Sog‘liqni saqlash vazirligi
113K subscribers
10.7K photos
4.72K videos
57 files
13.7K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
#Tibbiyot_va_farmatsevtika_xodimlari_kuni

🟡 ❤️❤️❤️

📌 Poytaxtimizda Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.


🥇 Unda bir guruh soha fidoyilariga davlat mukofotlari hamda ko‘krak nishonlari topshirildi.

🎶 Tadbir yakunida el ardog‘idagi taniqli san’atkorlar ijrosida Vatanga muhabbat, shifokorlarning mashaqqatli mehnatini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.
————
📌 В столице в торжественной атмосфере прошло праздничное мероприятие, посвященное Дню медицинских и фармацевтических работников.


🥇 В рамках торжества группе представителей сферы, внесших достойный вклад в развитие здравоохранения, были вручены государственные награды и нагрудные знаки.

🎶 Завершилось мероприятие праздничным концертом с участием известных и любимых народом артистов, которые исполнили песни, воспевающие любовь к Родине, благородный и самоотверженный труд медицинских работников.

🚑  Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥6
🟡 🟦🟦🟦

❗️SSV: Vazir samoda jasorat ko‘rsatgan shifokorni taqdirladi

🏃‍♂️ Shu yil 13-oktabr kuni o‘zbekistonlik shifokor Toshkentdan Seulga uchayotgan samolyot bortida og‘ir shok holatiga tushib qolgan ayolning hayotini saqlab qolgani haqida xabar bergandik.


🥇 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda bir guruh soha fidoyilari qatorida ushbu voqea qahramoni — Samarqand shahridagi xususiy klinika rahbari, Toshkent davlat tibbiyot universiteti izlanuvchisi, tajribali otorinolaringolog Hasan Kamilovga ham “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni topshirildi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33🔥11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot_va_farmatsevtika_xodimlari_kuni

🟡 ⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

🩺 Bemor dardiga malham bo‘lish, og‘ir damlarda unga umid va ishonch bag‘ishlash... Shifokor buni shunchaki kasbiy burchi emas, balki qismati deb biladigan insondir. Zero, har bir sog‘aygan yurtdoshimiz, har bir saqlab qolingan hayot ortida tibbiyot xodimlarining bilimi, mahorati va fidokorona mehnati mujassam.


📌 Ana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egalariga ehtirom ko‘rsatish maqsadida poytaxtimizda Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda batafsil so‘z boradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥10🤩3
🟡 🟦🟦🟦

❗️Hurmatli tibbiyot xodimlari!
❗️Qadrli soha fidoyilari!

💐 Avvalo, inson salomatligini asrash va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishdek sharafli yo‘lda sidqidildan mehnat qilib kelayotgan Siz, azizlarni kasb bayramingiz — Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etaman.

 
🔎 Ma’lumki, tibbiyotda yuksak bilim va kasbiy mahorat bilan birga, mehr-muruvvat, xushmuomalalik va insonparvarlik kabi fazilatlar juda muhim. Bemorga nafaqat dori-darmon, balki shirin so‘z, mehr va e’tibor ham malhamdir.

🔘 Siz, soha fidoyilari bugun ana shunday olijanob fazilatlaringiz bilan xalqimiz salomatligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Buning uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Zero, “Dunyoda inson hayotini asrashdan ulug‘roq ish yo‘q” deb bejiz aytilmagan.
 
❗️Aziz shifokor va hamshiralar!
 
🤔 Bugun Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida tibbiyot tizimida kechayotgan transformatsiya jarayonlari mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

🏃‍♂️ Jumladan, davlatimiz rahbari kecha soha xodimlariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlaganidek, keyingi yillarda "Yangi O‘zbekistonga — yangi va zamonaviy tibbiyot" degan ezgu g‘oya asosida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sohaga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi 7 barobar oshirilib, joriy yilda 49 trillion so‘mga yetkazildi.

🔎Tibbiyotdagi o‘zgarishlar birlamchi tizimdan tortib, yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy yordamgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni qamrab olmoqda.

📍Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining xalqaro tajribaga asoslangan yangi modeli joriy etildi. Dastlab 15 ta hududda boshlangan pilot loyiha shu yildan Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu model kelgusi yilda yana 100 ta tumanda joriy etiladi.

💊 Shuningdek, davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari yurtimiz bo‘ylab hayotga tatbiq qilindi. Kafolatlangan tibbiy xizmatlar to‘plami doirasida ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositalari bepul berilmoqda.

🤖 Sun’iy intellekt asosidagi tekshiruv va muolaja turlari oshib borayotgani esa tibbiyotda zamonaviy texnologiyalar tobora keng qo‘llanilayotganidan dalolat beradi.

💻 Qolaversa, DMED elektron axborot tizimida 38 milliondan ziyod aholining tibbiy kartasi shakllantirildi. Bugun yurtimizdagi 28 ta davlat va nodavlat tibbiyot oliygohida hamda qo‘shma ta’lim yo‘nalishlarida jami 91 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

🎓 Kelgusi o‘quv yilidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 5+1 modeli asosida amalga oshiriladigan 6 yillik “Umumiy tibbiyot” ta’lim dasturiga transformatsiya qilinadi. Bu model 5 yillik nazariy va amaliy ta’lim hamda 1 yillik uzluksiz klinik amaliyotni o‘z ichiga oladi.

