Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
882 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
#𝑻𝑨𝑽𝑨𝑳𝑳𝑼𝑫𝑳𝑨𝑹 𝑺𝑨𝑯𝑰𝑭𝑨𝑺𝑰𝑫𝑨✓

Bugun: 16-may Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fatxulla Masudov tavallud topgan kun.

Masudov Fatxulla Xusanovich 1963-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1980-1984-yillarda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti talabasi. 1986-1988-yillarda Oʻzbek davlat akademik drama teatri rejissyor yordamchisi, 1988-yildan esa aktyor sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2015-yildan buyon Oʻzbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelmoqda. 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor boʻlgan. 2003-yili ”Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yili “Mexnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Masudov Fatxulla sahnadagi ijodining dastlabki yillaridan ijodiy ishga jiddiy kirishdi. Birin-ketin takrorlanmas obrazlar yaratila boshlandi. U bugunga kelib, teatrning yetuk aktyorlaridan biriga aylangan. Masudov Fatxulla milliy teatr sahnasida ”Qutlugʻ qon”da Yigit, “Sehrli apelsin”da Shaxzoda, ”Tuxmat”da Umid, “Mirzo Ulugʻbek”da Ali Qushchi, ”A.Qodiriyning Oʻtkan kunlari”da Abduxakim, “Xotinlar gapidan chiqqan xangoma”da Quvonch, ”Shum bola”da Omon, “Alisher Navoiy”da Sohibdoro, Mansur, ”Sohibqiron”da Alovuddin, “Mashrab”da mulla Boqiy, ”Hayotdan toʻygan tun”da Asan, “Kunduzsiz kechalar”da Oybek, ”Qirol Lir”da fransuz Qiroli, “Usmon Nosir”da Usmon, ”Adibning umri”da Oybek, “Uch kunlik dunyo”da Abdusattor, ”Talvasa”da kichik farzand, “Choʻrtan baliq amri bilan”da Qorbobo, ”Najot istab”da Murod, “Neksiya”da Taʼlat, ”Abulfayzxon”da Raximbek, “Taxtizar”da Gerakl, ”Umr shomidagi baxt”da prokuror, “Al-Fargʻoniy”da Dilmurod, ”Eng suluv kelinchak”da Abdulla, “Oʻzbekcha raqs”da Tursunboy, ”Hasrat bogʻi”da Ashraf, “Oʻgʻrini qaroqchi urdi”da Zamon, ”Kurort”da Shlyapali kishi, “Yetti faryod”da Santelyano, ”Bir qadam yoʻl”da Abdulqodir, “Oʻtkan zamon xangmalari”da Oʻgʻri, ”Oltin qiz”da Oʻgʻil, “Chimildiq”da Togʻa, ”Oʻtkan kunlar”da Otabek, “Omon boʻlgin, azizim”da Jorj, ”Oʻzbekcha raqs”da Tursunboy, “Senga bir gap aytaman”da Oʻgʻil, ”Sizsiz oʻtmas kunlarim”da Ismoil, “Oʻtkan kunlar”da Otabek va boshqa koʻplab spektakllarda rang – barang obrazlar ijro etib kelmoqda. Bundan tashqari, “Qaldirgʻoch” oʻgʻil, ”Seni izlab” birinchi yigit, “Ayol zoti” Qodirjon, ”Oq tulpor izidan” leytinant, “Jumboq” izquvar, ”Toychoq” Botir, “Ostona” mayor, ”Qutirgan itlar orasida” reketyor, “Kichkina tabib” kuyov, ”Zumrad va Qimmat” Ota, “Mehribonginam” Mafiyoznik, ”Munis onam” Gʻolib, “Otangga qoʻl koʻtarma” oʻgʻil, ”Bekatdagi odam” Tergovchi, “Xonadon egasi” Oʻgʻil kabi bir qancha katta va kichik obrazlarni ijro etib kelmoqda. Dublyajda 500 dan ortiq filmlarga ovoz bergan. 2001-yili ”Usmon Nosir” spektaklidagi Usmon Nosir roli uchun "Yilning eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasiga savozor boʻldi.
2020 yilning 30 avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas'udov koronavirusning qurboni bo'ldi.



