Sog‘liqni saqlash vazirligi
115K subscribers
10.7K photos
4.71K videos
57 files
13.7K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
🟦🟦🟦

O‘zbekiston — Xitoy: Tibbiyot sohasida yangi kelishuvlarga erishildi


Sog‘liqni saqlash vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Jaloliddin Asamutdinov Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Lun Yuysyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.


Muloqotda ta’kidlanganidek, ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanmoqda.

Ikki tomonlama aloqalarda sog‘liqni saqlash sohasi muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, kadrlar tayyorlash va farmatsevtika kabi qator yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, so‘nggi uch yilda 500 nafardan ortiq o‘zbekistonlik shifokor Xitoyda malaka oshirib qaytdi. Mamlakatimizda Xitoyning 10 dan ortiq farmatsevtika kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, ushbu davlat kompaniyalarining 188 turdagi dori vositasi hamda 1 900 ta tibbiy buyum va diagnostika vositalari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan.

Muzokaralar davomida yurtimizda an’anaviy tibbiyotni rivojlantirish, bu borada Xitoy tajribasidan foydalanish, qo‘shma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Xorijlik mehmonlar O‘zbekistondagi investitsiya muhiti, mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar haqida qiziqib, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida faoliyat yurituvchi xitoylik investorlarning yurtimizga tashrifini tashkil etish taklifini bildirdi.

Uchrashuv yakunida xitoylik mutaxassislar ishtirokida grant asosida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, tabiiy xomashyo asosida dori vositalari ishlab chiqarish, ularning sifati va xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish borasida kelishuvlarga erishildi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥6
💜💜💜

Palliativ tibbiy xizmat og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ularda og‘riqni kamaytirish, kasallik belgilarini nazorat qilish hamda uzluksiz kompleks tibbiy-ijtimoiy, psixologik va parvarish yordamini ko‘rsatishdan iborat.

 
Xo‘sh, yurtimizda kimlar palliativ tibbiy xizmatlardan foydalanishi mumkin?
 
Qaysi hududlarda xospislar tashkil etiladi?

SSV huzuridagi Kontent mediamarkazi tomonidan tayyorlangan fotokollaj orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
 
 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡  🩵❤️💛💙❤️❤️🩵🩷❤️

Bolaning dunyoga kelishi — ona uchun eng katta baxt. Ammo ba’zan bu baxtga erishish uchun uzoq kurashishga to‘g‘ri keladi...


Muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloq hayotining ilk kunlariyoq og‘ir sinovlarga to‘la bo‘ladi. Bu murg‘ak jonlar hayotini saqlab qolish uchun esa neonatologlar yordamga keladi.

Tibbiyotimizdagi tub islohotlar natijasida bugun ular 22 haftalik, 500 gramm va undan ortiq vaznda tug‘ilgan go‘daklarning hayotini ham saqlab qolmoqda. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga to‘liq mos keladi.

Butunjahon muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar kuni munosabati bilan SSV Matbuoti xizmati bir muddat avval tayyorlangan "ICHKARIDA" loyihasining Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali shifokor-neonatologi Malika Usmanova faoliyatiga bag‘ishlangan sonini e’tiboringizga havola etadi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥5🤩2
#tavsiya

Havo sovishi bilan grippga chalinish holatlari ko‘payadi. Bu davrda o‘zimiz va yaqinlarimizni mazkur virusli infeksiyadan asrash uchun kundalik hayotda qanday ehtiyot choralariga amal qilishni bilish muhim.


SSV Matbuot xizmati tomonidan bu borada muntazam ravishda shifokorlar tavsiyasi e’lon qilib kelinmoqda. Quyidagi havolalar orqali ular bilan tanishib, grippdan himoyalanishga oid muhim savollarga mutaxassislarning batafsil javoblarini olishingiz mumkin.

https://t.me/ssvuz/23119
https://t.me/ssvuz/23147
https://t.me/ssvuz/22817
https://t.me/ssvuz/23015
https://t.me/ssvuz/23098
https://t.me/ssvuz/23220
https://t.me/ssvuz/23345


🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥1
#Tavsiya

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🩺 Bolalikdagi suyak sinishlari doim ham izsiz o‘tib ketmaydi. Bo‘yin umurtqasi osteoxondrozi esa kundalik hayotda turli noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin.


❓ Xo‘sh, bu kasalliklarning sababi nima?

❓ Ularni uy sharoitida davolash mumkinmi?

❓ Oldini olish uchun qanday tavsiyalarga amal qilish kerak?

🔵 Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari — Iskandar Xadjanov va Rustam Musayev javob beradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1
SSV: Yurtimiz tibbiyot muassasalari imkoniyatlari xalqaro mezonlar asosida baholandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi UNICEF bilan birgalikda tibbiy xizmatlarning mavjudligi va ularni ko‘rsatishga tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida o‘tkazilgan SARA (Service Availability and Readiness Assessment) tadqiqot natijalarini taqdim etdi.


Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Sog‘liqni saqlash, Ta’lim va ilm-fan vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mas’ullari, shuningdek, UNICEF, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori, VISION jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, SARA Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro baholash metodologiyasi bo‘lib, tibbiyot muassasalarining aholiga zarur tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan.

Ushbu metodologiya asosida tibbiyot muassasalari infratuzilmasi, ularning tibbiy asbob-uskunalar, dori, diagnostika vositalari va boshqa zarur resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi baholanadi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda birlamchi bo‘g‘inni rivojlantirish, kasalliklarning oldini olish va erta aniqlash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Muhokamalar davomida oilaviy shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash, tibbiyot muassasalarini zarur kadrlar bilan ta’minlash hamda onalar va bolalar salomatligini asrash, sohani raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, milliy baholash natijalari atroflicha muhokama qilinib, olingan ma’lumotlar asosida sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusi amaliy qadamlar belgilab olindi.

Tadqiqot natijalari mavjud muammo va ehtiyojlarni aniqlash, investitsiyalarni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish hamda tibbiy infratuzilmani rivojlantirishda ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥3
❗️Tibbiyot muassasalari qish mavsumiga qanchalik tayyor?

Qish fasli yaqinlashmoqda. Bu davrda davlat tibbiyot muassasalarida issiqlik va elektr ta’minoti barqarorligini saqlash, bemorlar uchun zarur sharoitlar yaratish hamda tibbiy xizmatlar uzluksizligini ta’minlash muhim vazifa sanaladi.


Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov ishtirokida videokonferens aloqa shaklida o‘tkazilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda ayni shu yo‘nalishdagi ishlar sarhisob qilinib, mavjud kamchiliklar ko‘rib chiqildi.

Unda vazirlik mas’ullari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, barcha hududiy boshqarmalar, ixtisoslashgan markazlar, davolash muassasalari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari hamda tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda hududlar va tibbiyot muassasalari kesimida mavsumga tayyorgarlik, xususan, isitish qozonlari, yoqilg‘i zaxirasi, elektr generatorlari va muqobil energiya ta’minoti bilan bog‘liq ishlar tahlil etildi. Shuningdek, shifo maskanlarida me’yoriy haroratni ta’minlash, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini nazorat qilish hamda bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugun yurtimizda jami 3 600 dan ziyod davlat tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda. Qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 56,9 ming tonna ko‘mir zaxira qilingan. Ma’nan eskirgan 156 ta isitish qozonini almashtirish va ta’mirlash ishlari to‘liq bajarildi. Shuningdek, respublika va hududiy shtablar tuzilib, mavsumga tayyorgarlik kunlik monitoring qilib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida joylarda bu borada ayrim kamchiliklar borligi aniqlandi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatidagi ba’zi tibbiyot muassasalarida ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda yakunlanmagan.

Ko‘kdala, Yakkabog‘, Bandixon, Bekobod, Bo‘ka tumanlaridagi ayrim oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlarida ko‘mir zaxiralari ochiq havoda saqlanayotgani, Shahrixon tumanidagi 66-oilaviy poliklinikada isitish tizimi hanuz ishga tushirilmagani aniqlangan.

Qolaversa, Jizzax viloyatidagi 6 ta, Qashqadaryo va Xorazmdagi 3 ta, Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi 2 ta, Andijon, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi 1 tadan obyekt markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulanmagan.

Shuningdek, yig‘ilishda Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Jizzax, Namangan va Samarqand viloyatidagi 15 ta sog‘liqni saqlash obyekti qozonxonalarida sanoat xavfsizligi talablari buzilganligi, ayrim hududlarda esa qo‘lbola qozonlardan foydalanib kelinayotgani jiddiy tanqid ostiga olindi.

— Qishda hech bir tibbiyot muassasasida issiqlik va elektr ta’minoti bilan bog’liq muammo bo’lmasligi kerak. Bu bemorlar oldidagi mas’uliyatimiz, — dedi vazir. — Mendan tortib eng quyi bo‘g‘indagi rahbargacha har birimiz bu ish uchun javobgarmiz. Shu bois bu masalaga befarq qaragan mas’ullarga nisbatan jiddiy choralar ko‘riladi.


Yig‘ilishda vazir barcha tibbiyot muassasalari binolarida me’yoriy haroratni ta’minlash, elektr va isitish ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Bunda qozonxonalarning texnik sozligi va generatorlarning doimiy shayligini ta’minlash, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish hamda yetarli yoqilg‘i zaxirasini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Xususan, joriy yil kuz mavsumida sog‘liqni saqlash obyektlari hamda ularga tutash hududlarda jami 836,1 ming tup ko‘chat ekilishi belgilangan bo‘lsa-da, bugunga qadar bu ishlar to‘liq bajarilmagan. Ayniqsa, Namangan, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida bu boradagi ishlar sust ekani jiddiy tanqid qilindi.

Yig‘ilishda belgilangan topshiriqlarni bajarishda sovuqqonlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar qat’iy ogohlantirilib, ayrim mas’ullarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Yakunda kun tartibidagi masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥9🤩2