Sog‘liqni saqlash vazirligi
109K subscribers
10.8K photos
4.74K videos
57 files
13.7K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
#Vazir_kubogi
🔴🟦🟦🟦

❗️“Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi” g‘oliblari taqdirlandi

🏆“Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi – 2026” sport musobaqalarining final bosqichi nihoyasiga yetdi.


💬 Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy futbol markazida tashkil etilgan taqdirlash marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashi raisi Farhod Xanapiyayev so‘zga chiqib, g‘oliblarni qutladi.

💬 Bugun oramizda nafaqat sportni keng targ‘ib qiladigan, ayni chog‘da o‘zlari muntazam jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib kelayotgan tibbiyot xodimlari ko‘pligi e’tirof etildi.

🔵  Ma’lum qilinganidek, murosasiz kechgan bellashuvlar jarayoni malakali hakamlar hay’ati tomonidan adolatli tarzda baholab borildi.

⚽️  Xususan, yakuniy natijalarga ko‘ra, mini-futbol bo‘yicha bahslarda Sirdaryo viloyatining "Guliston tibbiyot klasteri" jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, “Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi – 2026” sohibiga aylandi.

🥇Shashka musobaqasida erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Farg‘ona viloyati jamoasi vakili Muxtorali Gapirovga nasib etdi. Ayollar bahslarida xorazmlik Go‘zal Qurbonovaga teng keladigani topilmadi.

♟Shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida 1-o‘rinlarni Namangan viloyati, Davlatobod tumanilik Fazliddin Mirabdullayev  hamda Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi shifokor Gavharoy Qo‘chqorova qo‘lga kiritdi.

🏓Stol tennisida Surxondaryo viloyati jamoasidan Navro‘z Karimov hamda namanganlik Mahmuda Sobirova shohsupaga ko‘tarildi.

🎁 Yakunda g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦🟦🟦

❗️Sirdaryoda “Tez yordam” avtomashinasida sog‘lom qizaloq dunyoga keldi

✅Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tez tibbiy yordam xodimlari yana bir bor o‘z kasbiga sadoqat va yuksak mas’uliyat namunasini ko‘rsatdi.


🚒 Maʼlum bo‘lishicha, joriy yil 1-noyabr kuni soat 03:30 lar atrofida shifoxonaga olib ketilayotgan homilador ayolning "103" avtomashinasida to‘lg‘og‘i kuchaygan.

🔵 Vaziyatni tezkor baholagan navbatchi shifokor Xonsuluv Masrurova hamda feldsher Salima Mavlonova hamjihatlikda ayolga zarur tibbiy yordam ko‘rsatib, sog‘lom qizaloqning dunyoga kelishiga ko‘maklashdi.

‼️ Ayni paytda ona va chaqaloqning salomatligi yaxshi va ular shifokorlar nazoratida.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍55🔥9🤩8
🟦🟦🟦

Hafta yakuni: sog‘liqni saqlash sohasiga oid haftaning eng muhim voqealari dayjesti.
—
Итоги недели: дайджест важнейших событий в сфере здравоохранения.
—
Weekly review:
A digest of the most important healthcare events of the week.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥6🤩1
#Tavsiya

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🩺 Menisk shikastlanishi va osteoxondroz — harakatlanishda noqulaylik, og‘riq hamda hayot sifati pasayishiga sabab bo‘luvchi kasalliklar.


❓ Xo‘sh, ular nima sababdan kelib chiqadi?

❓ Qanday belgilari bor?

❓ Qaysi holatlarda jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladi?

🔵 Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari — Qurbon Rajabov va Rustam Musayev javob beradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

❗️Bir guruh hamshiralar yanvardan Milanda ishlay boshlaydi

✅Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi "Intil" xalqaro til va kasbga o‘qitish markazida bo‘lib, Italiyada ishlashga tayyorlanayotgan hamshiralar bilan suhbatlashdi.


🏫 Ularga Migratsiya agentligi Italiyaning Perujа universiteti bilan birgalikda italyan tilida darslar tashkil etgan.

‼️O'qishning oltinchi oyi ketmoqda, bir oydan keyin imtihonlar bo'ladi. Hamshiralar yanvardan Milan shahridagi shifoxonada ishlay boshlaydi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥1
#TibbiyotFidoyisi

🔴 👍👍👍

❗️“Tibbiyot fidoyisi” tanlovi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

🟡 Sog‘liqni saqlash vazirligi va OVI platformasi tomonidan e’lon qilingan “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi bo‘yicha ovoz berish va baholash jarayonlari 31-oktabr kuni yakunlandi.


Tanlovda 37 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. G‘oliblar 60% jamoatchilik fikri, 30% professional tibbiy assotsiatsiyalar, 10% esa vazirlik bahosi orqali aniqlandi.

Shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida avtomatlashtirilgan hisob-kitob, raqamli qayd etish hamda soxta ovoz yig‘ishning oldini oluvchi antifrod mexanizmlari qo‘llanildi.

To‘rt oy davom etgan ushbu jarayondan so‘ng 10 ta nominatsiya bo‘yicha 101 ta g‘olib e’lon qilindi. Ular bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://tanlov.ovi.uz/rating.

G‘olib bo‘lgan tibbiyot muassasalari Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 million so‘mdan, tibbiyot xodimlari esa — 30 million so‘mdan pul mablag‘i bilan mukofotlanadi. Taqdirlash marosimi joriy yil Tibbiyot xodimlari kuni bayrami oldidan o‘tkaziladi.

