Sog‘liqni saqlash vazirligi
119K subscribers
10.7K photos
4.69K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
#No_comment

🔴🟦🟦🟦🟦🟦

📌 Poytaxtimiz “Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligida sun’iy intellekt va fanlararo yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilmoqda.


🌐 Unda yurtimiz va qator xorijiy davlatlardan kelgan jami 700 nafardan ortiq yetakchi olim va mutaxassislar sohadagi so‘nggi tendensiyalar, shu jumladan, yangi davolash va tashxislash usullari, otorinolaringologiyaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish masalalari, shuningdek, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda.

🔬 Anjuman doirasida mahorat darslari va ko‘rgazma o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
 
🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2
🟡 🟦🟦🟦

❓O‘zbekistonda insultga qarshi kurashish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?

✅ Insult — o‘lim va nogironlikka sabab bo‘luvchi eng og‘ir xastaliklardan biri.


➡️ Shu bois, bugun dunyoda kasallik xavfini kamaytirish, asoratlarni bartaraf etish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
 
🗓 Maqsad — aholining xastalik haqidagi bilimlarini oshirish, erta tashxis va profilaktika choralarini kuchaytirishdan iborat.
 
📋 Mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonda ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbarining shu yil 20-yanvardagi tegishli qaroriga muvofiq yurtimizda ilk bor Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi qabul qilindi.
 
🩺 Dastur doirasida mamlakatimizda ushbu kasalliklarning oldini olish, xavf omillarini erta aniqlash va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan izchil ishlar olib borilyapti. Xususan, 30 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida maqsadli tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib, yurak-qon tomir kasalliklari va insult xavfini oshiruvchi omillar barvaqt aniqlanmoqda.

 
🏥 Shuningdek, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlarida kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi maxsus brigadalar tashkil etilib, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari kengaytirilyapti.
 
🚒 Qolaversa, bemorni tezkor aniqlash, zudlik bilan ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yetkazish va o‘z vaqtida davolash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
 
🤩Bu sa’y-harakatlar natijasida Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Toshkent shahrida infarkt va insult xastaliklaridan erta o‘lim holatlari besh oyda 15 foizga kamaydi. Kasallik boshlanishidagi “oltin soat”da 855 nafar inson erta o‘lim va nogironlik asoratlaridan saqlab qolindi. Kelasi yil dasturga barcha tuman va shaharlar qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

 
🏫 Bundan tashqari, shu yilning 1 noyabridan yurtimiz umumta’lim maktablarida “Angels Initiative” xalqaro tashabbus tashkilotining “FAST — superqahramonlar” xalqaro ta’lim dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
 
🔵 Maqsad — o‘quvchilar o‘yin va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali nafaqat insultning dastlabki belgilarini tanib olishni o‘rganadilar, balki bu bilimlarni ota-onalari, bobo va buvilariga ham yetkazadilar.

‼️ Shu orqali oilalarda insult haqida xabardorlik oshib, uning belgilarini erta aniqlash va o‘z vaqtida tez tibbiy yordam chaqirish ko‘nikmalari shakllanadi.

 
🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

❔ Gripp – oddiy shamollashmi?

❔ Undan qanday himoyalanish kerak?

❔ Kimlar xavf guruhiga kiradi?

📹 Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi maslahat poliklinikasi bo‘lim mudiri Kozim Mahkamov batafsil javob beradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴❤️❤️🩵💜🩵❤️🩷

❓Dori vositalari xavfsizligi qanday nazorat qilinmoqda?

💊 Yurtimizda joriy etilgan “Farmakonazorat” milliy elektron axborot tizimi orqali dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlari va samarasizlik holatlari yuzasidan xabarnomalar qabul qilinib, tahlil etilmoqda.


❓ Xo‘sh, bu borada qanday ishlar amalga oshirildi va erishilgan natijalar qoniqarlimi?

📹 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmakonazorat bo‘limi boshlig‘i Sabohat Hayitova ishtirokidagi brifingda shu haqda batafsil ma’lumot berildi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡 ❤️❤️❤️
 
✅Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Vaqf” xayriya jamoat fondi orqali yana uch nafar bemorda jigar ko‘chirib o‘tkazish amaliyotlari o‘tkazildi.

 
❓ Operatsiyalarda kimlar ishtirok etdi?
 
❓ Hozirda bemor va donorlarning ahvoli qoniqarlimi?
 
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
 

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥6🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_kubogi
🟡🟦🟦🟦

❗️“Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi”ning final bosqichiga start berildi

🏆 Bugun O‘zbekiston milliy futbol markazida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘rtasida “Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi — 2026” sport musobaqalarining final bosqichi boshlandi.


🔵 Prezidentimizning 2020-yil 30-oktyabrdagi tegishli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashining qo‘shma qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur bellashuvlarda qatnashchilar mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha o‘zaro bahs olib bormoqda.

🕒Tibbiyot xodimlari kuni arafasida o‘tkazilayotgan musobaqalardan ko‘zlangan maqsad soha vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.

⚽️ Hal qiluvchi bahslarda hududiy saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda.

🏓Ikki kun davom etadigan turnirda ishtirokchilar nafaqat jismoniy mahoratini, balki jamoaviy birdamlik, chaqqonlik, tezkor fikrlash va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini ham namoyon etadi.

🥇 Ertaga har bir sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23
🔴 TIBBIYOT 360°

➡️ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari qay tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi? Javob

➡️ "Elektron retsept" tizimini joriy etishdan ko‘zlangan maqsad va aholi uchun yaratiladigan qulayliklar nimalardan iborat? Javob

➡️ Grippni nima sababdan “oyoqda o‘tkazish” mumkin emas? Javob

➡️ Nima sababdan bola kam vaznli bo‘lib dunyoga keladi? Bunday chaqaloqni qay tartibda parvarish qilish lozim? Javob

➡️ Kuniga qancha suv ichish kerak? Javob

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
#Vazir_kubogi
🔴🟦🟦🟦

❗️“Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi” g‘oliblari taqdirlandi

🏆“Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi – 2026” sport musobaqalarining final bosqichi nihoyasiga yetdi.


💬 Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy futbol markazida tashkil etilgan taqdirlash marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashi raisi Farhod Xanapiyayev so‘zga chiqib, g‘oliblarni qutladi.

💬 Bugun oramizda nafaqat sportni keng targ‘ib qiladigan, ayni chog‘da o‘zlari muntazam jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib kelayotgan tibbiyot xodimlari ko‘pligi e’tirof etildi.

🔵  Ma’lum qilinganidek, murosasiz kechgan bellashuvlar jarayoni malakali hakamlar hay’ati tomonidan adolatli tarzda baholab borildi.

⚽️  Xususan, yakuniy natijalarga ko‘ra, mini-futbol bo‘yicha bahslarda Sirdaryo viloyatining "Guliston tibbiyot klasteri" jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, “Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi – 2026” sohibiga aylandi.

🥇Shashka musobaqasida erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Farg‘ona viloyati jamoasi vakili Muxtorali Gapirovga nasib etdi. Ayollar bahslarida xorazmlik Go‘zal Qurbonovaga teng keladigani topilmadi.

♟Shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida 1-o‘rinlarni Namangan viloyati, Davlatobod tumanilik Fazliddin Mirabdullayev  hamda Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi shifokor Gavharoy Qo‘chqorova qo‘lga kiritdi.

🏓Stol tennisida Surxondaryo viloyati jamoasidan Navro‘z Karimov hamda namanganlik Mahmuda Sobirova shohsupaga ko‘tarildi.

🎁 Yakunda g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4🤩1