Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasiπŸ“šπŸ“šπŸ“š
881 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
Xotira bor ekan β€” millat barhayot

Surxondaryoda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda.

Bugun erta tongdan Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimi Ulugβ€˜bek Qosimov boshchiligidagi sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tashrif buyurishib, maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qoβ€˜ydilar.

Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yoβ€˜lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi.

Mamlakatimiz boβ€˜ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni oβ€˜zgacha ruhda nishonlanayotgani zamirida ajdodlar xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yoβ€˜lida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-ehtirom koβ€˜rsatish kabi ezgu maqsadlar mujassam ekanligini namoyon boβ€˜lmoqda.

#Surxondaryo #9may #Xotiravaqadrlash

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X