📆 Shuningdek, joriy yil 1-apreldan davlat tibbiyot muassasalarining besh kunlik ish haftasiga o‘tkazilishi, ko‘p yillik stajga ega tibbiyot xodimlarining davolanishi, uy-joyga ega bo‘lishi va farzandlarining ta’lim olishi uchun moddiy ko‘mak berilayotgani soha vakillariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.

✅ Albatta, erishilayotgan natijalar quvonarli. Oldimizda esa yanada zalvorli vazifalar turibdi.
 
❗️Qadrli tibbiyot xodimlari!
 
🌀 Xabaringiz bor, yaqinda muhtaram Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, kasalliklarning oldini olish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish hamda soha vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

📌Albatta, bu vazifalarni ro‘yobga chiqarishda Sizlarning bilim va tajribangiz eng muhim tayanchimizdir.

🟢 Fursatdan foydalanib, yana bir bor barchangizni bugungi kasb bayramingiz bilan samimiy qutlab, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Xonadongizdan tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt-saodat va fayzu baraka aslo arimasin!

‼️Bemorlar duosi va xalqimiz mehri hamisha madadkor bo‘lsin, aziz tibbiyot xodimlari!
 
Eldor ADILOV,
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥11🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡 🟦🟦🟦

🎙“HAYOTGA QAYTDIM: Prezidentga maktub”.


🕒 Yaqin soatlarda!

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡 “HAYOTGA QAYTDIM": PREZIDENTGA MAKTUB...

🤔 O‘n yillik iztirob... O‘n yillik kurash... O‘n yillik umid... Firdavs Ergashev tug‘ilganidan buyon 6 ta murakkab operatsiyani o‘tkazdi. O‘n yil davomida qorniga o‘rnatilgan maxsus naycha orqali ovqatlantirildi. Hayoti ko‘p bor xavf ostida qoldi. Farzandi bilan barobar onaizor ham dard chekib yashadi...


✅ Nihoyat Prezidentimiz e’tibori, Bolalar milliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari sa’y-harakati bilan Firdavs yana hayotga qaytdi.

📝 Shundan so‘ng bolakayning onasi Sabohat Ergasheva qalbidagi quvonchi, minnatdorlik so‘zlari va shukronalik tuyg‘ularini davlatimiz rahbariga yozgan maktubida birma-bir ifodalashaga qaror qildi.

🎥SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan “Hayotga qaytdim: Prezidentga maktub” maxsus videoloyihasi ayni shu qahramonlarning hayotiy hikoyasiga bag‘ishlandi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥21🤩4
🟦🟦🟦

Hafta yakuni: sog‘liqni saqlash sohasiga oid haftaning eng muhim voqealari dayjesti.
—
Итоги недели: дайджест важнейших событий в сфере здравоохранения.
—
Weekly review:
A digest of the most important healthcare events of the week.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

📍 Poytaxtimizda insultni davolashning zamonaviy usullariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.


❓ Xo‘sh, yurtimizda Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi doirasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

❓ Xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi operatsiya va mahorat darslarida qaysi ilg‘or usullar tatbiq qilindi?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5
🔴 🟦🟦🟦

❗️JSST: Oltita muhim chora yiliga 1,6 million kishining hayotini saqlab qolishi mumkin

🌐 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishining inson salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan oltita muhim chorani keng joriy etish orqali dunyo bo‘yicha har yili 1,6 million bevaqt o‘limning oldini olish mumkin.


⬇️ JSST quyidagi chora-tadbirlarni tavsiya qilmoqda:

1⃣ jaziramadan erta ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish;

2⃣ aholini iqlim o‘zgarishiga chidamli, xavfsiz ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olish;

3⃣ sanitariya sharoitlarini yaxshilash;

4⃣ gigiyena va qo‘l yuvish imkoniyatlarini kengaytirish;

5⃣ ovqat tayyorlash va isitishda ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish;

6⃣ qazib olinadigan yoqilg‘ilar bo‘yicha samarali narx siyosatini yuritish.

📊 Hisobotga ko‘ra, ushbu yo‘nalishlardagi choralar uchun sarflangan har 1 dollar o‘rtacha 24 dollarlik iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltirishi mumkin.

💬 JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ta’kidlaganidek, iqlim inqirozi — sog‘liqni saqlash inqirozi hamdir. Biroq mavjud imkoniyatlar orqali buning oldini olsa bo‘ladi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🩺 JSST ma’lumotlariga ko‘ra, nosog‘lom ovqatlanish yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, insult va ayrim saraton turlari rivojlanishi xavfini oshiradi.


🥙 Shu bois iste’mol qilayotgan mahsulotlarimiz tarkibiga alohida e’tibor qaratish hamda ovqatlanish tartibiga rioya qilish muhim.

📹 SSV huzuridagi Kontent mediamarkazi tomonidan tayyorlangan videorolik shu mavzuga bag‘ishlangan.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2🤩2