💐 Barcha g‘oliblarni muborakbod etamiz!

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥1
Tibbiyot_fidoyisi_2026_g'oliblari.xlsx
15.7 KB
#TibbiyotFidoyisi

🔴 🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

“Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi g‘oliblari bilan tanishing!


🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🤩5🔥1
🔴 🟦🟦🟦🟦🟦

📍 Poytaxtimizda “Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligida sun’iy intellekt va fanlararo yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


❓ Xo‘sh, anjumanda qanday masalalar muhokama qilindi?

❓ Yurtimizda ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
————-
📍 В столице состоялась международная научно-практическая конференция на тему «Искусственный интеллект и междисциплинарный подход в оториноларингологии и хирургии головы и шеи».


❓ Какие вопросы были обсуждены в ходе мероприятия?

❓ Какая в нашей стране проводится работа для развития этого направления медицины?

📹 Ответы на эти и другие вопросы — в видеосюжете Минздрава.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

🔴 🟦🟦🟦

📆 OKTABR OYIDAGI ENG MUHIM VOQEALAR DAYJESTI

📊 Toshkent davlat tibbiyot universiteti nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi
📍 Poytaxtimiz “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologlar kongressiga mezbonlik qildi

📌 “Infarkt va insultga qarshi kurashish” milliy dasturi xorijliklar tomonidan yuqori baholandi

➡️ SSV: Vazir Avazada xalqaro anjumanda ishtirok etdi

🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston – Qozog‘iston: Tibbiyotdagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi

🤝 JSST bilan amaliy hamkorlik yanada kengayadi

➡️ Tibbiyot xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha ilk tanlov boʻlib o‘tdi

🎥 SSV Matbuot xizmati “HAYOTGA QAYTDIM...” yangi medialoyihasini taqdim etdi

🛬 O‘zbekistonlik neyroxirurglar Yaponiyaning yetakchi klinikalarida malaka oshiradi

😍 Respublika Endokrinologiya markazi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi

🔎 Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb masalalari muhokama qilindi

🇺🇿🇷🇺 O‘zbekiston — Rossiya: Tibbiyot sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi

🇺🇿🇰🇬 Samarqandda O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirlari uchrashdi

🔺 “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi bo‘lib o‘tdi

💫 Sent-Jud Global xalqaro dasturi bilan hamkorlik yanada kengayadi

✍️ Yangi onkologiya markazi loyihasi bo‘yicha shartnoma imzolandi

📝 Samarqand deklaratsiyasi qabul qlindi

⚡️ Prezident sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

✅ Davlatimiz rahbari tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashdi

🏃‍♂️ Soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

🏥 Prezident yirik tibbiyot obyektlarini barpo etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

🏆 “Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi” final bosqichi o‘tkazildi


🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1
❗️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizga Qozog‘istondan kelgan 20 nafar bola va ularning yaqinlari shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

Aniqlanishicha, joriy yil 1-noyabr kuni futbol musobaqasida ishtirok etish uchun Qozog‘istondan mamlakatimizga kelgan 20 nafar bola va ularning yaqinlari Toshkent shahridagi mehmonxonada nonushtaga yarim qovurilgan tuxum va sosiska iste’mol qilgan. Shu kunning o‘zida ularning 13 nafarida qayt qilish, ich ketish, qorinda og‘riq va tana haroratining ko‘tarilishi kabi belgilar kuzatilgan.

Shundan so‘ng ular tez tibbiy yordam xizmati tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga olib kelingan.

Bu yerda ularga zarur birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, so‘ng bemorlar 5-sonli shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga o‘tkazilgan.

2-3-noyabr kunlari yana 7 nafar kishi ham yuqoridagi belgilar bilan ushbu tibbiyot muassasasiga olib kelingan.

O‘tkazilgan tekshiruvlar asosida shifoxonaga keltirilgan jami 20 nafar bola va ularning yaqinlariga “o‘tkir diareya” dastlabki tashxisi qo‘yildi. Ularning barchasiga belgilangan standartlar bo’yicha davolash muolajalari olib borildi.

Hozirda 2 nafar kishiga uyiga ruxsat berildi. Qolgan 18 nafar bemorning ahvoli barqaror, qoniqarli. Reanimatsiya bo‘limida davolanayotgan bemorlar yo‘q. Bemorlar yuqori malakali shifokorlar kuzatuvi ostida bo’lib, ularni davolash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlari davom ettirilmoqda. Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥8🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘zbekistonda ilk bor IPRP xalqaro dasturi ishchi guruhlarining yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda


Ayni kunlarda Bio Pharma City majmuasida Xalqaro farmatsevtika regulyatorlari hamkorligi dasturi — IPRP doirasida ikkita ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro uchrashuvlarning O‘zbekistonda tashkil etilishi mamlakatimizning farmatsevtika mahsulotlarini tartibga solish sohasidagi xalqaro hamkorligi kengayib borayotganini, milliy regulyatorning xalqaro muloqot va tajriba almashinuvidagi ishtiroki izchil rivojlanayotganini namoyon etadi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kibermadaniyat

🔴🟦🟦🟦

❗️ 1-noyabrdan respublikamiz bo‘ylab "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" boshlandi.

💻 Mazkur aksiya aholining kibersavodxonligini yuksaltirish, internet firibgarligi va kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan.

📌 Oylik davomida mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda turli targ‘ibot va profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4