Joriy yil 27-oktabr kuni Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda barcha yo‘nalishlar qatorida sohada ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilab bergan edi.
Bugun Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Adham Xudaykulov boshchiligida ushbu vazifalar ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik mas’ullari, respublika tibbiyot markazlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, tibbiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari, farmatsevtika sohasi vakillari ishtirok etdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan tadbirda tibbiyotda ilm-fan holati, oliy ta’lim muassasalari va respublika darajasidagi markazlarning ilmiy salohiyati, ilmiy ishlar himoyasi, bu borada etika qoidalariga rioya qilish, ilmiy natijalarni joriy qilish kabi yo‘nalishlardagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Poytaxtimiz O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari assotsiatsiyasining VI s’yezdi hamda Yevroosiyo shoshilinch tibbiyot hamjamiyatining IV kongressiga mezbonlik qilmoqda.
Sanoqli daqiqalardan so‘ng boshlanadigan ushbu xalqaro tadbirda mamlakatimiz vakillaridan tashqari 14 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 70 nafardan ziyod xorijlik yetakchi olimlar va soha ekspertlari ishtirok etishi kutilyapti.
Unda shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda tibbiy kadrlar malakasini oshirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari assotsiatsiyasining VI s’yezdi hamda Yevroosiyo shoshilinch tibbiyot hamjamiyatining IV kongressi boshlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, so‘nggi yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi faoliyatini takomillashtirish, hududlarda yuqori texnologiyali davolash usullari va raqamli yechimlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi xalqaro muloqot o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish va shoshilinch tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Xalqaro kongress kun tartibidan O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Avstriya, Ozarbayjon, Moldova, Polsha, Latviya, Estoniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi qator davlatlar vakillarining 160 dan ortiq ma’ruzalari o‘rin olgan.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5
🟡 Davlatimiz rahbari tomonidan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish topshirig‘i berilgan edi.
———————————
🟡 Главой государства было поручено привести деятельность специализированных медицинских центров в соответствие с международными стандартами.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Reimbursatsiya
🟡 1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣
❓ Xo‘sh, bu imkoniyatdan foydalanish tartibi qanday?
📊 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoinfografika orqali shu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
💊 Yurtimizda Reimbursatsiya dasturi asosida aholiga 12 turdagi kasallik bo‘yicha dori vositalari bepul berilmoqda.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2🤩1
#Vazir_hududlarda
🔴 ‼️ ‼️ ‼️
❓ SSV: Tibbiy xizmatdan aholi rozimi? Vazir Navoiydagi vaziyatni joyida o‘rgandi
🔃 Bu, eng avvalo, soha mas’ullaridan joylardagi vaziyatni pastga tushgan holda o‘rganish, aholi bilan muloqot qilib, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni taqozo etadi.
📍 Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning Navoiy viloyatiga safari ayni shu maqsadlarga qaratildi.
🏥 Ma’lumot o‘rnida, bugun viloyatda 1,1 milliondan ziyod doimiy aholi istiqomat qiladi. Ularga 14 ming 650 nafardan ortiq tibbiyot xodimi 580 ga yaqin shifo maskanida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
🟢 Vazir hududdagi o‘rganishlarini Navoiy shahar markaziy shifoxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, ularning ahvoli, yaratilgan sharoitlar va qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
➖ Shundan so‘ng E. Adilov shifoxona hududida barpo etilayotgan yangi binoning qurilish jarayoni bilan tanishdi. Vazir obyektni o‘z vaqtida hamda sifatli topshirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi.
🚫 Vazir viloyatdagi turli davolash muassasalari bilan birga Xatirchi tumanida ham bo‘ldi. Bu yerda oilaviy poliklinikalar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va soha xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
📱 Ma’lumki, o‘tgan yili mamlakatimizning 15 ta namunaviy hududi qatori Xatirchi tumanida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli yo‘lga qo‘yilgan edi.
🔬 Bunda asosiy e’tibor tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirishga qaratildi. Pirovardida tumanda odamlarga qulay, sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi.
🟡 Vazir tumandagi Korizarab mahallasida joylashgan 16-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishar ekan, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, qish mavsumiga tayyorgarlik, dori-darmon vositalari ta’minoti, skrining tadbirlarining tashkil etilishi va ularning natijalari bilan qiziqdi.
Vazir birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, profilaktik ko‘riklar qamrovini kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
‼️ Safar davom etmoqda.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
✅ Prezidentimiz tibbiyot sohasi oldiga xalqning o‘zi baho beradigan samarali tizim yaratish vazifasini qo‘ymoqda.
💬 — Tibbiyot muassasasiga kelgan inson sifatli xizmat va e’tibordan mamnun holda uyiga qaytishi kerak, — dedi vazir. — Buning uchun tizimdagi har bir rahbar va xodim o‘z faoliyatida halollik va mas’uliyatni ustuvor bilishi, korrupsiya hamda ta’magirlik kabi illatlarga murosasiz munosabatda bo‘lishi shart.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur muassasa 3 500 nafardan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Kunlik 50 qatnovga mo‘ljallangan poliklinikada 6 o‘rinli kunduzgi statsionar ham yo‘lga qo‘yilgan.
Vazir birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, profilaktik ko‘riklar qamrovini kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥6
#Konsepsiya
🔴 🟦 🟦 🟦
Xo‘sh, ushbu yo‘nalishni qanday mexanizmlar orqali takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda?
Xalqaro ekspertlar uni qanday baholamoqda?
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
--------------
🔴 ‼️ ‼️
Какие механизмы предлагаются для совершенствования этого направления?
Как оценивают представленный проект международные эксперты?
📹 Ответы на эти и другие вопросы — в нашем видеосюжете.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Poytaxtimizda O‘zbekistonda halokatlar tibbiyoti tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Xo‘sh, ushbu yo‘nalishni qanday mexanizmlar orqali takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda?
Xalqaro ekspertlar uni qanday baholamoqda?
--------------
В столице состоялся международный круглый стол, посвященный обсуждению проекта Концепции развития системы медицины катастроф в Узбекистане.
Какие механизмы предлагаются для совершенствования этого направления?
Как оценивают представленный проект международные эксперты?
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5
🌐 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sil kasalligi bo‘yicha yangi global hisobotini e’lon qildi.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya
🟡 1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣
❔ Xo‘sh, ovqatlanish va jismoniy faollik borasida nimalarga e’tibor berish kerak?
❔ Qondagi qand miqdorini nazorat qilishda qanday qoidalarga amal qilish lozim?
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐
🩺 Maʼlumotlarga ko‘ra, qandli diabet bilan yashayotgan insonlar soni dunyo bo‘ylab ortib bormoqda. Kasallikni nazorat qilishda esa kundalik odatlarning oʻrni alohida.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥5🤩2
Toshkentda O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari assotsiatsiyasining VI sʼyezdi va Yevroosiyo shoshilinch tibbiyot hamjamiyatining IV kongressi bo‘lib o‘tdi.
Unda shoshilinch holatlarda bemorlarga tez va sifatli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Mahalliy va xorijiy mutaxassislar zamonaviy davolash usullari bo‘yicha tajriba almashdi.
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali bu haqda batafsil tanishasiz.
_________________________
В Ташкенте состоялись VI съезд Ассоциации врачей экстренной медицинской помощи Узбекистана и IV конгресс Евроазиатского сообщества экстренной медицины.
Отечественные и зарубежные специалисты обсудили вопросы своевременного и качественного оказания экстренной медицинской помощи, а также обменялись опытом применения современных методов лечения.
Подробнее — в нашем видеосюжете.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11