TerDU rasmiy kanali
19.8K subscribers
32.2K photos
4.01K videos
1.04K files
14.4K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi orzular va yangi imkoniyatlar bilan boshlandi!

🟢Termiz davlat universitetida talabalik sari ilk qadamini qo‘ygan yoshlarimiz ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitda kutib olindi.

🟢Bugungi unutilmas lahzalar — kelajakdagi katta marralar sari tashlangan ilk qadamlar!

🟢Aziz talabalar, universitetimiz oilasiga xush kelibsiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥28👏13❤10👍6🤔5🎉4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“O‘zbekiston 24”
telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvda Termiz davlat universiteti professori vohada OTMlar soni qisqa muddatda 1 tadan 7 taga yetgani, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi esa bir necha barobar yuksalganini ta’kidladi.

Bu jarayonda TermDUning akademik salohiyati, ilmiy va pedagogik tajribasi ham vohada oliy ta’lim taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Natijada minglab yoshlar uchun oliy ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengaydi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1❤9🔥8👍6
#xalqaro_hamkorlik

🇮🇩 Indoneziyadagi talabalarimizning ilk taassurotlari

🟢Yodingizda bo‘lsa, bir muddat avval 30 nafardan ortiq magistrantlarimizni qo‘shma ta'lim dasturi orqali Indoneziya pedagogika universitetiga 1 yillik o‘qishga kuzatgan edik. Talabalarimiz o‘quv jarayonlariga sho‘ng‘ishdi va taassurotlari bilan bo‘lishishdi!

🟢Delegatsiya va talabalarimiz hamkor oliygoh rektori Prof. Didi Sukyadi, rahbariyat va professor-o'qituvchilar tomonidan iliq kutib olindi.

🟢Shuningdek, ularga hamrohlik qilayotgan xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Sh.Yodgorov hamda kafedra mudiri J.Alimovlar ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, yangi akademik loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy muzokara va harakatlarni olib borishmoqda.

🟢 Ta’limda chegara yo‘q. Xorijda o‘qish va xalqaro hamkorlik — yangi marralar sari to‘g‘ri qadam!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍39🔥13❤12👏6🤔3🎉1🫡1
#kun_hikmati

“Siz qila olmayman deb oʻylagan narsangizni qilishingiz kerak."

Eleonora Ruzvelt


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤26🔥6👍3🤔1
Surxondaryo va Mogilyov viloyatlari o‘rtasida hududlararo hamkorlik yangi bosqichda rivojlanmoqda
 
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi vohamiz delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Belarus Respublikasiga yetib keldi.
 
Viloyatimiz rahbari dastlab, Mogilyov viloyatiga tashrif buyurib, Shon-shuhrat maydondagi Abadiy olov yodiga gul qo‘yib, ozodlik va tinchlik yo‘lida qurbon bo‘lganlar xotirasini yod etdi.
 
Shundan so‘ng, Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Isachenko va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibda uchrashuvi o‘tkazildi.
 
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning tashabbuslari bilan so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi.
 
Uchrashuvda Surxondaryo va Mogilyov viloyatlari o‘rtasida hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat va qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani rivojlantirish, shuningdek, mavjud hamkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
 
Uchrashuv yakunida hududlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
 
Jumladan, Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hamda uni 2026–2028-yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" qabul qilindi. Shuningdek, boshqa ikki tomonlama hamkorlik hujjatlari ham imzolandi.
 
Mazkur kelishuvlar Surxondaryo va Mogilyov viloyatlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
 
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤15👍5🔥2