#Navoiyni _eslab
#Men Navoiy Asarlarining Qahramoniman.
Suraxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 57-sonli umumta'lim maktabida G'azal mulkining sultoni hazrat Mir Alisher Navoiy tavalluding 580-yilligiga bag'ishlangan "Men Navoiy Asarlarining Qahramoniman" shiori ostida Ajoyib Navoiy kechasi o'tkazildi . Navoiy kechasida bilimga chanqoq o'quvchilar ishtirokida bahrubayt ,eng jozibali g'azal aytish, Navoiy hayotini bilaszmi ,Navoiy g'azalidan raqs, biz Navoiy izdoshlarimiz kabi chiqishlarni 6-8-9-10-sinflar namoyish etishdi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYAT
#JARQOʻRGʻON_TUMANI
#MEN_OʻQIGAN_KITOB loyihasi
Jarqoʻrgʻon tumani xalq taʼlim boʻlimiga qarashli 23-sonli umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Bobomurodova Ruhshona Cho'lponning ,"Kecha va kunduz" asari haqida.

#MEN TUGATGAN KITOB✓
Assalomu alaykum...
Bu turk yozuvchilarining eng sara hikoyalari jamlangan kitob bo‘lib, har bir hikoya insonni fikr qilishga, o‘yga tolishiga ba'zilari esa ko‘zingizga yosh olib kelishga ham qodir. Hikoyalarni o‘qir ekanman nahot shu yaxshi insonlar kabi bo‘lolmaymiz hech yo‘q harakat qilmaymiz... Kimgadur yaxshilik qilganmanmi o‘zi degan savollar girdobida qoldim... Bu kitobni o‘qigan inson yaxshilik tomon odimlaydi... Har bir hikoya ko‘z o‘ngimizda qachondir bo‘lganu lekin e'tibor bermaganmiz xolos... O‘zimga yoqqan eng yaxshi hikoyani yozib qoldiraman fikr qiling xulosa chiqaring...
HAYOT PUSHAYMON QILISH UCHUN JUDA QISQA
Ayol taksiga o'tirdi va haydovchiga aeroportga bormoqchiligini aytdi. Mashina o‘ng chizik bo‘ylab yo‘l oldi. Tusatdan qora rangli yuk mashina qarshisidan chiqdi. haydovchi to‘qnashib ketmaslik uchun zudlik bilan tormoz berdi. Taksi tuxtashga ulgurdi, ammo orqadan kelgan avtomobil bilan to‘qnashib ketishga bir bahiya qoldi. Yuk avtomobil haydovchisi oynadan boshini chiqarib haqorat qilgancha baqira ketdi. Taksi haydovchisi esa hotirjam tabassum bilan samimy qo‘l silkib qo‘ydi. Bir zumda ro‘y bergan bu voqeadan daxshatga tushgan ayol, taksi haydovchisining bu ishidan ajablandi . "Nega bunday qildingiz? - dey so‘radi ayol. U sal bo‘lsa mashinangizga ziyon yetkazib, ikkimizni ham usal qilardi". Taksi haydovchisi kulimsirab:
- Ahlat qutisi qoidasi, - dedi.
-U nima degani? - dedi ayol hech narsani anglamay.
-Ayrim odamlar axlat qutisi kabi,- deya izohladi haydovchi.
-Yuragida axlat ko‘tarib yuradi; jahl-g'azab va tushkunlik tashiydi. Qalbi axlat bilan to‘lib - toshib ketsa, qayergadir to‘kishga ehtiyoj sezadilar. Ularning ruhiy axlatiga men yoki siz nishon bo‘lamiz. Shunday paytlarda hech o‘zingizga olmang, xafa bo‘lmang. Ularga yaxshilik tilang va yo‘lingizda davom eting. Undaylarning axlatini ishxonangiz yoki uyingizga ko‘tarib bormang. Ko‘chadagi boshqa odamlarga ham sochib yurmang. Omadli va baxtiyor insonlar axlat qutilariga kunlarini mahv etish etish, ruhiyatlariga ta'sir ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘ymaydilar. Hayot tongda pushaymonlik bilan uyg‘onish uchun juda qisqa. Shuning uchun sizga go‘zal muomilada bo‘lgan insonlarni seving va yaxshi munosabatda bo‘lmaganlarga yaxshiliklar sog‘ining.
Hayot-o‘n foiz qanday ishlarni bajarganingiz va 90% uni qanday qarshilaganingizga bog‘liq...
Xolida Raxmatullayevna

