TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢Yosh bojxona xodimlarining ijodiy salohiyati namoyon bo‘ldi!

🟢Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida yosh bojxona xodimlari o‘rtasida ijodiy tanlovlar o‘tkazildi.

🟢Tanlov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida tashkil etildi.

🟢Ishtirokchilarning Vatanga muhabbat, mustaqillik, milliy qadriyatlar, yurt tinchligi va farovon kelajakni tarannum etgan ijodiy ishlari Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xolis va adolatli baholab borildi.

🟢Eng munosib ijodiy namunalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun saralab olindi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🟢TerDU Qabul komissiyasi faoliyati OAV nigohida

🟢Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari belgilangan tartibda va ochiqlik tamoyillari asosida davom etmoqda. Qabul komissiyasining faoliyati hamda abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar OAV vakillari nigohida.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 35 000 TASHABBUS — SIZNING G‘OYANGIZ O‘ZBEKISTON KELAJAGI UCHUN!

🟢Jamiyat, ta’lim, texnologiya, ekologiya yoki boshqa sohalarga oid ezgu tashabbusingiz bormi?

🟢Uni “35 000 tashabbus” platformasi orqali yuboring va yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!

🔗 tashabbus.yito.uz

✨Sizning tashabbusingiz — kelajak sari muhim qadam!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3🔥2
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga!

Kechki va masofaviy ta'lim shakllaridagi 60420100 – Yurisprudensiya ta'lim yo‘nalishiga tanlov yuqori bo‘lishi kutilayotganligi sababli ushbu yo‘nalish bo‘yicha imtihon test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Mazkur test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi.

Xorijiy tilini bilish darajasiga ega bo'lgan talabgorlarning milliy va xalqaro sertifikatlari belgilangan tartibda inobatga olinadi.
Inobatga olinadigan xorijiy tillar: ingliz, fransuz, nemis, ispan, italʼyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, pushtu, dariy, urdu, hindiy, uygʻur, fors tillari

Xorijiy tilini bilish darajasiga ega bo'lgan talabgorlar belgilangan talabdagi milliy va xalqaro sertifikatlari (pdf shaklidagi elektron varianti)ni joriy yilning 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) Jahonnur Javliyev (+998 95 978 55 95, telegram: @TerSU_2026)ga yuborishingizni ma'lum qilamiz.

Pdf fayl nomini o'z F.I.Sh. bilan yozishingiz talab etiladi.

    
Test sinovi uchun to‘lov
Test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 50% (206 000 ikki yuzi olti ming soʻm) miqdoridagi to‘lovni 2026-yil 10-avgustga qadar amalga oshirish lozim. 

To'lovchi uchun invoys (to'lovni onlayn va oflayn amalga oshirish uchun)

To'lovlar onlayn (to'lov dasturlari) va oflayn (banklar) orqali amalga oshiriladi.

To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng talabgorning my.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizasi qabul qilinadi. Belgilangan muddatgacha to‘lov amalga oshirilmagan holda arizangiz rad etiladi va test sinovlariga ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.


Muhim eslatma: To'lov kvitansiyasida albatta to'lovchining F.I.Sh., JSHSHIR raqami va to'lov maqsadi ("Test sinovlari uchun") ko'rsatilishi shart.

Hujjatlarni qabul qilish
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun my.edu.uz platformasi orqali onlayn ro'yxatdan o'tishning so‘ngi muddati 2026-yil 10-avgust.

Murojaat uchun tel.:+998 95 978 55 95 (Jahonnur)
Telegram orqali murojaat: @TerSU_2026
Murojaat vaqti: har kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha.

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt.
❤5👍4👏2🔥1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛TerDU — imkoniyatlar sari dadil qadam!

🇺🇿🇲🇾TerDU talabasi Malayziyaning nufuzli Utara universitetida tahsil olib, xalqaro muhitda bilim va tajribasini boyitmoqda.

🟢Xorijda ta’lim olish, yangi bilimlarni egallash, dunyoqarashni kengaytirish va o‘z ustida ishlash uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar yoshlar uchun katta motivatsiya va kelajak sari mustahkam poydevordir.

