TerDU rasmiy kanali
20K subscribers
31.9K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢“Vatan Muqaddas” — iste’dod va Vatanga muhabbat tarannumi!

🟢Musiqa ta’limi kafedrasining yangi ochilgan Estrada xonandaligi yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-kurs talabalari ishtirokida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan Muqaddas” nomli tanlov o‘tkazildi.

🟢Tanlovda yosh iste’dodlar Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga sadoqatini o‘z ijrolari orqali namoyon etdilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤8👏6🔥1
Forwarded from Edu.uz
Baliqchida xalqaro standartlarga mos sport anjomlari ishlab chiqarilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi sport anjomlarini ishlab chiqarayotgan “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxonada taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi yoʻlga qoʻyilgan. Tumandagi 1- va 2-son texnikumlarning 100 nafar oʻquvchisi dual taʼlim asosida oʻqitilmoqda. Ular nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlamoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥7👍5❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda har bir insonga tirgak kerak. Ota-ona farzandiga, aka-uka esa bir-biriga suyanch bo‘lsa — oila mustahkam bo‘ladi.

Telegram | Facebook |  Instagram | Youtube
❤33👍28🔥7👏6
E’LON: Koreyadagi yoshlar bilan ochiq muloqot

📅24-sentabr, 2026-yil
⏰️10:00
💻Onlayn, Zoom platformasi

Surxondaryo viloyati hokimining Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ochiq onlayn muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda Koreya Respublikasidan  Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov, Koreyadagi o‘zbek diasporasi vakillari hamda vohadosh yoshlar ishtirok etadi.

Muloqotdan maqsad — xorijda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan vohadosh yoshlar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning salohiyati va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or g‘oya va takliflarni Surxondaryo taraqqiyoti yo‘lida birlashtirish hamda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish.

📷Ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/6ogcJNhSxGeNNpd48

Siz ham muloqotda faol ishtirok eting! O‘z fikr, savol va takliflaringiz bilan ushbu ochiq muloqotga o‘z hissangizni qo‘shing!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍8🔥5❤4👏3
#kun_hikmati

“Imkoniyatlar kamdan-kam hollarda o‘z-o‘zidan keladi; ularni izlash kerak.”

Jorj S. Patton

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👏12👍5❤2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷TerDU va Koreya: yangi imkoniyatlar sari

🟢Termiz davlat universiteti va Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

🟢Ta’lim, ilm-fan, innovatsiya, qo‘shma dasturlar hamda akademik almashinuv yo‘nalishlaridagi hamkorlik — TerDU yoshlari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Sejong University — Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlaridan biri. QS 2026: dunyoda 398-o‘rin. Koreyada top-15 universitet qatorida. Ayniqsa ilm-fan, IT va turizm yo‘nalishlarida kuchli.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍25👏8❤7🎉3🔥2🤔1
#ochiq_muloqot #yoshlar_kuni

Koreyadan — Surxondaryo yoshlari uchun yangi tashabbuslar


Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi vohadagi oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurs talabalari hamda Koreya Respublikasida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan vohadosh yoshlar bilan ochiq onlayn muloqoti o‘tkazdi.

Zoom platformasi orqali tashkil etilgan  muloqotda ayni kunlarda Koreya Respublikasida bo‘lib turgan Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov, vohadoshimiz — Koreyaning Sejong universiteti professori Otabek Jo‘rayev hamda xorijda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida TerDU rektori Abduqodir Toshqulov tomonidan voha yoshlari uchun yangi xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan qator muhim takliflar ilgari surildi.

Jumladan, Koreya, Xitoy, Yaponiya, Malayziya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida Surxondaryo yoshlarining tahsil olishini kengaytirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy bilim va ilg‘or tajribalarni vohaga olib kirish bo‘yicha aniq tashabbuslar bildirildi.
Shuningdek, Surxondaryoning mavjud resurs va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, hudud rivojiga koreyalik ishbilarmon doira vakillari va malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Mazkur tashabbuslar viloyat hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Xorijda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan vohadosh yoshlar esa bunday tashabbuslar ularni yanada ruhlantirayotganini ta’kidlab, Surxondaryo taraqqiyotiga yurtimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish, yangi loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2❤17👍12🔥9👏1