TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#manzil_2

Keyingi manzilda rektorga universitet hududida Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi loyihasi taqdim etildi.


Shuningdek, Yoshlar sayilgohining uzviy davomi sifatida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan xizmat ko‘rsatish nuqtalarida olib borilayotgan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.

Mazkur loyihalar hududni yanada obod va zamonaviy qiyofaga keltirish, yoshlar va aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍29❤6🔥5👏2🤔1
#manzil_3

Mas’ullar hamrohligida talabalar turar joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi

Tashrif davomida talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalalari, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda bu borada tashkil etilgan shtab faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Maʼlumot oʼrnida Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida jami 4070 o‘rinli talabalar turar joylari hozirlanmoqda.


Mazkur o‘rinlar yangi o‘quv yilida talabalarning turar joyga bo‘lgan mavjud ehtiyojini to‘liq qoplash imkonini beradi.

Bu esa talabalarni munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash bilan birga, davlat budjeti hisobidan qoplab beriladigan ijara to‘lovlariga ehtiyoj qolmasligiga xizmat qiladi.

Rektor tomonidan talabalar uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, ularni turar joy bilan ta’minlash jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍19🔥4👏3❤1
#manzil_4

Termiz shahar A. Navoiy ko‘chasida joylashgan TerDUga qarashli suzish havzasida bo‘lgan rektorga mazkur majmuada amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlari hamda xizmat ko‘rsatish loyihalari taqdim etildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur majmua zamonaviy talablar asosida yangilanib, nafaqat talabalar, balki voha aholisi va yoshlarida suzish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun ham xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍26❤6👏3🔥2