🟢TerDU — yoshlar orzusini imkoniyatga, imkoniyatni esa yutuqqa aylantiradi!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏7❤4🔥2🎉1
Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning dastlabki natijalari bilan tanishing!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qaroriga asosan, universitetda tuzilgan Akademik o'zlashtirish hamda ijtimoiy faolliknni aniqlash komissiyalari tomonidan 2025/2026 o‘quv yili yakuni uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 1-2-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 1-bosqich talabalari uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yuzasidan dastlabki natijalar e’lon qilindi.

Akademik faoliyat ballari
Ijtimoiy faollik ballari

❗️ Akademik va ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari bo‘yicha e’lon qilingan dastlabki natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar mazkur natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat davomida Termiz davlat universiteti Grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash jarayonini bo‘yicha apellyatsiya komissiyasiga ariza topshirishlari mumkin.

❗️ Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash tanlovining yakuniy natijalari 2026-yil 25-avgustga qadar Termiz davlat universitetining rasmiy veb-sayti va rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt.
👍16❤12🔥7👏1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak muhandislari”: Suvni tozalash uchun mahalliy membrana texnologiyasi yaratildi

Termiz davlat universiteti (TerDU) Kimyo fakulteti professor-o‘qituvchisi hamda loyiha rahbari Botir Jumayev tomonidan suv resurslarini tozalash va sifatini oshirishga qaratilgan “UZECOMEM” (Water Technology) loyihasi taqdim etildi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi suvni tozalashda ishlatiladigan yuqori samarali membrana filtrlarini mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ishlab chiqilgan filtrlar kimyoviy hamda mexanik ta’sirlarga o‘ta chidamli bo‘lib, suv tarkibidagi turli moddalar va tuzlarni samarali ushlab qoladi.


#KelajakMuhandislari #ishlanmalar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8
#tafsilot

TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi


Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetni yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda oldinda turgan muhim vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda sohalar bo‘yicha prorektorlar o‘z yo‘nalishlarida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi. Universitet rahbariyati tomonidan yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va barcha jarayonlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, qabul komissiyasi faoliyati yaxshi tashkil etilgani, qabul jarayonlarida salbiy holatlar qayd etilmagani alohida e’tirof etildi. Rektor A. Tashqulov texnikum bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov imtihonlarini shaffof va adolatli tashkil etish, shuningdek, turli lavozimlarda faoliyat yuritish istagidagi nomzod professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ochiq va shaffof tanlov o‘tkazish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Viloyat va universitet miqyosida bayram tadbirlarini yuqori saviyada, «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida tashkil etish, turli chora-tadbirlar va chellenjlar orqali ushbu qutlug‘ sananing xalqimiz hayotidagi ahamiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish va barcha tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida yakunlash maqsadida universitet rahbarlari uchun favqulodda ish rejimi joriy etildi.

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt.
1👍18❤9🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam 76 yoshda

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt.
👍9🎉4🔥2
Muhim eslatma!

🛑 QR-kod ortidagi tuzoq

​📌Bir qarashda u oddiy QR-koddek ko‘rinadi. Ammo kiberjinoyatchilar rasmiy tashkilotlar, to‘lov xizmatlari yoki turli aksiyalar nomidan soxta QR-kodlarni tarqatib, foydalanuvchilarni qalbaki sahifalarga yo‘naltirmoqda.

​⚠️QR-kodni skaner qilishdan oldin u olib boradigan havolani tekshiring. Shaxsiy va bank ma'lumotlaringizni begona sahifalarda kiritmang.

​❗️Ushbu ogohlantirishni ulashing va yaqinlaringizni ham ogoh bo‘lishga chaqiring.

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤4
#kun_hikmati

"Har bir daqiqangizni qadrlang. Vaqt hech kimni kutmaydi. Kecha  — tarix, ertangi kun — jumboq, bugungi kun esa tuhfadir."


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
✏️ Charlz Dikkens
Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5❤4👏3🎉2