TerDU rasmiy kanali
20.3K subscribers
31.7K photos
3.94K videos
1.04K files
14.1K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#Talabalikka_bağişlov #11

REKTOR VA TALABALAR MULOQOTI: XORIJIY TILLAR — YANGI IMKONIYATLAR KALITI!


Termiz davlat universitetida “Talabalikka bağışlov” tadbirlari doirasida universitet rektori, professor Abduqodir Toşqulovning Xorijiy filologiya fakulteti birinçi bosqiç talabalari bilan oçiq muloqoti bōlib ōtdi.
Uçraşuvda rektor yoşlarni talabalik safiga qabul qilingani bilan tabriklab, bugungi globallaşuv şaroitida xorijiy tillarni mukammal egallaş, zamonaviy bilim va kōnikmalarga ega bōliş hamda xalqaro maydonda raqobatbardoş mutaxassis sifatida şakllanişning ahamiyatiga alohida tōxtaldi.

Muloqot davomida fakultetning ta’lim va ilmiy salohiyati, talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda akademik imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Bugungi kunda fakultetda 2 230 nafar talaba tahsil olmoqda. 106 nafar professor-ōqituvçi faoliyat yuritayotgan fakultetda xorijiy tillarni çuqur ōrgatiş, ilmiy izlanişlarni rivojlantiriş va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Fakultetning Germaniyadagi Leypsig universiteti, DAAD, Britaniya Kengaşi, Alliance Française hamda Erasmus+ dasturlari doirasidagi xalqaro hamkorligi talabalar va professor-ōqituvçilar uçun akademik almaşinuv, xorijda tajriba orttiriş va ilg‘or ta’lim amaliyotlarini ōzlaştiriş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Samimiy va oçiq ruhda ōtgan uçraşuvda talabalar ōzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Rektor yoşlarni xorijiy tillarni puxta ōzlaştiriş, ilmiy izlanişlarda faol bōliş, xalqaro imkoniyatlardan unumli foydalaniş hamda universitet hayotida taşabbuskorlik kōrsatişga çorladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
1❤16👍10🎉5🫡2
#kun_hikmati

“Vaqtingizni qadrlang, çunki hayot aynan vaqtdan taşkil topgan.”


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Benjamin Franklin

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

HUDUD | TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALIKKA BAĞIŞLOV MAROSIMI ÖTKAZILMOQDA

Surxondaryo viloyatidagi Termiz davlat universitetida bir hafta davomida talabalikka qabul qilingan yoşlar uçun tantanali marosimlar taşkil etilmoqda. Tadbirlar yangi talabalarga talabalik hayotining ilk taassurotlarini ulaşiş, ularni öqişda yuqori natijalarga erişişga rağbatlantiriş hamda oldinda turgan vazifalarni anglatişga qaratilgan.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
👍11❤3
#Xushxabar

🏛Termiz davlat universiteti professori Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna özining "Yoğoçni himoyalovçi antipiren-antiseptik" innovatsion işlanmasi bilan "InnoWeek-2026" doirasida ötkazilgan "Hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihasi" tanlovida munosib ğoliblikni qölga kiritdi.

​Olimamizni uşbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlab, kelgusi ilmiy va innovatsion faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤37👍17🔥16🎉4🫡2🤔1
Forwarded from Edu.uz
#Xalqaro_forum #Oçiliş_marosimi

Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi iş boşladi


“Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi öz işini boşladi.

Forumning rasmiy oçiliş marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov iştirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prizedentining tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

“Qariyb 85 million aholi istiqomat qilayotgan mintaqamizning bebaho boyligi bu – bilimga çanqoq, katta orzu-intilişlar bilan yaşayotgan yoş avlodimizdir. Ana şu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuçga aylantirişda eng samarali yöl – sifatli, zamonaviy ta’lim va tarbiyadir.

Yaqinda alohida Farmon qabul qilib, maktabgaça va maktab ta’limi, kasbiy va oliy ta’lim hamda ilm-fan boşqaruvini yagona tizimga birlaştirdik. Şu tariqa boşlanğiç bilim va tarbiya olişdan yetuk mutaxassis va olim bölib şakllaniş davrigaça bölgan ma’rifiy bosqiçlarning uzviy boğliqligini ta’minlaşni maqsad qilganmiz.

Bizning bu sohadagi strategik maqsadimiz – Markaziy Osiyoni özaro işonç va döstlik diyoriga, ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlaşgan umumiy intellektual makonga aylantirişdir”.


Anjumanda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiz, Tojikiston va Turkmaniston mamlakatlarining ta’lim vazirlari, şuningdek, qator davlatlarning ta’limga mas’ul vakillari, xorijiy yetakçi universitetlar rahbarlari, xalqaro taşkilotlar vakillari va ekspertlar iştirok etmoqda.

Forum doirasida ta’lim tizimining dolzarb masalalari, oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oşiriş, innovatsion işlanmalarni qöllab-quvvatlaş va xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilinadi.

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7