📖Surxondaryoda "Jadidlar izidan" respublika tanlovining tuman, shahar bosqichlari bo‘lib o‘tdi📰Bugun Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida
"Jadidlar izidan" respublika tanlovining tuman, shahar bosqichlari o‘tkazildi.
➡️Denov tumanida bo‘lgan tanlov jarayonlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, g‘oliblarga diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi. ✅Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitishdir.
🔔Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.🗣Tanlovning respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan
14 nafar ishtirokchi
xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.
📎 Nizom bilan tanishing✅Ma'lumot uchun, respublika miqyosida eng ko‘p 67 ming 551 nafar surxondaryolik o‘quvchilar ushbu tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishgan.🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺You tube 🕊Twitter ✅Veb-sayt