𝑿𝒐𝒍𝒊𝒅𝒂 𝑹𝒂𝒙𝒎𝒂𝒕𝒖𝒍𝒍𝒂𝒚𝒆𝒗𝒏𝒂
#TAVALLUDLAR KUN QAHRAMONI#

Toʻti Yusupova (3-oktabr 1936-yil, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 15-mart 2022-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq artisti (1994). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). 1957-yildan hozirgi Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi. Hafiza (A.Qahhor, „Shohi soʻzana“), Sonya (A.Chexov, „Vanya togʻa“), Qorasoch (Uygʻun, „Shubha“), Hojar (A.Qahhor, „Tobutdan tovush“), Nuri (Oybek, „Qutlugʻ qon“), Ona (Eʼ Robles, „Oʻlimdan kuchli“), Xonzoda (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Shafaq (M. Karim, „Oy tutilgan tunda“), Rahima (Oʻ. Umarbekov, „Komissiya“), Sotti (S.Ahmad, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Fotima, Zebi (Oʻ.Umarbekov, „Shoshma quyosh“, „Qiyomat qarz“), Nodira (T.Toʻla, „Nodira“), Mastura (Hamza, „Paranji sirlari“) kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi.


Madaniy ommaviy tadbirlar bòlimi
Madaniyat ishlar bòyicha tashkilotchisi
Xolida Raxmatullayevna
#TAVALLUDLAR

Fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma 1802-yil 24-iyul kuni Viller-Kotre (En departamenti) shahrida dunyoga kelgan. Adabiy faoliyatini 1825-yil dramaturg sifatida boshlagan uning “Ov va muhabbat” kichik pyesasidir. 1829-yilda yaratgan “Genrix III va uning saroyi” dramasi yozuvchiga muvaffaqiyat keltirdi. Dyumaning 1831-yil “Antoni”, 1832-yil “Nel minorasi” va boshqa pyesalari romantik teatr tarixidagi muhim voqeadir. 1835-yilda Dyuma birinchi tarixiy romani “Izabella Bavarskaya”ni e’lon qildi. 19-asrning 40-yilarida ketma-ket “Uch mushketor” 1844-yil, “Yigirma yildan so’ng” 1845-yil, “Vikont de Brajelon” 1848-1850-yillar tarixiy-sarguzasht romanlari paydo bo’ldi. Trilogiya tashkil etgan bu romanlarning qahramonlari umumiy – asrdan-asrga o’tib yuradi.

Xolida Raxmatullayevna


#Surxondaryo viloyat  Bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
#TAVALLUDLAR

Latish rejissori va aktyori Alfred Amtman-Briydit Fristevich 1885 yil 24 iyulda dunyoga keladi. Yirik latish aktyori-realistlaridandir. Uning Uldis, Indulis (“Esaver shamol !”, “Indulis va Ariya”), Atvasar (“Loy va chinni”), Knurov (“Sepsiz qiz”) ba boshqa rollari mashhur. “Baliqchining o’g’li”, “Yashil zamin” kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Aktyor 1966 yil 15 may kuni Regada vafot etadi.

Xolida Raxmatullayevna


#Surxondaryo viloyat  Bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
🟦🟦🟦🟦

Bugun 5-noyabr haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳BMT – Butunjahon sunamidan xabardorlik kuni.
🌍Xalqaro volontyor menejerlar kuni.

#muhim_voqealar
🔵1912 – Xiva shahrida pochta va telegraf ochildi.
🔵1929 – Toshkentda ma'rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 nafar kishi qamoqqa olindi.
🔵1956 – Oʻzbekistonda televideniye tashkil topgan kun.
🔵1999 – Urganchda Jaloliddin Manguberdi tavalluning 800 yilliga bag‘ishlangan katta tantanalar bo‘lib o‘tdi.

#tavalludlar
🔴1917 – Saidmag‘ruf A’zamxo‘jayev – jarroh, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1972).
🔴1920 – Duglas Nort (2015) – amerikalik iqtisodchi. Nobel mukofoti sohibi (1993).
🔴1937 – Sulton Otajonov – kulol, O'zbekiston xalq ustasi (1999).