TerDU rasmiy kanali
19.8K subscribers
32.2K photos
4.01K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#kun_hikmati

"Siz qanchalik sekin yursangiz ham, faqat to‘xtab qolmasangiz bo‘ldi."


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
✏️ Konfutsiy
Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤6
Forwarded from Edu.uz
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

❓Nima o‘zgardi?

Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi!

Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi.

Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi.

Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍4🔥2
Termiz davlat universitetining qo‘shma ta’lim dasturlariga arizalar qabuli davom etmoqda!

📊 2026-yil 31-iyul holatiga ko‘ra, 651 nafar nomzod qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olish uchun onlayn ariza topshirdi.

⏳ Diqqat! Arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 5 kun qoldi. Hujjatlar 2026-yil 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalaning, yangi bilim va tajribalar sari muhim qadam tashlang. Arizangizni belgilangan muddatda yuborishga shoshiling!

🌐 Ariza topshirish sayti: joint.tersu.uz
📲 Telegram guruhi: @terdu_qabul
☎️ Murojaat uchun telefon: 76 228 03 40

#TermizDavlatUniversiteti #TerDU #QoshmaTalim #Qabul2026 #Abituriyent2026 #XalqaroTalim
❤5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rahbarlarga muhim tavsiya...

👉To‘liq suhbat havolasi: https://youtu.be/@abduqodir_toshqulov

Telegram | Facebook |  Instagram | Youtube
👍23🔥15❤7
"Harakat qilmasangiz, eng yaxshi gʻoya ham orzu boʻlib qolaveradi."

— Uolt Disney

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍14❤8🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz davlat universiteti talabalari Xitoyning yuragi — Pekin shahrida bilim va tajriba ufqlarini kengaytirmoqda!

Madaniy meros bilan yuzma-yuz uchrashuv, xalqaro tajriba va unutilmas taassurotlar — bugungi yoshlarning ertangi muvaffaqiyatiga mustahkam poydevor. TerDU — dunyo sari dadil qadam!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤8👍8👏4🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"So‘z va o‘zlik" ko‘rsatuvida TerDU professor-o‘qituvchilari alifbo islohotlari va yangi atamalarni nutqda ommalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘z ilmiy fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
👍9❤5🤔2
“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

👨‍🎓 Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi o‘z yakuniga yetdi.

👮‍♂️ Tantanali taqdirlash marosimida Agentlik direktori Mansurbek Olloyorov, nufuzli markazlar va oliygohlar vakillari, shuningdek, xalqaro hamkorlar – Osiyo taraqqiyot banki (ADB) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbirda yosh tadqiqotchilarning ijtimoiy himoya sohasidagi ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

✅ Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:

👨‍🎓 Bakalavrlar o‘rtasida:
1️⃣ Mavluda Xakimniyazova – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
2️⃣ Sarvinoz Turg‘unova – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
3️⃣ Rayhona Abdullayeva – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
 
👨‍🎓 Magistrantlar o‘rtasida:
1️⃣ Zilola Ochilova – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
2️⃣ Marjona Salimova– Termiz davlat universiteti
3️⃣ Xurshida Xodjayeva – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
 

🤝 Shuningddek, quyidagi ishtirokchilar xalqaro hamkorlarimiz ADB va GIZning maxsus rag‘batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

Shoxislombek Sharobiddinov – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (GIZ)
Xurshida Xodjayeva – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (ADB)
Gavxarxon Abduraxmonova – Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (ADB)

🤝 Bundan tashqari, Azamat Jaksimuratov (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti), Dilnavoz Sobirova (Qo‘qon davlat universiteti), Aziza Abduvasikova (Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv texnologiyalar universiteti) va Vasila Hamrayevalarning (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) ham tadqiqot ishlari alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Barcha g‘olib va ishtirokchilarni chin dildan tabriklab, kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12
🏛Termiz davlat universitetida apellatsiya murojaatlari ko‘rib chiqildi

🟢2026-yil 3-avgust kuni ko‘zi ojiz abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

🟢Jarayon Apellatsiya komissiyasi tomonidan ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Surxondaryo viloyati vakili, abituriyentlar hamda ularning qonuniy vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

🟢Videoyozuvlar, baholash hujjatlari va fan komissiyalari xulosalari qayta o‘rganilib, baholash amaldagi mezonlarga to‘liq muvofiq amalga oshirilgani tasdiqlandi.

🟢Natijada har ikki apellatsiya murojaati bo‘yicha qo‘yilgan baholar o‘zgarishsiz qoldirildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤7🤔1