#Men o'qigan kitob
Termiz shahridagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining kutubxonasida kitobxonlar bilan "Men o'qigan kitob" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati
| Telegram | Instagram | Facebook

#SVBK
#Men_sevgan_adib
✅ Qumqòrģon tumanidagi 1- umumiy òrta ta'lim maktabida òqituvchi va òquvchilar ishtirokida "Men sevgan adib" shiori ostida òquv mashģuloti òtkazildi. Bu jarayon barchaga yaxshi taassurot qoldirdi.

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📱Instagram✅Web site

#men o'qigan maktab kutubxonasiga kitob sovg'a qilaman.
📚📚📚📚Muzrabot tumanidagi 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonasiga shu maktabda ta'lim olgan Hamroyev Bobur tomonidan 5 nomdagi 25 dona kitob sovğa qilindi.
#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati
📱Telegram🎞You tube📱Facebook📱Instagram✅Web site
📚📚📚📚Muzrabot tumanidagi 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonasiga shu maktabda ta'lim olgan Hamroyev Bobur tomonidan 5 nomdagi 25 dona kitob sovğa qilindi.
#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati
📱Telegram🎞You tube📱Facebook📱Instagram✅Web site
#MEN O'QIB TUGATGAN KITOB
Gabriel_Garsia_Markes
"Yolgʻizlikning yuz yili"
Dastavval institutda oʻqib yurgan chogʻlarimda Nobel mukofotini olgan asar boʻlganligi uchun katta qiziqish bilan harid qilgan boʻlsamda, ammo oʻqib boshlagach maʼnaviyatsiz va mantiqsiz deb topib(oʻzimcha) oʻqimagan edim. Ammo yillar oʻtgacha oʻqigani kitob qolmagani uchun "bunga bekordan bekor Nobel bermagandir" deb oʻqib boshladim. Kitobni oʻqishni boshlagan ilk damlardayoq avvalgi taassurotlarim miyamda qayta jonlana boshlagan ham ediki, ammo keyinchalik men qanchalik xato fikr yuritganim asarni oʻqish davomida yaqqol bilindi. Asar asr oshgan boʻlishiga qaramay, hozirgi jamiyat bilan birday ekani meni lol qoldirdi. Boshida mantiqsiz deb topgan voqea hodisalar aslida hozirgi jamiyatimizda koʻplab uchrab turuvchi hodisalar ekanligini oʻqish jarayonida angalab bordim. Biz ham hech qachon Xose Arkodiolarga oʻxshab turish turmushni, hayotimizni oʻzgartirmasdan davom etib borayotgan arxitiplar ekanimizni angladim. Ursula shu avlodni oʻzgartirish buzuqlikni va dangasalikni ketkazish uchun qancha harakat qilmasin qon-qoniga singib ketgan Arkadiolar takrorlanib qoni buzilib tugʻilaveradi. Ursula bu avlodni huddi gʻildirakka oʻxshatadi. Hammasi Arkadiolar va Aureleonolar takrorlanishidan hayratlanadi. Ular hammasi yolgʻiz edi va shunday oʻlib ketishadi. Asarda oʻz hirsini jilovlolmagan maʼnaviy buzuqliklarga ruju qoʻygan katta ammo baxtsiz oila tasvirlangan.
Madaniy ommaviy tadbirlar bòlimi
Madaniyat ishlar bòyicha tashkilotchisi