Sog‘liqni saqlash vazirligi
117K subscribers
10.6K photos
4.66K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
🔴 ✅✅

📍 Toshkentda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.


🩺 “Bolalik nomidan: 60 yil g‘amxo‘rlik, bilim va kashfiyotlar” mavzusidagi anjumanda pediatriyaning bugungi yutuqlari va kelgusi vazifalari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, tadbir doirasida mutaxassislar bolalar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni tashxislash hamda davolashdagi zamonaviy yondashuvlar borasida o‘zaro tajriba almashyapti.

🔎 Kongress dasturidan ilmiy ma’ruzalar, seksiyalar va mahorat darslari o‘rin olgan. Unda mahalliy shifokorlar bilan birga Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Turkiya kabi 17 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan qator xorijiy olim va mutaxassislar ham qatnashmoqda.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
🔴📃📃📃📃📃📃

❗️ 2030-yil 1-yanvardan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin

👍 Hukumat qarori (577-son, 19.10.2026-y.) bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


🗓 Qarorga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi faqat muayyan mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shaxslarga besh yil muddatga beriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan shaxsning tegishli mutaxassislik bo‘yicha tibbiy yoki farmatsevtika kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi.

🏢 Vakolatli organ — Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi.

📆 2027-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar xodimlar mutaxassisligi bo‘yicha ixtiyoriy tartibda maxsus imtihon natijalariga ko‘ra yoki malaka toifalarini berish jarayonida avtomatik ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🎓 Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 20 yil ish staji va ilmiy darajaga ega xodimlar maxsus imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (murojaat sanasiga qadar mutaxassisligi bo‘yicha uch yil yoki undan ortiq vaqt davomida uzluksiz kasbiy faoliyatni amalga oshirmagan xodimlar bundan mustasno).

🕓 Murojaat Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Tibbiy malaka platformasi orqali qilinadi. Elektron arizalar dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

📝 Vakolatli organ so‘rovnomani 5 ish kuni ichida o‘rganib, talabgorni maxsus imtihonga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

⌨️ Guvohnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi va Tibbiyot va farmasevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestri orqali tekshiriladi. Uning qog‘oz shaklidagi asl nusxasi yoki dublikati berilmaydi.

🔄 Davlat ro‘yxatidan o‘tgan xodimlar kasbiy faoliyatni davom ettirish uchun har besh yilda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

‼️ Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🤩2
🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

❗️SSV: Poytaxtimizda barpo etilishi rejalashtirilayotgan yangi onkologiya markazi loyihasi bo‘yicha shartnoma imzolandi

Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Koreyaning AUM & LEE Architects & Associates kompaniyasi vitse-prezidenti Li Von Seok bilan uchrashdi.


Muloqotda yangi 265 o‘rinli onkologiya markazini barpo etish loyihasining navbatdagi bosqichlari muhokama qilinib, yakunda konsultantlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha Toshkent shahrida Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "tibbiyot klasteri"ning muhim obyekti sanaladi.


Vazir hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishiga ishonch bildirar ekan, “Biz uchun markazni yuqori sifatda barpo etish muhim. Koreya tomonining tajribasi va ish sifatiga ishonamiz”, deya ta'kidladi.

Ma'lumot uchun, AUM & LEE konsorsiumi loyihalash, qurilishni boshqarish va nazorat qilish, tibbiy uskunalarni tanlash, markazning tibbiy xizmatlari hamda axborot tizimini rejalashtirish kabi yo‘nalishlarda konsultantlik qiladi.


Loyiha doirasida markaz xodimlari uchun tibbiy xizmat sifati, radiologiya, yadro tibbiyoti va nur terapiyasi yo‘nalishlarida uch bosqichli amaliy o‘quvlar o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍7🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🦠Gripp va shamollash ko‘plab o‘xshash belgilarga ega. Biroq ularning kechishi va asoratlar xavfi turlicha.


❔ Xo‘sh, bu farqlar nimalarda namoyon bo‘ladi?

❔ To‘g‘ri davolanishda ularni bilish qanchalik muhim?

📹 Ushbu vidolavhada shifokor-pulmonolog Shoira Matrizayeva bu haqda batafsil ma’lumot beradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
No_comment

🔴🟦🟦🟦

📍 Poytaxtimizda “Travmatologiya va ortopediyada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy asoslari va amaliy natijalari”ga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.


🏃‍♂️ Anjuman yalpi majlisi va seksiyalarida 170 dan ortiq ma’ruza taqdim etilmoqda. Unda O‘zbekistondan 200 nafar mutaxassis va xorijiy davlatlardan 150 dan ziyod delegat qatnashyapti.

🔎 Shuningdek, konferensiya doirasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida umurtqa pogʻonasi, qo‘l-oyoq, chanoq va yirik bo‘g‘imlarga oid yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟡 🟦🟦🟦

🎙“HAYOTGA QAYTDIM”.


🕒 Ertaga soat 10:00 da!

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hayotga_qaytdim

🟡 “HAYOTGA QAYTDIM...

🤔 Samarqandlik Feruz Ahrorov kutilmaganda gepatit B ga chalindi, bu esa jigar sirrozini keltirib chiqardi...
 
💬 “Agar atrofimda mehribon odamlar — men uchun hamma narsaga tayyor yaqinlarim va malakali shifokorlarimiz bo‘lmaganda bu dardni yengib o‘tolmasdim” — deydi u.
 
🏥 Milliy tibbiyot markazida jigar transplantatsiyasini boshdan kechirgan qahramonimiz sinovli kunlarni ortda qoldirib, yana hayotga qaytdi.
 
🗣 SSV Matbuot xizmatining yangicha formatdagi “Hayotga qaytdim” medialoyihasi ana shu bemorning taqdir hikoyasiga bag‘ishlangan.
 
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥22👍21🤩2
🟦🟦🟦

Hafta yakuni: sog‘liqni saqlash sohasiga oid haftaning eng muhim voqealari dayjesti.
—
Итоги недели: дайджест важнейших событий в сфере здравоохранения.
—
Weekly review:
A digest of the most important healthcare events of the week.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🟢🟦🟦🟦

21-22-oktabr kunlari Samarqand bolalar kelajagi bo‘yicha global muloqot markaziga aylandi. Bu yerda o‘tkazilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti va Bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress 100 dan ortiq davlatdan 600 nafardan ziyod ekspertlarni bir maydonga jamladi.


❓ Xo‘sh, sammit doirasida qanday yangi tashabbuslar ilgari surildi?

❓ Xalqaro ekspertlar yurtimizning bolalar onkologiyasiga qarshi kurashishdagi yutuqlarini qanday baholadi?

❓ Anjuman yakunida imzolangan Samarqand deklaratsiyasi nimasi bilan muhim?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3