Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
879 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
Forwarded from Kenja Botir (Kenja Botir)
Jadidlar Izidan....!


Bugun Uzun tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Uzun tuman boʻlinmasi va Surxondaryo viloyat axborot resurs markazi bilan hamkorlikda "Jadidlar Izidan" koʻrik tanlovi tuman bosqichi oʻtkazildi.

Tanlovda tumanning sektorlar bosqichida gʻolib boʻlgan 6-7-8 va 9-10 sinf oʻquvchilari bellashdi. Qizgʻin bahs munozaralarga boy boʻlgan ushbu tanlovda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Tanlovda 1-oʻrinni olgan oʻquvchilar keyingi bosqichga yoʻllanma oldilar. Gʻolib boʻlganlarga keyingi bosqichlarda omadlar tilab qolamiz!


https://t.me/Kenja_Botirjon
📖Surxondaryoda "Jadidlar izidan" respublika tanlovining tuman, shahar bosqichlari bo‘lib o‘tdi

📰Bugun Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida "Jadidlar izidan" respublika tanlovining tuman, shahar bosqichlari o‘tkazildi.

➡️Denov tumanida bo‘lgan tanlov jarayonlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, g‘oliblarga diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitishdir.

🔔Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.

🗣Tanlovning respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

📎 Nizom bilan tanishing

Ma'lumot uchun, respublika miqyosida eng ko‘p 67 ming 551 nafar surxondaryolik o‘quvchilar ushbu tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishgan.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM