbiy malaka platformasi orqali qilinadi. Elektron arizalar dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

📝 Vakolatli organ so‘rovnomani 5 ish kuni ichida o‘rganib, talabgorni maxsus imtihonga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

⌨️ Guvohnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi va Tibbiyot va farmasevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestri orqali tekshiriladi. Uning qog‘oz shaklidagi asl nusxasi yoki dublikati berilmaydi.

🔄 Davlat ro‘yxatidan o‘tgan xodimlar kasbiy faoliyatni davom ettirish uchun har besh yilda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

‼️ Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🤩2