Sog‘liqni saqlash vazirligi
119K subscribers
10.7K photos
4.68K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
🔴 TIBBIYOT 360°

➡️ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari qay tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi? Javob

➡️ "Elektron retsept" tizimini joriy etishdan ko‘zlangan maqsad va aholi uchun yaratiladigan qulayliklar nimalardan iborat? Javob

➡️ Grippni nima sababdan “oyoqda o‘tkazish” mumkin emas? Javob

➡️ Nima sababdan bola kam vaznli bo‘lib dunyoga keladi? Bunday chaqaloqni qay tartibda parvarish qilish lozim? Javob

➡️ Kuniga qancha suv ichish kerak? Javob

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
#Vazir_kubogi
🔴🟦🟦🟦

❗️“Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi” g‘oliblari taqdirlandi

🏆“Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi – 2026” sport musobaqalarining final bosqichi nihoyasiga yetdi.


💬 Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy futbol markazida tashkil etilgan taqdirlash marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashi raisi Farhod Xanapiyayev so‘zga chiqib, g‘oliblarni qutladi.

💬 Bugun oramizda nafaqat sportni keng targ‘ib qiladigan, ayni chog‘da o‘zlari muntazam jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib kelayotgan tibbiyot xodimlari ko‘pligi e’tirof etildi.

🔵  Ma’lum qilinganidek, murosasiz kechgan bellashuvlar jarayoni malakali hakamlar hay’ati tomonidan adolatli tarzda baholab borildi.

⚽️  Xususan, yakuniy natijalarga ko‘ra, mini-futbol bo‘yicha bahslarda Sirdaryo viloyatining "Guliston tibbiyot klasteri" jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, “Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi – 2026” sohibiga aylandi.

🥇Shashka musobaqasida erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Farg‘ona viloyati jamoasi vakili Muxtorali Gapirovga nasib etdi. Ayollar bahslarida xorazmlik Go‘zal Qurbonovaga teng keladigani topilmadi.

♟Shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida 1-o‘rinlarni Namangan viloyati, Davlatobod tumanilik Fazliddin Mirabdullayev  hamda Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi shifokor Gavharoy Qo‘chqorova qo‘lga kiritdi.

🏓Stol tennisida Surxondaryo viloyati jamoasidan Navro‘z Karimov hamda namanganlik Mahmuda Sobirova shohsupaga ko‘tarildi.

🎁 Yakunda g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦🟦🟦

❗️Sirdaryoda “Tez yordam” avtomashinasida sog‘lom qizaloq dunyoga keldi

✅Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tez tibbiy yordam xodimlari yana bir bor o‘z kasbiga sadoqat va yuksak mas’uliyat namunasini ko‘rsatdi.


🚒 Maʼlum bo‘lishicha, joriy yil 1-noyabr kuni soat 03:30 lar atrofida shifoxonaga olib ketilayotgan homilador ayolning "103" avtomashinasida to‘lg‘og‘i kuchaygan.

🔵 Vaziyatni tezkor baholagan navbatchi shifokor Xonsuluv Masrurova hamda feldsher Salima Mavlonova hamjihatlikda ayolga zarur tibbiy yordam ko‘rsatib, sog‘lom qizaloqning dunyoga kelishiga ko‘maklashdi.

‼️ Ayni paytda ona va chaqaloqning salomatligi yaxshi va ular shifokorlar nazoratida.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥9🤩8
🟦🟦🟦

Hafta yakuni: sog‘liqni saqlash sohasiga oid haftaning eng muhim voqealari dayjesti.
—
Итоги недели: дайджест важнейших событий в сфере здравоохранения.
—
Weekly review:
A digest of the most important healthcare events of the week.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥6🤩1
#Tavsiya

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🩺 Menisk shikastlanishi va osteoxondroz — harakatlanishda noqulaylik, og‘riq hamda hayot sifati pasayishiga sabab bo‘luvchi kasalliklar.


❓ Xo‘sh, ular nima sababdan kelib chiqadi?

❓ Qanday belgilari bor?

❓ Qaysi holatlarda jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladi?

🔵 Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari — Qurbon Rajabov va Rustam Musayev javob beradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

❗️Bir guruh hamshiralar yanvardan Milanda ishlay boshlaydi

✅Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi "Intil" xalqaro til va kasbga o‘qitish markazida bo‘lib, Italiyada ishlashga tayyorlanayotgan hamshiralar bilan suhbatlashdi.


🏫 Ularga Migratsiya agentligi Italiyaning Perujа universiteti bilan birgalikda italyan tilida darslar tashkil etgan.

‼️O'qishning oltinchi oyi ketmoqda, bir oydan keyin imtihonlar bo'ladi. Hamshiralar yanvardan Milan shahridagi shifoxonada ishlay boshlaydi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥1
#TibbiyotFidoyisi

🔴 👍👍👍

❗️“Tibbiyot fidoyisi” tanlovi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

🟡 Sog‘liqni saqlash vazirligi va OVI platformasi tomonidan e’lon qilingan “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi bo‘yicha ovoz berish va baholash jarayonlari 31-oktabr kuni yakunlandi.


Tanlovda 37 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. G‘oliblar 60% jamoatchilik fikri, 30% professional tibbiy assotsiatsiyalar, 10% esa vazirlik bahosi orqali aniqlandi.

Shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida avtomatlashtirilgan hisob-kitob, raqamli qayd etish hamda soxta ovoz yig‘ishning oldini oluvchi antifrod mexanizmlari qo‘llanildi.

To‘rt oy davom etgan ushbu jarayondan so‘ng 10 ta nominatsiya bo‘yicha 101 ta g‘olib e’lon qilindi. Ular bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://tanlov.ovi.uz/rating.

G‘olib bo‘lgan tibbiyot muassasalari Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 million so‘mdan, tibbiyot xodimlari esa — 30 million so‘mdan pul mablag‘i bilan mukofotlanadi. Taqdirlash marosimi joriy yil Tibbiyot xodimlari kuni bayrami oldidan o‘tkaziladi.

💐 Barcha g‘oliblarni muborakbod etamiz!

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥1
Tibbiyot_fidoyisi_2026_g'oliblari.xlsx
15.7 KB
#TibbiyotFidoyisi

🔴 🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

“Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi g‘oliblari bilan tanishing!


🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤩5🔥1